Фонетик сатҳ бирликлари



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/73
Sana14.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#363805
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
Bog'liq
fonetik sath birliklari

1.2.1. BO‗G‗IN

 

(Sillabema) 



 

Bo‗g‗in 

bir  havo  zarbi  bilan  aytiladigan  tovush  yoki  tovushlar  birikmasidir. 

Masalan: 

ona  (o-na),  ota  (o-ta),  bola  (bo-la) 

kabi.  Bo‗g‗in  nutq  oqimining 

tovushdan  katta,  so‗zdan  kichik  (ba‘zan  bir  so‗zga  teng)  segment  birligidir. 

Fonologik  nuqtai  nazardan  bo‗g‗in 



sillabema 

deyiladi,  uni  o‗rganadigan  soxa  esa 



sillabika 

deb nomlanadi. 

Bo‗g‗in  unlisiz  tuzilmaydi,  shuning  uchun  unli  tovush  bo‗g‗inning  markazi 

hisoblanadi  -  u  undoshlarni  o‗ziga  tortib,  bir  havo  zarbi  bilan  aytiladigan  fonetik 

bo‗lakni  (bo‗g‗inni)  hosil  qiladi.  Undoshlar  o‗zicha  bo‗g‗in  yasamaydi  (sonorlar 

bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; 



kitob 

so‗zidagi "ki" bo‗g‗ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush 

unlidan  keyin  kelganda,  kuchli  boshlanadi,  so‗ng  kuchsizlanib  tugaydi: 

kitob 

so‗zidagi  "tob"  bo‗g‗ini  oxirida  kelgan  "b"  undoshi  shunday.  Ba‘zan  ikki  bo‗g‗in 

orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: 

muddat (mud—dat) 

kabi. Bu 

hodisa  geminatsiya  sanaladi.  Bunda  ikkala  "dd"  bir  tovushdek  talaffuz  etiladi, 

binobarin,  kuchli  boshlanib,  kuchli  tugaydi,  oralig‗ida  esa  bir  oz  pasayish 

kuzatiladi.  Bular 

ikki  balandlikka  ega  undoshlar 

sanaladi.  Demak,  bo‗g‗in 

tuzilishida  undoshlar  kuchsiz  boshlanuvchi,  kuchli  tugovchi  va  ikki  balandlikka 

ega  xarakterida  bo‗ladi.  Shunga  ko‗ra  bo‗g‗in  uch  qismga  bo‗linadi;  a)  bo‗g‗in 

boshi  -  bo‗g‗in  yasovchi  tovushning  (unlining)  balandligigacha  bo‗lgan  qism;  b) 

bo‗g‗in markazi (bo‗g‗in balandligi); v) bo‗g‗in markazidan keyingi qism (bo‗g‗in 

balandligidan so‗nggi qism). 

Unli  (V)  yoki  unli+undosh  (VC)  tipidagi  bo‗g‗inning  boshi  nulga  teng 

bo‗ladi: 

o+ta 

(birinchi  bo‗g‗in  boshi  nulga  teng), 



ol+ma 

(birinchi  bo‗g‗in  boshi 

nulga  teng);  undosh+unli  (CV)  tipidagi  bo‗g‗inning  oxiri  ham  nulga  teng: 

ol+ma 

("ma"  bo‗g‗inining  oxiri  nulga  teng)  kabi.  O‗zbek  tilidagi  umumturkiy  so‗zlarda: 

a)  boshi  nulga  teng  bo‗g‗in  faqat  so‗z  boshida  uchraydi: 

o+ta,  uch+ta 

kabi;  b) 

boshi  nulga  teng  bo‗lgan  bo‗g‗in  birinchi  bo‗g‗indan  keyin  qo‗llanmaydi.  Bu 



 

22 


tipdagi  bo‗g‗inning  so‗z  o‗rtasida  yoki  oxirida  kelishi  faqat  arabcha  va  ruscha 

leksik o‗zlashmalarda  uchraydi: 



ma-o—rif 

(arabcha), 



a-or-ta 

(ruscha-baynalmilal) 

kabi;  v)  oxiri  nulga  teng  (CV  tipidagi)  bo‗g‗in  so‗zning  barcha  qismlarida 

qo‗llanishi  mumkin: 



bo+la,  da+la 

kabi;  g)  bo‗g‗in  boshida  undoshlarning 

qatorlashib  kelishi  faqat  ruscha-baynalmilal  so‗zlarda  uchraydi: 

traktor 

(birinchi 

bo‗g‗in sxemasi - CCVC) kabi. 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish