5.2.2. Zaxira nusxalash strategiyasi
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi to’g’ri ma’lumotni
tanlashdan boshlab, kafolatli ma’lumotni tiklash jarayonigacha bo’lgan bosqichlarni
o’z ichiga oladi. Zaxira nusxalash turli tashkilotlar uchun farq qilsada, barcha
holatlarda ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan oldin quyidagi hususiyatlarga e’tibor
qaratish muhim hisoblanadi:
-
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi qurilmalardan
ma’lumotlarni tiklash imkoniyatina ega bo’lishi shart. Ushbu qurilmalar
sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar va boshqalar bo’lishi mumkin.
-
Agar tabiiy ofatlar natijasida ma’lumot yo’qolsa, zaxira nusxalash strategiyasi
faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan cheklanmasligi zarur.
Strategiya o’zida shuningdek, tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda ham
ma’lumotlarni tiklash usullarini mujassamlashtirishi shart.
-
Strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotni qayta tiklash uchun muhim
qadamlardan iborat bo’lishi kerak.
-
Zaxira nusxalashni qimmat bo’lmasligi tashkilot uchun moliyaviy foyda olib
keladi.
-
Zaxira nusxalashdagi inson tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklarni
oldini olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik ravishda amalga
oshirilishi kerak.
Faoliyatga tegishli muhim ma’lumotni aniqlash.
Har bir tashkilotda juda
ko’plab turdagi ma’lumotlar mavjud bo’lib, bular orasidan tashkilot uchun muhim
bo’lganlarini zaxira nusxalash uchun ularni dastlab tanlash zarur. Ma’lumotni
muhimligi uning tashkilotdagi xizmatining muhimligiga asoslanib, muhim
ma’lumotlar sifatida daromad, savdo rejalari, ma’lumotlar bazasi, hujjatlarni,
175
elektron jadvallarni va pochta xabarlarni o’z ichiga olgan fayllarni olish mumkin.
Ushbu ma’lumotlarni yo’qotilishi tashkilotga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
Eng muhim ma’lumotlarda nima borligini aniqlash:
-
tashkilotda muhim funksiya va ma’lumotlarni aniqlash uchun biznesga
ta’sirini tahlil qilish zarur;
-
hujjatlarni tekshirish va muhim biznes funksiyalarni tiklash maqsadida
amalga oshirish;
-
biznes faoliyatga ma’lumotlarni ta’sirini tahlil qiluvchi jamoani tashkil etish;
-
qayta tiklash uchun zarur bo’lgan strategiyani yoki rejani amalga oshirish
uchun yetarli sondagi xodimlarni tayinlash.
Zaxira nusxalash vositalarini tanlash.
Tashkilotlarda zaxira nusxalarni
saqlovchilarni tanlash umumiy muammolardan biri hisoblanib, mos bo’lmagan
zaxira saqlovchi vositani tanlanishi ma’lumotlarni chiqib ketishiga olib kelishi
mumkin. Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi zaxira
ma’lumotning turiga bog’liq bo’ladi.
Zaxira nusxalarni saqlovchi vositalarni tanlash quyidagi omillarga asoslanadi:
-
Narx:
har bir tashkilot o’zining byudjetiga mos bo’lgan zaxira nusxalash
vositasiga ega bo’lishi shart. Saqlanuvchi ma’lumot hajmidan katta hajmga
ega vositalarga ega bo’lish ortiqcha sarf xarajatni keltirib chiqaradi.
-
Ishonchlilik:
tashkilotlar o’z ma’lumotlari buzilishsiz ishlaydigan
ma’lumotlarni zaxira saqlash vositalarida saqlanishiga ega bo’lishlari kerak.
Tashkilotlar bu o’rinda yuqori ishonchlilik, buzilmaydigan ma’lumotlarni
saqlash vositasini tanlashi shart bo’ladi.
-
Tezlik:
tashkilotlar zaxira nusxalash jarayonida inson aralashuvini imkoni
boricha kam talab etadigan saqlash vositalarini tanlashi kerak. Agar mashina
ishlamaydigan vaqtda zaxira nusxalash jarayoni tugallanmasa, bu holda tezlik
muammosi kuzatiladi.
-
Foydalanuvchanlik:
ma’lumot yo’qolgandan yoki zararlangandan so’ng
zaxira nusxalash vositasidan foydalanish vaqtida muammolar bo’lishi
176
mumkin. Shuning uchun, tashkilotlar zaxira nusxalash vositalarini har doim
foydalanishga yaroqli bo’lishiga e’tibor qaratishi kerak.
-
Qulaylik:
tashkilot foydalanish uchun oson bo’lgan zaxira nusxalash
vositasini tanlashi shart. Bu esa o’z navbatida zaxira nusxalash jarayonida
moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi.
Zaxira nusxalarni saqlovchi vositalar.
Hozirda ma’lumotlarni zaxira
nusxalarini saqlashda quyidagi vositalardan foydalanilmoqda:
Optik disklar (DVD, Blu-ray).
DVD disklar o’zida 8.55 GBaytgacha
ma’lumotni saqlash imkoniyatiga ega bo’lib, faqat o’qish imkoniyati mavjud.
Hozirda ushbu ma’lumot saqlovchilar amalda keng qo’llanilmayotganining asosiy
sababi ularga qaraganda katta hajmga ega saqlash vositalarining mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Ushbu ma’lumot saqlovchilarning afzalligi ularning kam narxligi va
foydalanishdagi qulayligi bilan asoslansa, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay
olmasligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Ko’chma qattiq disklar/ USB xotiralar.
Ko’chma qattiq disklar DVD, Blu-ray
disklarga qaraganda zaxira ma’lumotlarini saqlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
Ushbu saqlovchilarning xotira hajmi katta bo’lib, kichikroq zaxira nusxalash talab
etilgan vaqtlarda foydalanilishi mumkin. Flesh disklar turli o’lchamli bo’lib, katta
hajmdagi ma’lumotlarni ham saqlash imkoniyatiga ega hisoblanadi. Qattiq
disklardan foydalanishning yana bir tanlovi bu – RAID (Redundant Array of
Independent Disks) hisoblanadi. U ikki yoki undan ortiq qattiq disklardan iborat
bo’ladi. Ikkinchi disk birinchi diskdagi ma’lumotlardan nusxani saqlash uchun
foydalaniladi. Asosiy diskdagi ixtiyoriy o’zgarish qolgan disklarga ham
akslantiriladi. Ushbu ma’lumot saqlovchilarning afzalligi ularning yuqori saqlash
imkoniyati va yuqori tezligi hisoblansa, narxining qimmatligi va katta hajmdagi
ma’lumotlar uchun kam tavsiya etilishi uning kamchiligi hisoblanadi.
Lentali disklar.
Lentali disklar ma’lumotlarni zaxira saqlash uchun eng mos
saqlovchilar bo’lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira nasxalashni amalga oshiradi.
Ushbu saqlovchilar ma’lumot va programmalarni saqlash uchun foydalaniladi.
Ushbu zaxira saqlash usuli saqlash va olib yurish uchun qulay bo’lib, foydalanuvchi
177
ishtirokini talab etmaydi va to’liq avtomatlashgan tartibda amalga oshiriladi. Uning
asosiy kamchiligi esa oddiy foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy
kompyuterlar ulardan foydalanish uchun qo’shimcha apparat va dasturiy vositani
talab qilishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |