Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/203
Sana14.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#363640
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   203
Bog'liq
fayl 1714 20210831

Sovuq zaxiralash. 
Ushbu zaxiralash usuli offlayn zaxiralash ham deb atalib, 
tizim ishlamay turganda yoki foydalanuvchi tomonidan boshqarilmagan vaqtda 
amalga oshiriladi. Ushbu usul zaxiralashning xavfsiz usuli hisoblanib, ma’lumotni 
nusxalashda turli xavflardan himoyalaydi. Ushbu jarayon issiq zaxiralash usuli kabi 
qimmat emas. 
Iliq zaxiralash. 
Ushbu zaxiralashda tizim yangilanishi davomiy yangilanishni 
qabul qilish uchun tarmoqga bog’lanish amalga oshiradi. Bu xususiyat ma’lumotni 


186 
 
akslantirish yoki nusxalash holatlarida muhim hisoblanadi. Ushbu usulda 
ma’lumotni zaxiralash uzoq vaqt oladi va jarayon biror vaqt interval bilan amalga 
oshiriladi (kundan xaftagacha bo’lgan). 
Zaxira nusxalash manzilini tanlash. 
Zaxira nusxalashda ma’lumot saqlanishi 
manzilini tanlash muhim hisoblanadi. Quyida zaxira nusxalash manzillari keltirilgan. 
Ichki (onsite) zaxiralash. 
Ushbu zaxiralash usuli tashkilot ichida amalga 
oshiriladi. Ichki zaxiralashda tashqi qurilmalar, lentali saqlagichlar, DVD,  qattiq 
disk va boshqa saqlagichlardan foydalaniladi. Ichki zaxiralash qurilmalarni tanlash 
zaxira saqlanuvchi ma’lumot hajmiga ko’ra tanlanadi. 
Afzalligi: 
-
 
ma’lumotdan zudlik bilan foydalanishni ta’minlaydi; 
-
 
kam xarajatlilik; 
-
 
zaxira nusxalashda zarur bo’lgan qurilmalarni topish oson va narxi arzon; 
-
 
tiklashdagi tezkorlik; 
-
 
Internetdan foydalanish talab etilmaydi. 
Kamchiligi: 
-
 
zaxiralashni amalga oshirishda inson ishtirokini talab etadi; 
-
 
tabiiy ofatlarga yoki o’g’irlashga moyil. 
Tashqi (offsite)  zaxiralash. 
Tashqi zaxiralashda zaxiralash mosofadagi 
manzilda amalga oshirilib, bunda fizik disklarga saqlash, onlayn yoki uchinchi 
tomon xizmati asosida amalga oshirilishi mumkin.  
Afzalligi: 
-
 
tashqi zaxiralashni turli manzillarda va ko’plab nusxalarda amalga oshirish 
mumkin; 
-
 
zaxiralash jarayoni avtomatlashgani bois inson tomonidan bo’lishi mumkin 
bo’lgan xatolar soni kam; 
-
 
ma’lumotni saqlash hajmi cheklanmagan. 
Kamchiligi: 
-
 
qimmat va uchinchi tomon xizmatini talab etadi; 


187 
 
-
 
Internet tarmog’iga ulanishni talab etadi va tarmoq trafigini band qilishi 
mumkin; 
-
 
jarayon uzoq vaqt oladi. 
Bulutli tizimda zaxiralash. 
Ushbu zaxiralash usuli onlayn usul deb ham ataladi. 
U zaxiralangan ma’lumotlarni ochiq tarmoqda yoki ma’lum serverda saqlaydi. 
Odatda ma’lum server vazifasini uchinchi tomon xizmati tashkil qiladi. Ushbu 
zaxiralash usuli tashkilot talabiga ko’ra zaxiralashni amalga oshirishi mumkin. 
Masalan, tashkilotda kunlik zaxiralash talab qilinsa, jarayon har kuni amalga 
oshiriladi. 
Afzalligi: 
-
 
diskka asoslangan zaxiralash, virtuallashtirish va shifrlash kabi 
texnologiyalardan foydalangani bois, ushbu zaxira usuli samarali hisoblanadi; 
-
 
ma’lumotlarni monitoring qilish va tashkilot uchun hisobotlar berish 
imkoniyati mavjud; 
-
 
bulutli saqlangan zaxira saqlangan ma’lumotlarni Internet orqali boshqarish 
oson. 
Kamchiligi: 
-
 
ma’lumotni tiklash ko’p vaqt talab qiladi; 
-
 
zaxira nusxalashni amalga oshirgan uchinchi tomon har doim ham to’liq 
ma’lumotni zaxiralash amalga oshirilganini kafolatlamaydi. 
Zaxiralash  turlari. 
Mos zaxiralash usuli bu -  tarmoqqa ortiqcha yuklama 
qo’shmaydigan, narx, vaqt va resursni kam talab qiladigani hisoblanadi. Amalda 
uchta turdagi zaxiralash turlari mavjud: 
to’liq, differensial
 va 
o’sib boruvchi

To’liq zaxiralash: 
ushbu usul normal zaxiralash deb ham atalib, u jadvalga 
ko’ra avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda, barcha fayllar nusxalanadi va 
siqilgan tarzda saqlanadi. Ushbu usul nusxalangan ma’lumot uchun samarali 
himoyani ta’minlaydi. 
To’liq zaxiralash usuli tiklash tezligining yuqoriligi kabi afzallikka ega bo’lsa, 
zaxira  nusxalash  jarayonining  sekinligi  va  ma’lumotni  saqlash  uchun  ko’p  hajm 
talab etadi. 


188 
 
O’sib boruvchi zaxiralash: 
ushbu usulga ko’ra zaxiralangan ma’lumotga 
nisbatan o’zgarish yuz berganda zaxiralash amalga oshiriladi. Oxirgi zaxira 
nusxalash sifatida ixtiyoriy zaxiralash usulidan foydalanish mumkin. Shuning uchun, 
o’sib boruvchi zaxiralashni amalga oshirishdan oldin, tizim to’liq zaxirilanishini 
amalga oshirishi shart. 
Masalan, faraz qilinsin zaxira nusxalash jadvaliga ko’ra to’liq zaxiralash 
yakshanba kuniga, ortib boruvchi zaxiralash esa seshanbadan shanbagacha amalga 
oshirilishi belgilangan bo’lsin. Yakshanba kuni to’liq zaxiralash amalga 
oshirilganidan so’ng, dushanba kunidagi o’zgarishlar seshanba kuni o’sib boruvchi 
usul asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayoni shanbagacha davom ettiriladi (73.a - 
rasm). 
Ushbu zaxiralash usuli qolgan usullarga qaraganda kam saqlash hajmini talab 
etadi va amalga oshirilish jarayoni tez. Biroq, qolgan usullarga qaraganda qayta 
tiklash sekin amalga oshiriladi. 
Differensial zaxiralash:
  ushbu zaxiralash usuli to’liq va o’sib boruvchi 
usullarning mujassamlashgan ko’rinishi bo’lib,  oxirgi zaxiralangan nusxadan 
boshlab bo’lgan o’zgarishlarni zaxira nusxalash amalga oshiriladi. 
Masalan, yuqoridagi misolni olaylik. To’liq zaxiralash yakshanba kuni va 
differensial nusxalash shanbagacha ishlashi jadvalda keltirilgan bo’lsin. Yakshanba 
kuni to’liq zaxira nusxalash amalga oshirilganidan so’ng, dushanba kuni differensial 
zaxiralash paydo bo’ladi va kun o’tishi bilan amalga oshiriladi. Bu holat o’sib 
boruvchi zaxirilashga o’xshab ketadi. Biroq, seshanbada, zaxira nusxalar yakshanba 
va dushanbadagi o’zgarishlar uchun amalga oshiriladi. Shundan so’ng, 
chorshanbada zaxiralash yakshanba, dushanba va seshanba kunlari uchun amalga 
oshiriladi (74.b - rasm).  
Zaxiralash jarayoni to’liq zaxiralashga qaraganda tez amalga oshiriladi. Qayta 
tiklash o’sib boruvchi zaxiralashga qaraganda tez amalga oshiriladi. Ma’lumotni 
saqlash uchun to’liq zaxiralashga qaraganda kam joy talab etadi. Biroq, o’sib 
boruvchi zaxiralashga qaraganda sekin amalga oshiriladi va ma’lumotni tiklash 
to’liq zaxirilashga qaraganda sekin amalga oshiriladi. 


189 
 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish