Passiv hujum – kriptotizmga yoki kriptografik protokolga hujum bo’lib,
bunda dushman va/yoki buzg’unchi uzatiluvchi shifrlangan axborotni kuzatadi va
ishlatadi, ammo qonuniy foydalanuvchilar harakatiga ta’sir etmaydi.
Raqamli axborot – kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga va
almashishga mo’ljallangan ma’lumotlar ko’rinishida ifodalangan axborot.
Raqamli imzo algoritmi - ma’lumotlarni raqamli imzolash uchun
foydalaniluvchi asimetrik algoritm.
Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi – raqamli imzo sxemasining
tarkibiy qismi. Kirish yo’liga imzolanuvchi xabar, maxfiy kalit, hamda raqamli imzo
sxemasining ochiq parametrlari beriluvchi algoritm (umuman randomizatsiyalangan
298
algoritm). Algoritm ishining natijasi raqamli imzo hisoblanadi. Raqamli imzo
sxemasining ba’zi turlarida imzoni shakllantirishda protokol ishlatiladi.