Mualliflik huquqi
– fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va foydalanish
bilan bog’liq vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar
majmui.
Nuqson -
axborot tizimidagi topshiriq, adashish yoki etiborsizlik asosidagi
xato bo’lib, himoya mexanizmlarini aylanib o’tishga imkon beradi.
Ochiq axborot
– barcha manfaatdor shaxslarning foydalanishlari bo’yicha
cheklash bo’lmagan axborot: umumfoydalanuvchi axborot.
Ochiq kalit -
odatda imzoni tekshirish yoki ma’lumotni shifrlashda
foydalaniluvchi asimetrik kalit juftining ochiq qismi.
Parol yordamida himoyalash
– foydalanish uchun parol kiritilishi zarur
bo’lgan ma’lumotlarni himoyalash usuli.
Parollarni fosh qiluvchi
- parollarni saralash yoki o’g’rilashni amalga
oshiruvchi kompyuter dasturi.
Parolni buzib ochish
- axborot tizimidan (tarmog’idan) yashirincha
foydalanish texnikasi (usuli) bo’lib, unda hujum qiluvchi taraf parollarni fosh
qiluvchi yordamida parollarni aniqlashga (tanlashga) yoki o’g’irlashga urinib
ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |