Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/203
Sana14.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#363640
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   203
Bog'liq
fayl 1714 20210831

 
 


259 
 
8 BOB. KIBERJINOYATLARNING INSON XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI 
8.1. Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika 
8.1.1. Kiberjinoyatchilik 
Kiberjinoyatchilik 
bu
 – 
kompyuter yoki boshqa qurilmalarga qarshi qilingan 
yoki  kompyuter  va  boshqa  qurilmalar  orqali  qilingan  jinoiy  faoliyat  turi  bo’lib, 
uning  eng  keng  tarqalgan  turlari  -  kompyuter  qaroqchiligi,  onlayn  firibgarlik, 
kompyuter tizimlariga hujum qilish, shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash va noqonuniy 
yoki taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatish.  
Kiberjinoyatni amalga oshirganda quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi: 
-
 
pul, qimmatli qog’ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, xizmatlar, 
imtiyozlar, ko’chmas mulk, yoqilg’i xom ashyosi, energiya manbalari va strategik 
xom ashyolarni noqonuniy olish; 
-
 
soliq va turli yig’imlarni to’lashdan bosh tortish; 
-
 
jinoiy daromadlarni legallashtirish; 
-
 
qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuqlar uchun 
kassa chiptalarini qalbakilashtirish yoki tayyorlash; 
-
 
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish; 
-
 
ma’muriyat  yoki  ishdagi  hamkasblardan  shaxsiy  dushmanlik 
munosabatlari uchun qasos olish; 
-
 
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish; 
-
 
mamlakatdagi 
vaziyatni, 
hududiy 
ma’muriy 
tuzulishni 
beqarorlashtirish yoki siyosiy maqsadlar uchun tartibga solish; 
-
 
talonchilik, raqibni yo’q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa, 
korxona yoki tizim ishining tartibini buzish;  
-
 
boshqa turdagi jinoyatlarni yashirish uchun; 
-
 
tadqiqot masalalarida; 
-
 
shaxsiy intelektual qobiliyat yoki ustunlikni namoyish qilish uchun. 
Kiberjinoyatlar  hajmini  keskin  oshishiga  quyidagilar  motiv  bo’lib  xizmat 
qilmoqda: 


260 
 
-
 
moliyaviy qiyinchilikdan chiqish; 
-
 
jinoyatchidan bo’lgan qarzdorlikni kechikmasdan jamiyatdan olish; 
-
 
kompaniyadan va ish beruvchidan o’ch olish; 
-
 
o’zini tengsizligini ko’rsatish uchun. 
Kiberjinoyatchilikning turlari. 
Kiberjinoyat turlarini qat’iy bir tasniflashning 
imkoni  yo’q.  Quyida  kriminologiya  sohasida  aloqador  holda  kiberjinoyatlarning 
turlari keltirilgan: 
-
 
iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi; 
-
 
inson  va  fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquqlari  va  erkinliklariga 
qarshi qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi; 
-
 
jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi. 
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko’p uchraydi. Ular jinoyatchilarga 
miliionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy daromadlar keltiradi. Ular orasida 
keng tarqalgani  firibgarlik  bo’lib, u  asosan  bank  hisobraqamlari  va bank kartalari 
orqali  amalga  oshiriladi.  Xalqaro  amaliyotda  plastik  kartalar  bilan  sodir  etilgan 
jinoyatlar yo’qolgan yoki o’g’irlangan kartalar, soxta to’lov kartalarini yaratish yoki 
ulardan foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisobvarag’i ma’lumotlarini olish 
va  noqonuniy  foydalanish  bilan,  shuningdek,  karta  egasi  tomonidan  sodir  etilgan 
jinoyatlar bilan bog’liq. 
 Kiberjinoyatlarning  yana  bir  turi  inson  va  fuqorolarning  huquqlari  va 
erkinliklariga  qarshi  jinoyatlar  -  “kompyuter  qaroqchiligi”dir.  Ushbu  jinoyatlar 
dasturiy ta’minotni noqonuniy nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo’ladi. 
Bu  dasturiy  ta’minot  va  ma’lumotlar  bazasini  yaratish  bilan  bog’liq  huquqiy 
munosabatlarga (mualliflik huquqi) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, dasturiy 
ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy yo’qotishlarni olib keladi. 
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor Barsegyanning 
takidlashicha, “kompyuter  qaroqchiligi”  ishlab  chiqaruvchilarga  yetkazgan  zarari 
yiliga  66  milliard  dollarni  tashkil  qiladi.  Uning  so’zlariga  ko’ra  Armanistonlik 
istemolchilar  o’zlarining  moliyaviy  resurslarini  tejash  uchun  viruslarni  yuqtirish 
xavfi yuqori bo’lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanadilar. 


261 
 
Kompyuter  jinoyatchiligining  oxirgi  turi  jamoat  yoki  davlat  xavfsizligiga 
qarshi  kompyuter  jinoyatchiligi  bo’lib,  ularga  davlat  yoki  jamoat  xavfsizligiga 
qaratilgan  jamoat  uchun  xavfli  bo’lgan  xatti  -  harakatlar  kiradi.  Ular  ko’pincha 
ma’lumot  uzatish  qoidalarini  buzilishi,  mamlakat  mudofaa  tizimining  yoki  uning 
tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog’liq bo’ladi.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish