Chala dominantlik.
Birinchi avlod duragaylari bir xil bo‘ladi degan
qonun yuqorida ko‘rib chiqilgan misollarda shu bilan ifodalanadiki, du
ragaylarning hammasi sirtdan ona yoki otaga o‘xshash, ya’ni do mi nantlik
namoyon bo‘lganda amalga oshadi. Bu hamisha ham ku za tilavermaydi.
Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi,
ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘sim
ligi ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan bir
ining gullari qizil, ikkinchisiniki — oq. Birinchi avlod duragaylarining
hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |