7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/397
Sana14.01.2022
Hajmi4,38 Mb.
#363447
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   397
Bog'liq
Akademik yozuv majmua

shohning dushmani shoh, gadoniki 
esa gado» - deb bejiz aytmaganlar
). 
Maslahat so’rashdan tortinmang, chunki bu sizni kamsitmaydi, balki sizga 
nisbatan  e’tiborni  orttiradi.  Maslahatga  quloq  solish  va  shunga  mos  ravishda 
harakat  qilish  aql  etukligidan  nishona  beradi.  Yuqori  mansabdagilar  bilan  juda 
ham yaqin bo’lish xavfli, pastdagilar
 
bilan juda  ham  yaqin  bo’lish  esa  obruga  putur  etkazishi   mumkin.   Hech 
qachon yolg’on gapirmang, ammo haqiqatni ham to’liq
 gapirmang, 
chunki  haqiqat  bilan  juda  extiyot  bo’lib  muomala  qilish  kerak.  Bir  marta 
aldasangiz,  sizning  rostgo’y  inson  sifatidagi  ta’rifingizga  tuzatib  bo’lmas  dog’ 
tushadi.  Aldanganni  sodda  odam  deb  bilishadi,  ammo  aldoqchini  esa  firibgarga 
chiqarib  qo’yishadi.  Barcha  haqiqatni ham gapirib bo’lmaydi, ba’zi haqiqatlarni 
o’zingizning  foydangiz  uchun  bildirmaganingiz  ma’qul  bo’lsa,  ba’zilarni  esa 
boshqa  insonlar  foydasi  uchun  aytmaganligingiz  ma’qul.  Mansab  tashqi 
ko’rinishga  zeb  beradi,  ammo  bu  shaxsning  ichki  ma’naviy
  holatiga  juda  ham 
kam  ta’sir  qiladi.  Taqdir  ba’zi  insonlarga  katta  mansablar  berib,  ular  qalbining 
kamchiliklarini  yo’qotishga  harakat  qiladi  deyish  ham  mumkin.  Mansab 
egalarining  tasavvuri  juda  ham  ilgarilab,  o’z  imkoniyatlari  doirasidan  ko’ra 
ko’proq  na
rsalarga  erishishga  intiladi  va  bu  bilan  tuzoqqa  tushib  qolishadi 

tekinga o’rgansa baliq, qarmoqqa ilinishi aniq» 
- deb bejiz aytmaganlar
). 


213 
 
O’jar  bo’lmang,  chunki  barcha  kaltafahmlar  o’jar,  o’jarlar  esa  kaltafahm 
bo’ladilar.  Tortishuvda  o’jar  bo’lsangiz,
 
foydadan  ko’ra  ko’proq  zarar  ko’rasiz, 
haqiqatning tagiga etolmaysiz hamda ko’pchilik orasida tarbiya ko’rmagan inson 
sifatida  tanilasiz.  O’jarlik  fikr  yuritishingiz  tavsifi  emas,  balki  istak
-
hoxishlaringizga intilishda sizning irodangiz tavsifi bo’lishi 
kerak. 
Sizni  juda  ham  maqtaydiganlar  va  sizga  tilyog’lamalik  qiladiganlarga 
ishonmang.  Ba’zilar  maqtov  va  yaltoqlik  bilan  maqtovga  o’ch  bo’lgan 
mansabdorlar pijiga kirib oladilar. Vaqt o’tishi bilan, ishonchga kirib olib, ularga 
katta zarar keltiradilar. H
aqiqiy xurmat burch hisoblanadi, yolg’ondakam xurmat 
esa  firibgarlikning  bir  ko’rinishidir  holos.  Tilyog’lama  insonlar  sizning  yaxshi 
tomonlaringizni ko’pirtirib, bu bilan faqatgina o’z manfaatlarini ko’zlaydilar.
 
Birovning manfaatlarini himoyalayman deb, 
o’z manfaatlariga erishmoqchi 
bo’lgan  ayyor  insonlardan  juda  ham  ehtiyot  bo’lish  kerak.  Ular  bir  karra  aqlli 
bo’lsa,  siz  ularndan  ikki  karra  aqlliroq  bo’lishga  harakat  qiling.  Agar  ularning 
qarmog’iga ilinib qolsangiz, kimnidir foydasi deb, o’zingizga katt
a zarar etkazib 
qo’yishingiz mumkin. Dono inson barchadagi yaxshi hislatlarga ahamiyat beradi 
va yaxshi amal qilish qanchalik qiyinligini ham anglaydi. Aqlsiz inson esa hech 
kimda  biror  bir  yaxshi  hislatni  ko’rmay,  faqatgina  ulardagi  yomonliklarni 
ko’radi,
 xolos. 
O’zingizning  kimligingizni,  qanday  inson  ekanligingizni,  qanday 
kamchilik  va  afzalliklaringiz  borligini  yaxshi  bilib  oling.  Chunki  sizning  obru-
e’tiborli  bo’lib,  hayotdagi  ezgu  maqsadlaringizga  erishishingiz  xuddi  shularga 
bog’liq  bo’ladi.  Laqma,  yolg’onchi,  engiltabiat  va  firibgar  insonlar  bilan  aloqa 
qilmang 

 
ular  siz  bilan  juda  ham  yaqin  bo’lib  qolganlarida  juda  ham  xavfli 
bo’lib qoladilar. Bunday insonlarni bilmaganlarning o’zi ham laqma hisoblanadi, 
ammo bilib turib, ular bilan aloqa qilganlar esa kaltafahm deb hisoblanadilar. 
Xurmat  qozonishning  eng  yaxshi  yo’li  –
  yaxshi  amallar  bilan 
shug’ullanishdir.  Savob  amallar  qilganingizda  ular  bilan  maqtansangiz, 
xurmatingizga  putur  etishi  mumkin.  Haqiqatni  ochiq  aytish  juda  xavfli,  ammo 


214 
 
vijdonli inson haqiqatni aytmasdan jim tura olmaydi. Shuning haqiqatni aytishda 
uni  boshqacha  tarzda,  misollar  vositasida  bildirgan  ma’qul.  Chunki  bunda 
haqiqatni bilishi kerak bo’lgan kimsalarning ko’ngliga ozor etmaydi va uni aytish 
ham katta havf 
tug’dirmaydi.
 
Yolg’onchi kimsa sifatida nom qozonmang. Undan ko’ra ehtiyotkor inson 
sifatida  taniling.  Ko’rinishdan  sodda  bo’lishga  harakat  qiling,  ammo  laqma 
bo’lmang.  Sinchkov  bo’ling,  ammo  ayyor  bo’lmang.  Iloji  boricha  atrofdagi 
insonlar  sizni  ikkiyuzlamachi  emas,  balki  aql-farosatli  inson  sifatida  tanisinlar. 
Ishonuvchan  va  soddadil  insonlarni  yaxshi  ko’radilar,  ammo  ko’pincha  ularni 
aldashga  harakat  qiladilar.  Eng  oliy  ayyorlik 

  ayyorlikni  yashirishdir,  chunki 
buni yolg’onchilik bilan tenglashtiradilar.
 
Agar  sher  bo’la  olmasangiz,  tulki  terisini  yopinib  yurganingiz  ma’qul. 
Vaqtida  yon  bossangiz,  yutishga  imkon  topasiz.  Agar  kuchingiz  etmasa,  aql-
farosat bilan harakat qiling. Kuchdan ko’ra chaqqonlik ijobiy natijaga olib kelishi 
osonroq.  Ko’pincha  aqllilar  kuchlilarni  eng
adilar.  Buning  teskarisi  juda  kam 
kuzatilgan. 
Boshqalardan  juda  ham  ajralib  turishga  harakat  qilmang,  chunki 
birinchidan,  ko’pchilik  buni  to’g’ri  qabul  qilmaydi  va  ikkinchidan,  bu  holat 
o’zingizni  noqulay  holatga  solib  qo’yadi.  Atrofdagi  insonlardan  juda  h
am  katta 
farq  qilsangiz, sizdan  do’stlaringiz  ham  yuz o’girishi mumkin. Chiroyli  va aqlli 
so’zlar  gapiraman  deb,  atrofingizdagilarni  hafa  qilib  qo’ymang.  Siz  bittasiz, 
dushmanlaringiz  esa  ko’pchilik 
-  ularga  biror  bir  nimani  uqtirganingizcha,  ular 
sizni  os
ongina  engadilar.  Barcha  ig’vogarlarni  yomon  ko’rgani  bilan,  ko’pincha 
ularni  gapga solib, o’z qiziqishlarini qondiradilar. Ammo  ularnga bo’lgan  nafrat 
esa hech qachon kamaymaydi. 
Yarim  bajarilgan  ishni  hech  qachon  ko’rsatmang  –
 
ish  tugagandan  so’ng 
uni ch
iroyli qilib ko’rsatganingiz ma’qul. Aks xolda birinchi bor ko’rilgan chala 
ish barchaning xotirasiga muhrlanib qoladi. Iloji boricha kechirimli bo’ling. Juda 
ham zarur bo’lmaguncha, o’zingizni oqlashga harakat qilmang, chunki juda ham 


215 
 
berilib  o’zini  oqlas
h  jinoyat  qilganlik  nishonasi  deb  tushuniladi.  Oldindan 
kechirim so’rash –
 
o’z

o’zini ayblashdir. Haqligingizni bildirish uchun oldindan 
o’zingizni  oqlab,  o’zingizga  nisbatan  shubha  uyg’otasiz  va  qilmagan  ishingiz 
uchun  ham  sizni  nohaq  ayblashlari  mumkin. 
Faqat  o’zingiz  uchungina  emas, 
balki  boshqalar  uchun  ham  yashashga  harakat  qiling.  Faqat  o’zi  uchun 
yashaydiganlar  barcha  narsa  o’zlariniki  bo’lishini  istab,  do’stlardan
  ajrab 
qoladilar.  Ammo  faqatgina  boshqalar  uchun  yashaydiganlar  ham  bo’ladi 
-  ular 
mustaqil hayot kechira olmaydilar. Esingizdan chiqmasin, begonalar sizdan foyda 
chiqqani  uchungina  sizga  yaqin  bo’lishga  harakat  qiladilar.  Shuning  uchun 
yaxshilikni avvalo o’z do’stlaringiz va yaqinlaringizga qiling.
 
Yaxshilikni  ham  oz-ozdan,  tez-tez  va  aql  bilan  qiling. 
Sizga  bo’lgan 
minnatdorchilik doimiy bo’lishiga va
  tugamasligiga harakat qiling.  Agar 
 
yaxshilik   qilish  imkoniyatidan mahrum 
bo’lsangiz, 
do’stlaringiz
 
ham  buni   
ko’rib,
    sizdan    uzoqlasha   boshlaydilar. 
Do’stlarni 
yo’qotib qo’ymaslik uchun ular to’lay
 olmaydigan 
qarzlarni so’rab
 
o’tirmang,
 
  aks  xolda 
do’stlaringizdan
  tezda 
ajrab  qolasiz.  Istalgan  odam 
dushman  bo’lib  qolishi  mumkin,  ammo  har  kim
  ham 
do’st bo’la
  olmaydi.  Eng 
ashaddiy dushmanlar eski 
do’stlardan
 chiqadi, chunki ular sizning        nozik
 
  tomonlaringizni  juda   
yaxshi 
bilishadi. 
Dushmanlik 
qilishning oldini oling va uni  yaxshi 
tomonga o’zgartirishga
     
harakat
 
    qiling.     Qasos   
  olishga   emas,   balki 
hafagarchiliklarning  oldini  olishga  intilgan  ma’qul.
  Eng  yaxshisi 

  raqobatchi
 
bo’lis
hi  mumkin 
bo’lganlarni  o’z  tomoningizga
 
og’dira  olishingizdir. 
Ularni minnatdorchilik bildirishga majbur qilib, 
dushmanchilikka imkon qoldirmaganingiz ma’qul.
 
Barchaga  yoqadigan  narsalarni  (

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish