O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. Mashg‘ulotlar uchun o‘quv quroli va KKM, PMlar va ularga o‘q-



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

1 – o‘quv savoli. Mashg‘ulotlar uchun o‘quv quroli va KKM, PMlar va ularga o‘q-
dorilarni olish, qayd etish, tashib keltirish, ro‘yhatga qo‘yish. 
 
Harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasining 
Mudofaa  Vazirligi  ta’lim    muassasalarini    va  o‘quv  punktlarini  o‘quv  qurollari,  kichik  kalibrli 
miltiqlar,  ular  uchun  patronlar,  o‘quv  texnikasi,  individual  himoya  vositalari,  radiatsion  va 
kimyoviy  razvedka  priborlarini        ta’minot  ro‘yxati  bo‘yicha  bepul  ta’minlaydi.    Ta’lim 
muassasalariga,  o‘quv  punktlariga  va  MK  «Vatanparvar»  tashkilotiga  o‘quv  kurol  –  aslahalar, 
o‘q dorilar harbiy okruglar ta’minot organlari tomonidan MIB naryadi bo‘yicha beriladi, kichik 
kalibrli  patronlar  esa  -  mudofaa  ishlari  bo‘yicha  tuman  bo‘limlarining  taqsimoti  bo‘yicha  MK 
«Vatanparvar»  tashkilotlari orqali tarqatiladi. 
O‘quv  qurol-aslahalarni  va  kichik  kalibrli  miltiqlarni,  ularning  o‘q-dorilarini  tashib 
keltirilishi  ta’lim  muassasalarining  kuch  va  vositalari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Olib 
kelishda qurol-aslahalar va kichik kalibrli miltiqlar albatta g‘iloflangan, o‘q-dorilar esa qutilarga 
solinib va muhrlanishi shart. 
Tashib    keltiriladigan  qurol-aslahalar,  kichik  kalibrli  miltiqlar  va  o‘q-dorilarni  yo‘l 
davomida qo‘riqlash va kuzatib borish uchun ikki kishidan kam bo‘lmagan qo‘riqchi  ajratiladi. 
O‘quv  qurollari va o‘q dorilar, kichik kalibrli miltiq va ularga patronlarni olish uchun 
ruxsatnoma  olish,  qabul  qilib  olish,  hisob  yuritish  va  ta’lim  muassasasida  saqlash,  «YOshlarni 
harbiy  xizmatga  tayyorlash  haqidagi  Nizom»ning  ettinchi  bobida  belgilab  ko‘rsatilgan.  Ta’lim 
muassasalari  o‘quv  qurollari  va  o‘q    dorilarini,  kichik  kalibrli  miltiqlarni  tuman  (shahar)  IIB 
tomonidan    ularni  saqlash    uchun  maxsus  jihozlangan  xona  va  ichki  ishlar  bo‘limining  o‘quv 
quroli va o‘q dorilar olishga ruxsati asosida olinadi va maxsus qurol saqlash uchun jihozlangan  
xonaning  talabga  javob  berishi  haqidagi  dalolatnomasiga    binoan  uch  oy  muhlat  bilan  beriladi.  
Foydalanilmagan  ruxsatnomalar  ichki  ishlar  bo‘limlariga,  kichik  kalibrli  patronlar  esa    MK 
«Vatanparvar» tashkilotiga qaytariladi. Ta’lim  muassasalariga o‘quv qurollari, ular uchun  o‘q  
dorilar, kichik  kalibrli miltiq va patronlarni berilishi foydalanishga,  saqlashga va hisob-kitobini 
yuritishga  bevosita  javobgar  shaxsni    shaxsini  tasdiqlovchi  xujjati,  ishonch  bldirilgan  noma  va 
ichki ishlar bo‘limlari ruxsatnomasi kabi hujjatlarini taqdim qilganida amalga oshiriladi. Tuman 


(shahar)  MIB  o‘quv  qurollari  va  o‘q  dorilarni  olayotgan  va  tarqatayotgan  shaxslar  ularning 
texnik    ko‘rsatmalari  maqsadga  mos  ekanligiga  ishonch  hosil  qilishlari  shart.O‘quv    quroli  va 
kichik  kalibrli  miltiqlar  bir  oy  muddat  ichida  ichki  ishlar  organlarida  ro‘yxatdan  o‘tkazilib  va 
ularni  saqlash  uchun  ruxsatnoma  olinishi  kerak,  bu  ruxsatnoma  ta’lim  muassasasi  direktori 
nomiga  uch  yil  muddat  bilan  rasmiylashtiriladi.  Ta’lim  muassasasi  o‘quv  qurollarini  saqlashga 
uchun  ruxsatnomaga ega  bo‘lganidan  keyin  ta’lim  muassasasiga kichik  kalibrli  patronalar  olish 
(sotib olish)ga ruxsat beriladi. Qurol saqlash   xonasi jihozlangandan keyin ichki ishlar organlari 
markaziy  qo‘riqlash  pultiga  ulanadigan  tovush  singalining  iloji  bo‘lmasa  yoki  bu  borada 
qiyinchilik  tug‘ilsa,  binoning  tashqi  tomoniga  yoki  eng  yaqin  bo‘lgan  postga  chiqarilgan  yoki 
mahalliy  sharoitga  qarab  ta’lim  muassasasining  ikki  kishidan  kam  bo‘lmagan    xodimlari 
(xizmatchilari)  ga  o‘rnatilgan    baland   ovozli (sirena)  avtomatik  tovush signali    bo‘lsa  o‘q  otar 
qurollarni  saqlash  1-2  yillik  muddatga  ruxsat  beriladi.  Ta’lim  muassasasi  direktori  o‘zgargan 
taqdirda  va  ta’lim  muassasasining  nomi  va  manzili  o‘zgartilsa  qurol  saqlash  ruxsatnomasi  o‘n 
kun muddat ichida qayta rasmiylashtirilishi kerak. 
 
 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish