O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. CHHT mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan TTV (texnik ta’minoti



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

2 – o‘quv savoli. CHHT mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan TTV (texnik ta’minoti 
vositalari) 
Ta’lim  texnik  vositalari    ta’lim  muassasasi   o‘quv  - moddiy  bazasining  elementlaridan 
biri  hisoblanadi    va      o‘quv  jarayonida  tatbiq  qilinadigan  texnik  qurilmalarni  o‘zida  mujassam 
etadi. 
 YOCHQBT  xonasi   quyidagi   texnik    vositalar  bilan   jihozlanishi  lozim : 
- Kompter  majmuasi (so‘ngi  rusumli); 
- Kinoproektor; 
- DVD  ROM, yoki vidiomagnitafon;  
-  CHizmachilik  va  maxsus  plyonkalar  (kodoskop)  va  ular    uchun  asbob-anjomlar  va 
priborlar to‘plamiga ega  bo‘lgan   grafoprektom; 
- diaproektor (DM-3, «Svet», UP-2 «LETI-60» LSI) yoki kadriproekt («Vitaz», «Kadr», 
«Krugozor»); 
- 8 mm li kinoproekt («Kvant», «Rus», «Mayak», «Luch-2m»); 
 - magnitafon (etidoskop).  
«Ta’lim te xnik vositasi» atamasi ikki tushunchani o‘z ichiga oladi: 
1.Hususiy  texnik  qurilma  (kompyuter  texnologiyalari,    vidioproektor,  dioproektor, 
kinoproektor ,  televizor, magnitafon va h); 
2.Ta’lim  vositasining  o‘zi  (darslarning  multimediyalari,    mashg‘ulotning  elektron  
variantlari,slaydlar, kinofilmlar, magnitogrammalar va h). 
Bu erda, shubhasiz, ta’lim vositasi eng muhimi hisoblanadi. 
 U  o‘quv  ma’lumotini    tarqatuvchisi,  ta’lim  oluvchilar  bilish  faoliyatini  tezlashtiruvchi 
vosita hamdir. 
TTV  tavsiflanadigan  bir  qancha  belgilar  mavjud    tuzilishiga  oid,  tashkiliy,  sezish 
organlariga ta’sir  qilishiga  ko‘ra  va h. 
Harbiy  pedagogikada  ta’lim  jarayonida  hal  qilinadigan  masalalarning    xususiyatiga  
ko‘ra   tavsiflanishi keng tarqalgan. 
 
1.Ta’lim berishning texnik vositalari (MBTV). 
Ularga  kompyuter  va  boshqa  texnik    vositalar  yordamida  multimediyalar, 
mashg‘ulotning elektron  variantlari, slaydlar orqali  o‘rganiladigan ma’lumotni berishga imkon 
beradigan  kinofilmlar,  rasmlar,  tiniq  plyonkali  sxemalar,  fonogrammalarni  televizion  aks  etish, 
magnit yozib olish va h. audivizual qurilmalar kiradi. Bu erda shuningdek blankalar, jadvallar va 
sxemalar  ko‘rinishidagi  bosma    tarqatma  materialni  ham  kiritish  mumkin.  Bu  guruh  eng  keng 
tarqalgan  va  ilgarigi  vaqtlardan  buyon      ishlatilib  kelinadi.  Ularga  dioproektor,  kadrproektor, 
kinoqurilma, kadoskop va h. kiradi.Hozirgi  vaqtda  ta’lim  berishda  ulkan imkoniyatlarga  ega  
bo‘lgan    zamonaviy    texnik    vositalari  keng  tarqalib    respublikamizning    barcha    xududlariga 
keng  tarqaldi.   
  SHuning  uchun   davlatimiz  bu  ishlarni o‘z  vaqtida  kechiktirmasdan   olib  borilishi  
uchun  kadrlar masalasiga diqqat  e’tiborni qaratmoqda. 


2.Joriy va yakuniy bilimlarni nazorat  qilish  (imtihon, sinov ) uchun bilimlarni nazorat  
qilish  texnik vositalari (BNTV). 
Nazorat  mashinalarini  tatbiq  qilish,  nazorat  nazorat  natijalarini  ortiqcha    vaqt 
sarflamasdan olish mumkin, savollar  soni  etarli  bo‘lganida  (test savollari)esa  boho qo‘yilgan  
natija  bilan bo‘ladi.  savollari soni va baho bilan nazorat natijalarini olishga imkon beradi («P-4 
kompyuter majmuasi»«Kion-5», «Ekzamentor-men», «Signal-!», «Ankord», «Lira»). 
3.Amaliy  ko‘nikmalarini singdirish texnik vositalari (trenajyorlar). 
Jangovar  texnika,  qurol-yarog‘  va  boshqalarda  ishlashda  ta’lim  oluvchilar 
amaliyko‘nikmalarini singdirish va takomillashtirish uchun  xizmatqiladi. 
4. Mustaqil  ta’lim  olish  texnik vositalari. 
Ma’lum bir dastur bo‘yicha o‘quv ma’lumotlarini berilishini  ta’minlaydi va  kompyuter 
yoki  EHM  bazasi  yordamida  o‘zini  nazorat    qilishni  amalga  oshirishga  imkon  beradi  (so‘ngi  
rusumli    kompter,  «Repetitor-MEN»,  avtomatlashtirilgan  ta’lim  sistemasi  ATS).  Ko‘rgazmali  
qurollar  -  pedagogikaning  muhim  didaktik  prinsipi,  bunga  ko‘ra  darsda  qabul  qilinadigan  aniq 
namunalar  talabalar  bilan  o‘rganiladigan  materialni  yaxshi  o‘zlashtirib  olishga  yordam  beradi. 
Darslarda ko‘rgazmali qurollar va taktik vositalarni tatbiq  qilinishi  talabalar e’tiborini  eshitib  
qabul    qilishlaridan  ko‘rib    qabul  qilishlariga  qaratilib    va  bir    vaqtning    o‘zida          navbatdagi 
o‘quv  materialini  eshitish      orqali      ongli  qabul    qilishga    va  bilish  faoliyatini  faollashtirishga 
tayyorlaydi. Ko‘rgazmali  qurollar yoshlarni chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich tayyorgarligi ishida  
alohida ahamiyatga ega bo‘lib jang maydonida askarning ishonch bilan   harakatlanishlari  uchun 
zarur  bo‘lgan usul va ko‘nikmalarni  shakllantirishda bosh vazifalaridan biri   hisoblanadi. 
U  yoki  bu  ko‘rgazmali    qurol  yoki    ta’lim  texnik  vositalarining  tatbiq    qilinishining 
pedagogik samaradorligi   talaba   qanchalik faol va qunt bilan ishlaganiga   qarab oshib boradi. 
O‘qish va bilim orttirish borasida talabalarni o‘zlari yasay oladigan maket, model va ko‘rgazmali   
o‘quv       qo‘llanmalarini tayyorlashga jalb etish foydadan holi emas.
 
Ma’lum bir ko‘rgazmali 
qurol  va  ta’lim  texnik  vositalarini  qo‘llanishining  maqsadga  muvofiqlik  mezoni.o‘quv  vaqti 
tejalishi  va  darsni  foydali  koeffitsentining  ta’sir  etishini  ko‘payishidadir.  Agar  ko‘rgazmali 
vositalarni  tatbiq etish   o‘quv  vaqtining  tejalishiga olib kelmasa,  unda  ular    noo‘rin  tanlangan, 
darslardan  oqilona  foydalanilmagan  yoki  mazkur  mashg‘ulotda  ularning  umuman  keragi  yo‘q 
deb    topiladi.    Darsga  ko‘rgazmali  qurollarni  tayyorlashda  nafaqat  kerakli  vositalar,  sxemalar, 
plakatlar,  maketlar,  o‘quv    quroli  va  hakozolarni    tanlash  (tayyorlash),  TTV  moslama  va 
qurilmalar havfsizligini tekshirish, balki ko‘rgazmali vositalarni tatbiq qilish  uslubiyotini ishlab 
chiqilishini ham o‘z ichiga oladi 
-Tatbiq  qilishni  maqsadini aniqlash;  
-Ular bilan ishlash uchun ajratilgan  vaqtni  aniqlash; 
- Mashg‘ulot  (dars)ning pedagogik mazmunida   qo‘llanmaning  o‘rni. 
Aytaylik, harbiy  rahbar (CHQBTO‘)  mashg‘ulotda YOCHQBT  xonasida ko‘rgazmali 
vositani tatbiq  qilmoqchi (nazariy mashg‘ulotda«Harbiy ish asoslari» bo‘yicha o‘quv  filmlari). 
Butun  filmning namoyishi 25-35 daqiqa egallashini nazarda tutgan holda  har bir  juftlik darsda 
film parchasini 18-20 daqiqadan  ko‘rsatish lozim.Filmni talabalarga darsdan  tashqari   soatlarda 
mazkur mashg‘ulotda olingan  bilimlarni mustahkamlash  maqsadida to‘laligicha namoyish etish 
maqsadga  muvofiq    bo‘ladi.  Darsni  o‘quv  filmini    ko‘rsatish  bilan  o‘tkazish    mumkin  emas, 
sababi  filmni    o‘zi    mashg‘ulot    oldiga  qo‘yilgan  maqsadini  to‘laqonli  amalga  oshira  olmaydi. 
SHu  bilan  birga  talabalar  ko‘p    holda  ko‘rsatiladigan  material  syujeti,  tashqi    chiroyi,  ta’rifiy 
tomonlari bilan chalg‘ib ketadi, o‘rganilayotgan  savollar bilan bog‘liqlikni  yo‘qotadi. SHuning 
uchun  ko‘rgazmali  qurollar  va  TTV  ni  tanlashda  ularning  o‘rganiladigan  materialni  nazariy 
qoidalari  bilan bog‘liqlik darajasini e’tiborga olishi lozim. 
Ta’lim    muassasasilari  uchun  o‘quv  qurol-aslahalar,  kichik  kalibrli  miltiq      o‘quv 
texnikasi va  buyumlarini  O‘R Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan  me’yorlar (ro‘yxat) ga 
ko‘ra bepul   (ro‘yxatning 4-ilovasi, YOCHQBT dasturi - 2005 y, 59 b. qarang) beriladi. 
 Ta’lim muassasasiga beriladigan o‘quv quroli quyidagilarga ega bo‘lishi  kerak: 


-  Stvolning  o‘q  solinadigan  (kazennoy  chasti)  qismida  pastda  AKM-48  mm    bo‘lgan   
kenglik  va  uzunlikdagi  stvoli  yo‘li boshida hosil   bo‘lgan     ikki  tomoni ochiq  tirqishli segment 
kesik; 
(
na    kazennoy    chasti    stvola  snizu    segmentnыy  vыrez    s    obrazovaniem    v    nachale  
kanala  stvola  skvoznoy  prorez  shirinoy  i  dlinoy  u  AKM-48 mm

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish