Ta’lim muassasasi O‘MB ning xolati quyidagicha baholanadi:
«
a’lo»
- agar jixozlangan joylardan 1) Harbiy hona; 2) O‘quv qurollari va kichik
kalibrli miltiqlarni saqlash xonasi; 3) Otish qoidalari va usullarini amaliy o‘rgatish uchun joy
(strelkovыyy tir); (ta’lim muassasasida otish joyining mavjudligi, shuningdek bir nechta
ta’lim muassasalari katta bo‘lgan umumiy otish joyiga ega bo‘lishi, uning joylashuvi esa
o‘quv reja va mashg‘ulotlar jadvalida ko‘zda tutilgan otish to‘garagi ishlarini o‘z vaqtida
boshlash imkonini bera olishi ham inobatga olinadi, agar ta’lim muassasasining joylashuv
shart- sharoitlari otish joyiga ega bo‘lishning imkonini bermasa hokimlik qarori bilan bu
ta’lim muassasasi, talabalarga otish qoidalari va usullarini amaliy o‘rgatish uchun boshqa bir
otish qoidalari va usullarini amaliy o‘rgatish uchun joy (strelkovыyy tir)ga ega bo‘lgan ta’lim
muassasasiga (tashkilotga) biriktirib qo‘yiladi. 4) Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar
uchun maydon; 5) Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlarini amaliy o‘rgatish joyi; 6)
Qurollarni, tabelli o‘quv-qurol va texnikalarni tozalash va moylashni o‘rgatadigan joy. Ta’lim
muassasasida qurol, tabelli o‘quv-qurollarni va texnikalarni mavjud emasligi qo‘yiladigan
bahoga ta’sir etmaydi, agar MIB tomonidan berilmagan yoki IBB tomonidan olib qo‘yilgan
bo‘lsa, o‘quv qurollari va kichik kalibrli miltiqlarni saqlash xonasi esa qo‘yilgan talablarga
javob bersa, harbiy ish asoslari va otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish uchun
ko‘chma jihozlar majmuasi va ko‘chma jihozlar anjomlariga kiradigan anjomlar: nishonlar
majmuasi, joylardagi buyumlar va mo‘ljal olish uchun maketlar,ko‘rsatuvchi belgilar, qo‘l
granatasining balvankalari, guruh bayroqchalari, tayanch majmuasi, choyshab, bir xil
mo‘ljalga olish uchun ekranlar, seksiyaga anjomlar majmuasi, granata va
magazin(o‘qdonlar)lar uchun sumka (remen), piyodachilarning kichik lopatasi uchun
niqob(chexol)chalar. Ta’lim muassasasi dastur xajmidagi, harbiy ish asoslari va otish
tayyorgarligi bo‘yicha amaliy faoliyatlarni mashq qilishni ta’minlaydigan, o‘quv punktlarida
uchun esa bundan tashqari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulot o‘tish o‘tish uchun
joyga ega bo‘lsa;
«yaxshi»
- agar «a’lo» baho qo‘yilishi uchun bo‘lishi kerak bo‘lgan O‘MB barcha
elementlari mavjud bo‘lsa, biroq vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlarini amaliy o‘rgatish
va qurollarni, tabelli o‘quv-qurol va texnikalarni tozalash va moylashni o‘rgatadigan joy
to‘liq jihozlanmagan, shuningdek, ko‘chma jihozlardan ayrimlari etmasa;
«qoniqarli»
- agar harbiy hona, o‘quv qurollari va kichik kalibrli miltiqlarni saqlash
xonasi, Otish qoidalari va usullarini amaliy o‘rgatish uchun joy (strelkovыyy tir), saf
tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun maydon, tabelli o‘quv-qurol va texnikalar bo‘lsa,
va ulrning hisobini yuritish, saqlash,talabga muvofiq tashkillanmagan;
Do'stlaringiz bilan baham: |