O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. CHQBT o‘quv dasturining talablari, CHQBTning  ta’lim



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

1 – o‘quv savoli. CHQBT o‘quv dasturining talablari, CHQBTning  ta’lim 
muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari. 
 
YOshlarni    harbiy  xizmatga  tayyorlash  o‘zbekiston  respublikasi  qonunlari  asosida 
tashkil etiladi va olib boriladi. 
CHQBT jarayonida quyidagilarni egallashlari kerak: 
-
 
O‘zbekiston respublika konstitutsiyasi qoidalarini o‘zlashtirib olish; 
-
 
Qurolli  kuchlar  vazifasi,  ularning  xususiyatlari  va  xarakterlarining  harbiy 
xizmatdagi ahamiyati; 
-
 
O‘zbekiston  respublika  fuqarosining  muqaddas  burchi,  harbiy  qasamyodning 
asosiy talablari, qurolli kuchlar nizomini tushunib olish; 
-
 
Harbiy qism qurollari va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning hayoti va joylashishi 
bilan tanishib olish; 
-
 
YOshlarni  tayyorlash  hajmida  zarur  harbiy  bilim  va  amaliy  mahoratlarga  ega 
bo‘lish; 
-
 
Fuqarolar  himoyasi  asosini  o‘zlashtirib  olish  va  kelajakda  qurolli  kuchlar  safiga 
chaqiriladigan  o‘smirlar  qisqa  vaqt  ichida  zamonaviy  qurollanish,  harbiy  texnikani  egallab 
olishlari  uchun  fuqaro  himoyasi  asoslarini  o‘zlashtirish  va  ommaviy  qirg‘in  kurolidan 
himoyalanish ko‘nikmalarini egallash; 
Yigitlar uchun CHQBT ga o‘quv yurtlarida 140 o‘quv soati ajratiladi. 
Qizlarga fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilimlar asoslari uchun 70 soat ajratiladi. 
Mashg‘ulotlarni  talabga  muvofiq  o‘tkazilishini  ta’minlash  uchun  va  nizom  talablarini 
bajarish, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni singdirish maqsadida har bir sinf, o‘quv guruhi  guruh 


deb  nomlangan  va  uch  bo‘limga  bo‘linadi.  Talabalardan    ta’lim  muassasasi  direktori  buyrug‘i 
bilan  ta’lim muassasasi rahbari tomonidan  guruh va bo‘lim komandirlari tayinlanadi. 
CHQBT  bo‘yicha  mashg‘ulotlar  komandir  tomonidan    guruh  saflash  va  mashg‘ulotga 
tayyorgarligi  haqida  hisobot  berish  bilan  boshlanadi.  Talabalarni  komandalarni  to‘g‘ri  bajarish, 
safda tartibni saqlash, saf tortishga o‘rgatish odatda harbiy rahbar, instruktor ishtirokida amalga 
oshiriladi. 
Hisobot  shakli:  «o‘rtoq  leytenant  (harbiy  rahbar)  2  -  chi    guruh  20  ta  kursantlardan 
iborat  bo‘lib,  taktik  tayyorgarlik  bo‘yicha  mashg‘ulotlarga  saf  tortdi.    Guruh  komandiri  – 
talaba....». 
Hisobot bergandan so‘ng  guruh komandiri qo‘lini bosh kiyimidan tushurmay (agarda u 
bosh  kiyimida  bo‘lsa),  chap  (o‘ng  bilan)  oyog‘i  bilan  chetga  bir  qadam  qo‘yib  bir  vaqtning 
o‘zida  o‘ngga  (chapga)  qayriladi  va  mashg‘ulot  rahbarining  oldinga  o‘tkazib  yuborib,  uning 
orqasidan bir-ikki qadam orqaga va safning tashqi tomonidan boradi.  
Hisobot  qabul  qilib,  mashg‘ulot  rahbari  safning  o‘rtasiga  boradi,  ulardan  uch-to‘rt 
qadam  narida  to‘xtab,  safga  qarab  yuzi  bilan  turadi  va  talabalar  bilan  salomlashadi  «salom 
(kursant)  askarlar,  talabalar».  Talabalar  salomga  baland  ovoz  bilan,  aniq  va  birgalikda  javob 
beradilar «salom o‘rtoq leytenant». 
Mashg‘ulotlarda har doim tartib va intizom saqlanishi kerak. Harbiy rahbar talaba bilan 
munosabatda  bo‘lganida  u  darhol  o‘rnidan  turadi  va  «rostlan»  holatini  bajaradi,  o‘zini 
tanishtiradi:  «falonchi  talaba».  Agar  mashg‘ulot  rahbari  talabaga  familiyasini  aytib  murojaat 
qilsa,  u  «men»  deb  javob  qaytaradi.  O‘tirishga  ruxsat  olib,  talaba  «xo‘p  bo‘ladi»  deydi  va  tez 
shovqinsiz  o‘z  joyiga  o‘tiradi.  Talaba  harbiy  rahbarga  murojaat  etishida  qo‘lni  ko‘taradi  va 
ruxsat olganidan keyin o‘rnidan turadi «rostlan» holatini qabul qiladi, o‘zini tanishtiradi va savol 
beradi. 
O‘quv  joylarida  instruktor  talabaga  murojaat  qilganda  yoki  aksi  talaba  o‘zini 
tanishtiradi:  «xizmatga  tayyorgarlik  ko‘ruvchi  axmedov»  yoki  «xizmatga  chaqiriluvchi 
axmedov». 
Mashg‘ulotlar  (dars)  tugagandan  so‘ng    guruh  komandiri  mashg‘ulot  rahbari  ruxsati 
bilan «rostlan» yoki «turilsin, rostlan» komandalari beriladi. Mashg‘ulot rahbari «xayr talabalar» 
deydi.  Talabalar  birgalikda  «salomat  bo‘ling,  o‘rtoq  leytenant»  (harbiy  rahbar)  deb  javob 
qiladilar  va  «erkin»  komandasi  berilganidan  so‘ng  harbiy  kabinetdan  oldin  harbiy  rahbarni 
o‘tkazib  yuborib  chiqadilar,  tunda    ta’lim  muassasasi  chiqish  yoki  kirish  joyiga  kelib,  «erkin, 
tarqal» komandasi beriladi. 
Talabalar  mashg‘ulotlarga  tayyorlanib  va    ta’lim  muassasasida  ko‘rsatilganicha 
kiyingan  bo‘lib  kelishlari  kerak,    ta’lim  muassasasida  kiyinish  tartibi  safida  tekis  va  kalta  soch 
bilan yurish tavsiya etiladi. 
Yil fasliga qarab kiyinish formalari turlicha bo‘lishi mumkin, masalan: № 1-harbiy xona 
(sinfda) mashg‘ulotlar uchun - bir tusdagi shim, kostyum, ko‘ylak, galstuk, tufli (past poshnali) 
yoki  maktab  formasi;  №2-safda  mashg‘ulotlar  o‘tkazish  -  shu  kabi,  ya’ni  №1  variantdagi  va 
bundan tashqari bosh kiyimi; №3 - safda, dala sharoiti va mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydonda - 
ish  kiyimi  formasi  (kurtka,  shim),  bosh  kiyimi;  №4  -  sport  zalida  zamonaviy  tarbiya 
mashg‘ulotlari - sport oyoq kiyimi va shu kabi. 
Harbiy  kiyimda  yurish  -  harbiy  rahbar,  zaxiradagi  ofitserlar  uchun  mashg‘ulotlar 
o‘tkazish  paytlarida  majburiy  hisoblanadi.  amaliy  mashg‘ulotlar  boshlanishi  oldidan  tartib 
qoidalari  va  o‘rganilayotgan  savollar  bo‘yicha  harakatlarda  xavfsizlik  choralari  qisqacha  bayon 
etiladi. 
Mashg‘ulotlarga  tayyorlanishda  (darsga)  mashg‘ulotlar  rahbariga  quyidagilar  tavsiya 
etiladi: 
— mavzu va o‘quv savollarini aniqlab olish; 
—  o‘quv  va  tarbiyaviy  maqsadlari,  o‘quv  savollarini  ishlab  chiqish,  ilgari  o‘rganilgan 
materiallarni  o‘zlashtirish  darajasini  tekshirish,  o‘tkazish  bo‘yicha  mashg‘ulot  va  savollarni 
ma’naviy ta’minlash; 


— mashg‘ulotga muvofiq nizom boblari,  ko‘rsatmalar, o‘quv va boshqa  amaliyotlarni 
o‘rganib chiqish; 
— usul (xarakatlar)ni bajarishda mashq qilib olish; 
— uy vazifasini belgilab olish. 
Mashg‘ulot  o‘tkazish  joyi  va  moddiy  ta’minlanishi  oldindan  tayyorlangan  bo‘lishi 
kerak. 
Amaliy  taktik  saf  tortish,  tematik  mashg‘ulotlarga  tayyorlanishda  mashg‘ulot  rahbari 
yordamchilari bilan instruktaj o‘tkazadi (texnik sharoitni mashq qilish), talabalar bilan uslub va 
harakatlarni qay tartibda o‘rganishni ko‘rsatadi, ularga bu uslub va harakatlarni to‘g‘ri bajarishga 
o‘rgatadi. 
Mashg‘ulotga tayyorlanish (dars) mashg‘ulot reja-konspektini tuzish bilan yakunlanadi. 
Mashg‘ulot  (dars)  kirish,  bir-biri  bilan  bog‘liq  asosiy  va  yakuniy  qismlardan  tashkil  topadi. 
Kirish  qismida    guruh  saf  tortadi,  mashg‘ulot  rahbariga  axborot  beriladi,  talabalar  tashqi 
ko‘rinishi  ko‘zdan  o‘tkaziladi  va  ular  bilan  ilgari  o‘rganilgan  material  o‘zlashtirish  darajasi 
tekshiriladi. Har bir saf tortishda  guruh rahbari safning to‘g‘ri va tekisligiga e’tiborni qaratadi, 
safda  intizom  saqlanish,  safda  turish  nizomi  talablariga  muvofiq  safda  turish  va  saf  tortishda 
talabalar  vazifalarini  bajarishlari  va  kamchiliklarni  bartaraf  etishga  erishishi  kerak.  bundan 
tashqari  muloqotlarning  bu  qismida  ular  bilan  bo‘sh  o‘zlashtirib  olingan  safdagi  uslublar  va 
komandalar  bajarilishi  mashq  qilinadi.  Buning  uchun  5  daqiqa  ajratiladi.  Ilgari  o‘tilgan 
materiallarni  tekshirish  talaba-larga  savol  berish  va  uslub  va  harakatlarni  bajarishlarini 
tekshirish, javoblariga baho berishdan iborat bo‘ladi (amaliy usul, harakat). 
Mashg‘ulotlar  asosiy  qismi  mashg‘ulot  mavzusi  va  maqsadlari  ma’lum  qilingandan 
so‘ng o‘quv savollari mazmuniga qarab, yangi material bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi 
yoki usul, harakatlarga o‘qitiladi yoki baravar ikkalasi o‘tiladi. 
yangi  materialni  mustahkamlash  savol-javob  o‘tkazish  va  usul  harakatlarini  bajarish 
orqali  butun  materialni  yoki bir qancha  asosiy savollarni bayon  etishdan  so‘ng  o‘tiladi. usul  va 
harakatlarga, o‘qitish, odatda, belgilangan tartibda olib boriladi. 
Mashg‘ulot rahbari usul va harakatlarni umumiy namuna qilib ko‘rsatib beradi, shundan 
so‘ng  talabalarni  uning  belgilari  bo‘yicha  o‘rganib  olish  tartibi  bilan  tanishtiradi,  1-belgisi 
bajarilishini  tushuntirib  ko‘rsatadi  va  o‘qishga  kirishadi,  uslubni  (harakatni)  o‘rganib  olish 
sekinlashtirilgan  suratda  boshlanadi,  bunda  asosiy  e’tibor  uni  to‘g‘ri  bajarilishiga  qaratiladi, 
keyinchalik  mashq  surati  oshirilib  boriladi,  usullarni  (harakatlarni)  belgilarga  bo‘lib  o‘rganib 
olinganidan so‘ng rahbar usulni umuman bajarishni o‘rgatishga o‘tadi. 
Mashg‘ulotlar  yakuniy  qismida  ularning  natijalari  mujassamlashtirilib,  talabalar 
mashg‘ulotda  bajargan  ishlariga  baho  beriladi,  javob  va  harakatlaridagi  kamchiliklari 
ko‘rsatiladi,  yaxshi  javob  berib  mashqni  to‘g‘ri  bajargan  talabalar  ko‘rsatilib  o‘tiladi,  zarur 
bo‘lsa uyga topshiriq beriladi hamda navbatdagi mashg‘ulot mavzusi va kiyinish formasi ma’lum 
qilinadi. 
 CHQBT  bo‘yicha  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlarida  mashg‘ulotlarning  tashkil  etilishi  va 
o‘tkazilishi  umumta’lim maktablaridan  farqi  harbiy  rahbar  ishning  o‘ziga  xosligidadir.  bu  farq 
talabalar individual va yoshi xususiyatlarining hisobga olinishida ifodalanadi. 
O‘rta  maxsus    ta’lim  muassasasi  qiz  va  yigitlari  bir-birlaridan  rivojlanishi,  nazariy 
tayyorlanganligi,  umumiy  tarbiyaviyligi,  xayotiy  tajribasi,  qiziqishlari  va  b.  bilan  farq  qiladi. 
pedagogik jamoa bunga alohida e’tibor berishi kerak. 
Ayniqsa,  15-16  yoshli  talabalar  imkon  boricha  yanada  ko‘proq  turli  ma’lumot  va 
bilimlar  olishga  intilishi,  balki    ta’lim  muassasasi  ijtimoiy  hayotida  ishtirok  etish  istagida 
ifodalanadigan yuqori ijtimoiy faollik ko‘rsatadi. 
Mashg‘ulotlarning  o‘ziga  xosligi  shundaki,  harbiy  rahbar  mashg‘ulotlarni  ko‘p  sonli 
guruhlar  bilan  tashkil  qilishi  va  o‘tkazishi  kerak,  bu  ba’zida  ortiqcha  og‘irlikka  olib  keladi. 
shunda mazkur  ta’lim muassasasi zahiradagi zobit yoki bu vazifani uddalay oladigan boshqa fan 
o‘qituvchilarini  chetdan  soat  haq  to‘lashga  ko‘ra  CHQBT  o‘qituvchisi  lavozimiga  ishga  taklif 
qilishga haqli. 


 CHQBT  bo‘yicha  harbiy-vatanparvarlik  tarbiya  va  o‘quv  jarayonini  tashkil  qilishda 
qishloq xo‘jaligi hamda qurolli kuchlar safida xizmat qilish uchun mazkur  ta’lim muassasasida 
mutaxasislarni tayyorlash yo‘nalishi nazarda tutilishi kerak, ya’ni faoliyat turiga ko‘ra (aviatsiya 
sanoati, radio sohasi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlash) ish yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 
Ilgari  aytganimizdek  o‘qish  vaqti  bir  yildan  uch  yilgacha  bo‘lganligi  uchun 
o‘rganiladigan mavzular hajmi ham shunga mos o‘rganiladi. bir yillik dastur bo‘yicha 70 soat, 2 
yillik  va  undan  ko‘proq  dastur  uchun  CHQBT  to‘la  hajmi  o‘tkaziladi.  Harbiy  vatanparvarlikda 
tarbiyalash  va  CHQBT  bo‘yicha  o‘quv  jarayonida  ushbu    ta’lim  muassasasida  mutaxasislar 
tayyorlash sohasi hisobga olinishi kerak. birinchi mashg‘ulot savolini yakunlashda rahbarga har 
bir  mashg‘ulot  talabalarda  ma’naviy-siyosiy  sifatlarini  tarbiyalash,  vatanni  himoya  etish 
bo‘yicha  o‘z  burchini  bajarishga  tayyorlash,  ularda  o‘quv  mavzulari  hajmida  qurolli  kuchlar 
nizom talablariga muvofiq axloq va harakatlar ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi 
kerakligini talabalarga tushuntirish tavsiya etiladi. 
 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish