11-MAVZU. INTERNET SAVDO TIZIMLARI
1. Internet magazin, internet maydon, internet auksion, internet birjalar.
2. Kraudsorsing va kraudfonding platformalarining elektron tijoratdagi o‘rni va
ahamiyati.
3. Xorijiy mamlakatlarda internet do‘konlar, ularning ishlash texnologiyasi
Tayanch so’zlar:
Web-server, Ilovalar server,
Internet magazin, internet maydon, internet
auksion, internet birjalar.
Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari Internetdan foydalana
oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va hizmat navlari
bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo’yicha axborot olishga, internet orqali
to’lovni amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi.
Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot xizmatini
ko’rsatish, buyurtmalarni ishlash, to’lovlarni amalgam oshirish hamda turli statistik
axborotlarni yig’ish va tahlillash.
Internet-magazinni boshqarish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
104
1- rasm. Internet-magazinni boshqarish sxemasi
Bu sxemada:
Web-server – tushgan so’rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni chegaralaydi.
Ilovalar serveri – barcha tizim ishlashini, xususan Internet-magazin biznes
mantiqini boshqaradi:
MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokozo hususidagi axborotni saqlashni va
ishlashni amalgam oshiradi.
Internet-magazinning ta’minoti Web-vitrinanikiga qaraganda qimmqtga tushsada,
uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi yuqori. Undan tashqari, axborotning
dinamik ishlanishi va ma’lumotlar bazasining mavjudligi evaziga Internet-magazin
har bir ro’yxatdan o’tgan xaridor bilan individual ishlash imkoniyatiga ega.
Elektron tijorat tizimlarida virtual savdo maydonlari.
Kompyuterning yaratilishi XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biridir. Davr talabiga
ko’ra, bugunga kunga kelib kompyuter texnologiyalari va ularning imkoniyatlaridan
foydalanish juda rivojlanib ketdi. Kompyuter tarmoqlari va ularning beradigan
imkoniyatlari, qulayliklari katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar bilan
ishlashga to’g’ri keltirmoqda. Jamiyat tarakkiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar
insonlarning kunlik extiyojlariga bo’lgan talablarini bajarishda xam o’z ta’sirini
ko’rsatmokda. Tarmoqning xozirgi kunda ko’rsatayotgan katta imkoniyati bu
elektron tarzdagi savdo – sotiqni amalga oshirishidir. Elektron tarzdagi
mahsulotlarning sotilishi va sotib olinishi elektron tijorat tizimiga asos soldi. Elektron
tijorat deganda ko’plab kishilar on-line rejimda mahsulot sotib olishni tushunadi.
Elektron tijorat – bu internet texnologiyalaridan foydalanib pul ishlash jarayonidir.
Elektron savdo jarayoni modelini tarmoqda ishlatilishning muvaffaqiyati uchta
tashkil etuvchidan iborat:
2.
Texnologik platformani to’g’ri tashkil etish.
3.
Raqobatbardosh mahsulotlar.
4.
Zarur infratuzilish va biznes jarayonlar.
Agar shu uchta tashkil etuvchidan birortasi qatnashmasa ham zamonaviy
texnologiyaning qo’llanilishi muvaffaqiyatga olib kelmaydi. An’anaviy do’kon tipida
tashkil etilgan savdo elektron tijoratning mijoz – biznes tipi deyiladi. Bunday tipdagi
Web saytlarga elektron tijoratdagi ko’plab saytlar kiradi. Elektron tijorat tizimida
Web saytlar orqali olib borayotgan savdo sotiq ishining hajmi an’anaviy savdo
jarayoniga yaqin bo’lib bormoqda. Bunday saytlar elektron bozorda eng yaxshi
o’ringa ega va rivojlanib bormokda. Elektron tijorat tizimi shuningdek biznes –
biznes bozori muhitida ham ishlaydi. Bunday jarayonda ulgurji savdo qiluvchi
kompaniyalar va oddiy sotuvchilar 16 birgalikda ishlaydi. Masalan shaxsiy
105
kompyuter ishlab chiqaruvchi ishchilar o’z mahsulotlarini distributorga va yirik
sotuvchi kompaniyalarga sotishi mumkin. Elektron tijorat tizimida u yoki bu
ko’rinishdagi savdo maydonini yaratishda mazkur ish faoliyati muhitidagi haridor va
sotuvchining o’zaro ta’sir sferasining darajasi aniqlanadi.
Elektron tijoratda “virtual savdo maydonchasi” degan tushuncha ham mavjud bo‘lib,
u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomalar tuziladi va moliyaviy oldi-sotdi
amallari o‘tkaziladi. B2B-sxemasidagi elektron tijoratda virtual savdo
maydonchalarining quyidagi uch xil ko‘rinishi mavjud:
1) Xaridor tomonidan tashkil etiladigan (“buyer-driven”);
2) Sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan (“supplier-driven” yoki “seller-driven”);
3) Uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (“third-party-driven”).
“Buyer-driven” ko‘rinishidagi virtual savdo maydonchalari bir yoki bir nechta
kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va u o‘zida mahsulot sotib oluvchi
kompaniyalarni birlashtiradi. Savdo maydonchalarining bu konsepsiyasi yirik
kompaniyalar faoliyatida tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonini optimallashtirish,
buyurtmalarni yetkazib berish tarmog‘i va savdo-sotiq shartnomalarini kengaytirishga
bo‘lgan ehtiyojlari bilan bog‘liq.
“Supplier-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari sotuvchilar tomonidan tashkil
qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat ko‘rsatish yoki mahsulotni sotish
bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
“Third-party-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari esa xaridor va sotuvchilarni
bir-birlari bilan uchrashtirish mas’uliyatini oladi. Odatda, bunday maydonchalar
biznesning ma’lum sektori va unda bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi tushunadigan
uchinchi shaxs (tashkilot, kompaniya) tomonidan tashkil qilinadi.
Odatda bunday maydonlar kim-ki biznesning aniq sektorida va undagi
jarayonlarning borishida yaxshi ishlay olsa, ular uchun yaratiladi. Bunday maydon
yaratuvchilari, haridor va sotuvchi o’rtasidagi etkazib beruvchi kabi bo’ladi. Hozirgi
vaqda virtual savdo maydonini tashkil etishning asosiy uchta modeli mavjud: katalog,
auktsion va birja. Katalog. Kataloglar zamonaviy kuchli axborot tizimlari
imkoniyatlaridan foydalanib, bir necha parametrlar bo’yicha mahsulotlarni tez
tanlash, etkazib berish vaqtini bilish, to’lov turlari va imkonlarini o’rganish, xizmatlar
haqida axborot olish va boshqa shu kabi axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu
model, unchalik qimmat bo’lmagan mahsulotlarning savdo-sotig’ini tez-tez
o’tkazishda haridor va sotuvchi orasidagi kuchli fragmentni harakterlashda maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bu modelda narxlarni sotuvchi belgilaydi. Katalog modeli
shuningdek, agar kattagina savdo-sotiq mashhur etkazib beruvchilar va aniq qoidalar
asosida amalga oshirilsa, haridor sotuvchini tanlash uchun kichik etkazib
beruvchilarning ichidan tanishingiz va zarur bo’lgan holda yaxshi ishlaydi.Bu model
narxlar kam o’zgaruvchi, so’rovlar aniq aytiladigan bozorlarda yaxshi ishlaydi.
106
Auktsion. Narxlar faqat sotuv vaqtida aniq bo’ladigan modeldir. Auktsion-web sayt,
unda istalgan odam o’zining mahsulotlarini sotuvga qo’yishi mumkin. Narxlarni aniq
qo’yish kerak. Mahsulotga qiziqqanlar esa o’zlarining narxlarini ko’rsatishadi. Birja.
Narxlar so’rov va takliflar bilan boshqariladigan va natijada kuchli o’zgarishlar
bo’lishi mumkin bo’lgan modeldir. Bugungi kunda on-line sotib olish jarayonida
to’lov vositasi bo’lib plastik kartochkalar etakchilik qilmoqda.Lekin yangi to’lov
vositalari ham qo’llanilmoqda – smart-kartalar, raqamli pul, mikroto’lov va elektron
cheklar kabi. Web-vitrinalarni yaratish va ishlatish internet do’konlariga nisbatat 2-3
marta arzonroq bo’ladi. Xozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda ham ko’plab internet
savdo maydonlari ishlamoqda.
Avvaldan elektron tijorat iqtisodiyotning alohida yo‘nalishi sifatida qabul
qilinmagan, avvaliga biznes yuritishining an’anaviy mexanizmlarini shunchaki
internetga o‘tkazish yuz bergan. Yangi yo‘nalishdagi odatiy texnologiyalarning
mavjudligi yangi paydo bo‘lgan internet-tadbirkorlarga qo‘l kelgan, chunki yangisiga
ishonch darajasi pasaygan va iste’molchilar katta istak bilan yangi imkoniyatlardan
foydalanishgan. Jumladan, masalan, ilk internet-do‘konlar keng tarqalgan, telefon
yoki elektron pochta orqali tovarlarga buyurtma berish modelidan foydalanishgan.
Amaldagi offlayn biznes mohiyatiga ko‘ra o‘zining texnologiyalari va mexanizmlari
bilan eng qo‘pol tarzda internetga o‘tkazilgan, hatto birinchi buyurtma shakllari
saytda xuddi an’anaviy sotuv kanallarida foydalanilgan qog‘ozlardagi kabi
ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bu kabi sxema bo‘yicha ishlaydigan ilk internet-
do‘konlarning egalari magazinov mavjud bo‘lgan va o‘rganib chiqilgan normativ
bazadan foydalanishgan. Internet-do‘konlarda buyurtma berilgan tovarlarni yetkazib
berish mavjud bo‘lgan logistika infratuzilmasi yordamida amalga oshirilgan. Ilk g‘arb
internet-do‘konlari uchun to‘lov vositasi plastik kartochkalari bo‘lgan, g‘arb
iste’molchilariga bu kabi to‘lov usulidan foydalanish ertalab yuvinish kabi odatiy
hisoblanadi. Rossiyada, internet-tijorat yuzaga kelishi davomida, plastik kartochkalari
g‘arbda bo‘lgan kabi tarqalmagan bo‘lgan, bu qisman elektron savdoni
rivojlantirishning to‘xatib turuvchi faktorga aylangan.
Umuman olganda, elektron tijoratni institutsionalizatsiya qilish (bir tizimga
solish) bo‘yicha chet el tajribasi bo‘yicha yo‘nalish oladigan bo‘lsak, uni
institutsional boshqarishning uchta asosiy modelini: Yevropa, Amerika va Xitoy
modelini ajratish mumkin.
Yevropa modeli elektron tijorat sub’ektlarini va ular amalga oshirayotgan bitimlarni
total reglamentga solishni va ro‘yxatga olishni ko‘zda tutadi. Bu kabi faoliyatning
misoli sifatida yetakchi Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya va Shveysariya)
tomonidan soliq organlarida ro‘yxatda turuvchi halol sotuvchilarning umumochiq
reyestrining yuritilishini keltirish mumkin. Tovarlar taklif etilgan saytlarda
107
sotuvchilar o‘zlarining davlat ro‘yxatidan o‘tganda olgan identifikatsion raqamlarini
ko‘rsatishlari shart.7
Bunda Yevropa modeli o‘zini oqlaydi, deb hisoblash mumkin emas, chunki,
masalan C2C sohasida Yevropa savdo infratuzilmasi institutsional cheklashlar tufayli
elektron tijorat bo‘yicha jahonda yetakchilik o‘rnini egallamaydi. Undan asosan
tashqi raqobatning cheklanishi hisobiga yirik an’anaviy tovar ishlab chiqaruvchilari
va chakan savdo tarmoqlari yutadilar.
Amerika modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |