Alisher navoiy nomli samarqand davlat unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti


 O'ZBEKISTONDA YENGIL ATLETIKANING



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana14.01.2022
Hajmi1,13 Mb.
#362857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ozbekistonda yengil atletika sport turning rivojlanish taraqqiyoti (1)

1.1 O'ZBEKISTONDA YENGIL ATLETIKANING 

RIVOJLANISH 

TARIXI 

1900  yillarda  Turkistonda  yengil  atletika  alohida  sport  turi  bo’lib 

ajralib chiqmagan edi. harbiy armiyada jismoniy tarbiya sifatida qo’llanilar 

edi. 


1910 

yillar 


oxirida  Toshkent  va  Farg’onada  yengil  atletika 

tugaraklarida,  ota-onasining  oldiga  ta'tilga  kelgan  Petirburglik,  Xarkovlik, 

Moskvalik 

talabalar, 

havaskor 

yuguruvchilar, 

sakrovchilar 

va 


uloqtiruvchilar  boshqa  shaharlardan  keldilar.  1916  yilda  Farg’onaga 

Rossiyalik  taniqli  yuguruvchi  Lev  L’vovich  Barkash  keldi.  U  havaskor 

yengil  atletikachilar  bilan  hamkorlikda  Marg’ilon  soy  atrofida  (280  m) 

yengil  atletika  maydonini  jihozlashga  kirishib,  u  maydonning  chetini 

velopoygachilar va langarcho’p bilan sakrash uchun maydon tashkil qilindi. 

1919 yilda Turkiston Respublikasi xalq ta'limi qoshida sport kollegiyasi 

tuzilib.  musobaqalami  maydonlarda  tashkil  qilish  va  o’tkazish  masalalari 

bilan shug’ullana boshladilar. 

1920-21  yillarga  kelib  15  ta  xarbiy-sport  klublari  va  Farg’onada, 



Toshkenda,  Samarqandda  va  boshqa  shaharlarda  40  ta  sport  maydonlari 

qurildi.  1920  yilda  Toshkentda  birinchi  o’rta  Osiyo  Olimpiadasi  (futbol, 

yengil  atletika,  shaxmat  va  boshqa  milliy  sport  turlari  bo’yicha)  bo’lib 

o’tdi.  Yengil  atletika  sporti  bo’yicha  farg’onalik  sportchilar  yaxshi 

qatnashdilar.  Yengil  atletikaning  12  turi  kirgizilib,  bundan  8  tasida 

Farg’onaliklar  birinchilikni  qo’lga  kiritdilar  (G.  Bernandskiy,  D. 

Lodashevich, 

aka-uka 


Burmakinlar). 

estafetali 

(8-100) 

yugurishda 

Farg’onalik  yengil  atletikachilar  1-o’rinni  oldilar.  1924  yilda  Toshkentda 

birinchi  bor  o’rindiqli  (Kraevoy)  stadion  (Pishevik  nomli)  ochildi.  Xozirgi 

kunda  bu  stadionning  o’rnida  suvda  suzish  saroyi  qurilgan.  Shu  yilning 

avgust  oyida  umum  Turkiston  jismoniy  madaniyat   bayrami  o’tkazildi.  9  ta 

sport  turi  bo’yicha  260  ta  sportchilar  Respublikamiz  viloyatlaridan 

qatnashdi. 

Birinchi o’zbekiston sportakiadasida 1927 yilda, 1928 yilda esa ikkinchi 

sportakiada  bo’lib  o’tdi.  1934  yil  5-12  sentyabr  Toshkent  shahrida  o’rta 

osiyo  respublikalarining  sportakiadasi  o’tkazildi.  Bunda  E.  Putilov  100,200 

m,  11,1s,  23,0s  va  400  m  40,6s.  Ayollarda  esa  100m  13,3s  va  balandlikka 

sakrash  bo’yicha  L.  Matemikova  g’olibni  qo’lga  kiritdi.  Yadro  va  nayza 

uloqtirish  bo’yicha  M.  Toporova  800  va  1500  m  -  V.  Texmestrenko,  5000, 

10000  m  V.  Bezmkov,  uch  xatlab  sakrash  N.  Bespokoynov.  Disk  uloqtirish 

bo’yicha  T.  Kuznikova,  uzunlikka  sakrash  bo’yicha  T.  Basharina,  800  m 

yugurish bo’yicha T. Baltarina. 

1943 


yilda  ikkinchi  o’rta  Osiyo  Qozoqiston  Respublikalari 

sportakiadasi  bo’lib  o’tdi.  800,  1500  m  Sadunin,  100  m  uzunlik  N. 

Bespokoynov,  ayollardan  L.  Kanaki  balandlikka  sakrash  140  sm  g’olib 

bo’ldi. 


1944  yilda  uchinchi  sportakiada  Toshkentda  o’tkazildi.  Bunda  11  ta 

turdan  erkaklar,  3  ta  turdan  ayollar  musobaqalashdi.  100-400  m  Kurillo, 

balandlik va uzunlik A. Barisov, nayza uloqtirish G. Kotsarov.  

1945  yilda  Toshkentdagi  «Sportak»  stadionida  sportakiada  o’tkazildi. 




150  ta  yengil  atletikachilar  qatnashib  yaxshi  natijalar  ko'rsatdi.  1946  yilda 

Respublika  rekordlari  ustuniga  N.  Sevryukova  (Barisova)-yadro  va 

beshkurash  buyicha  L.  Skatskaya-800  m.  F.  Xasanova  400,  800  m.  50-

yillarga  kelib  Mamatqul  Oltiboev  3  ta  masofa  (1500,  5000,  1000  m) 

bo’yicha o’zbekiston rekordini o’rnatdi. 

O’zbekiston  rekordchisi  Farida  Xasanova  5  ta  masofa  (400,  500,  800, 

1000, 1500 m) bo’yicha sport ustasi nomzodligini oldi. 

1956  yilda  Moskvada  birinchi  xalqlar  sportakiadasida  o’zbekistonlik 

sportchilar 9-o’rinni oldilar. 

1958  yil  Toshkentlik  Igor  Monastirskiy  umum  ittifoq  musobaqasida 

(Sochi)  100  m  10,  4  s  ko’rsatdi.  U  O’zbekiston  rekordini  0,  2  sekundga 

yangiladi. 

1960-70  yillarga  kelib  Ashur  Normurodov  (1967  yil)  3  km  lik  kross 

musobaqasida  chempionlikni  qo’lga  kiritdi.  Murabbiylardan  N.  M. 

Xaydarova  va  R.F.  Fozliakbarov.  Xozirgi  kungacha   5000  m  masofada  A. 

Normurodovning rekordi turubdi. 

Yengil  atletikaning  ayrim  turlari  (yugurish,  nayza  otish,  sak rash, 

to'siqlarosha 

yugurish 

va 


h.k.) 

bilan 


Movoraunnahrda 

qadimdan 

shug'ullanib  kelganlar.  Sarmish  tog'larida  eramizdan  avvalgi  qoldirilgan 

rasmlarda  yuguruvchi,  sakrovchi  va  nayza  uloqtiruvchilarning  tasvirlari 

buning isbotidir. 

Buyuk  mutafakkir  olim  Abu  Ali  ibn  Sino  bemorlarni  davolashda 

gimnastika,  suzish,  kurash  bilan  birga  tez  yurish,  yugurish,  sakrash,  nayza 

otish, tosh ko'tarish, mushtlashish mashqlaridan unumli foydalangan. 

Jahongir  sarkarda  Amir  Temur  esa  o'z  lashkarlarini  jismonan  baquvvat,  epchil 

va  chidamli  qilib  tarbiyalashda  yengil  atletika  —  past-baland  joylarda  yugurish 

(kross),  nayza  otish,  tosh  irg'itish,  to'siqlardan  sakrab  yugurish  mashqlaridan 

muntazam ravishda foydalangan. 

1916-  yilda  Farg'ona  shahriga  yugurish  bo'yicha  musobaqa  qatnashchisi 

Rossiyalik  Lev  Barxash  kelib,  yengil  atletika  ishqibozlari  to'garaklarini  tuzadi.  Ular 




bilan  birga  Marg'ilonsoy  (Mustaqillik  ko'chasi)  qirg'og'ida  velosiped  sporti  bo'yicha 

mashqlar  va  poyga  o'tkaziladigan  o'yingohni  qayta  qurib,  yugurish  uchun 

moslashtiradi  va  280  metrlik  yugurish  yo'lagi  qurdiradi  hatto  sakrash  uchun 

qo'ndoqlar ham o'rnatadi. 

O'sha paytlarda yengil atletika to'garaklariga oz odam, asosan, katta yoshdagilar 

qatnashganlar. Ular ham  bo'lsa, sport  ishqibozlari  jamiyatlari, xususiy  sport klublari 

va skautlar tashkilotlari a'zolari bo'lgan. Oktabr inqilobidan so'ng jismoniy tarbiya va 

sportning  ommaviy  rivojlanishiga  katta  e'tibor  berila  boshlandi.  Turkiston 

Respublikasi Xalq ta'limi komissariati qoshida 1919- yilda sport kollegiyasi tuziladi. 

Bu  kollegiya  umumiy  harbiy  ta'lim  bosh  boshqarmasi  tomonidan  maydonlarda 

namoyish  etiladigan  sport  chiqishlari  hamda  turli  musobaqalarni  tashkil  etish, 

shuningdek  o'quvchilar  bilan  o'tkaziladigan  jismoniy  tarbiya  mashg'ulotlariga 

rahbarlik qilgan. 

Sportning  boshqa  turlari  qatorida  yengil  atletika  bo'yicha  ham  uyushgan 

mashg'ulotlar  tashkil  etilgan.  1920-  yilning  oktabrida  Toshkentda  I  Turkiston 

Olimpiadasi o'tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shaxmat va sportning 

milliy turlari bo'yicha musobaqalar kiritilgan. 

Yengil  atletika  bo'yicha  o'tkazilgan  musobaqalarda  Farg'ona  shahri  jamoasi 

dasturga  kiritilgan  12  turning  8  tasida  ikki  marta  birinchi  o'rinni  egallashgan  (G. 

Bernadskiy,  D.  Dadoshevich,  aka-uka  Burmakinlar).  8x100  m  li  estafetada  ham 

Farg'ona jamoasi g'alaba qozongan. 

Jismoniy  madaniyat  va  sportni  yanada  rivojlantirishga  bo'lgan  talab  1921-yilda 

“Turkfront”ning  umumta'lim  boshqarmasi  qoshida  jismoniy  tarbiya  bo'yicha 

Markaziy kengash tuzishga sabab bo'ladi. 

O'tgan  asrning  20—30-  yillarida  Turkiston  hududida  malakali  mutaxassislarga 

bo'lgan  talab  kuchli  edi.  Shuning  uchun  ham  1921-yildan  boshlab  Turkfrontning 

umumta'lim  tizimida  uch  oylik  kurslar  ochilib,  jismoniy  ta'lim  muallimlarini 

tayyorlash  ishlari  amalga  oshirila  boshlandi.  1926-  yildan  kasaba  uyushmalari  ken-

gashi sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya yo'riqchi (instruktor)larini 

tayyorlashga kirishdilar. 




1922-  yilda  yengil  atletika  bo'yicha  Turkiston  Respublikasi  qo'lga  kiritgan 

yuqori  natijalarning 1-  jadvali  tuzildi. O'sha davrning  yetuk  yengil  atletikachilari  N. 

Ovsyannikov,  P.  Taranov,  Y.  Vali-shevlar  ishchi-dehqon  yoshlarni  yengil  atletika 

ishqibozlari to'ga-raklariga jalb qilish bo'yicha faol ish olib borganlar. 

1924-  yilning  may  oyida  Toshkent  shahrida  birinchi  o'yingoh  ochiladi.  Hozir 

uning  o'rnida  V.S.  Mitrofanov  nomli  suv  sporti  saroyi  barpo  etilgan.  Shu  yilning 

avgust  oyida  Umumturkiston  jismoniy  madaniyat  bayrami  o'tkazildi.  Sportning 

to'qqiz turi bo'yicha o'tkazilgan bu musobaqalarda respublika viloyatlaridan 260 nafar 

sportchi qatnashdi. 

1924-  yildan  boshlab  O'zbekistonning  yengil  atletika  bo'yicha  qo'lga  kiritgan 

g'alabalari rasman qayd etila boshlandi. 

Sobiq  O'zbekiston  Kompartiyasining  II  syezdi  Qarorlarini  bajara  borib, 

respublika  komsomoli  jismoniy  tarbiya  tashkilotlari  ustidan  otaliqni  o'z  zimmasiga 

oladi va yengil atletika mashg'u-lotlariga qishloq yoshlarini jalb qila boshlaydi. 

1926-  yilning  15-  iyulida  Toshkent  shahrining  eski  shahar  hududida  “Spartak” 

stadionining tantanali ochilishi boiib o'tdi. 

1927-  yilda  1-  umumo'zbek  Spartakiadasi,  1928-  yilda  ikkinchi  ana  shunday 

spartakiada o'tkazilib, u I Butunittifoq spartakiada-siga tayyorgarlik edi. 

1927-  yilda  Toshkentlik  harbiy  xizmatchi  Ovsyannikov  yugurish  bo'yicha 

to'siqlarosha  110  metr  masofani  17,0  sek.da  yugurib  o'tib,  balandlikka  sakrash 

bo'yicha 177 sm  masofani zabt etib birinchi o'rinni egallaydi. Nikolay o'zbek yengil 

atletikachilari  orasida  ikki  hatlash  bo'yicha  Sobiq  Ittifoq  rekordini  ham  o'rnatdi.  Bir 

yildan so'ng I Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyannikov shu masofani 16,2 s. da, 

keyin 16,1 s. da yugurib o'tdi. Biroq bu marra o'sha paytdagi tartibga binoan rekord 

sifatida qayd etilmagan. Chunki, sportchi yugurish chog'ida ikki to'siqni yiqitib o'tgan 

edi. 


Keyinchalik  Leningradda  (hozirgi  Sank-Peterburg)  1928-  yilda  o'tkazilgan  I 

Butinittifoq  spartakiadasida o'zbek  yengil atletikachilari ham  ishtirok  etishdi. Bunda 

N.  Ovsyannikov  110  metrga (16,2 s)  yugurishda, Y.  Dunayev  balandlikka  (175 sm) 

va  uch  hatlab  sakrash  (12  m  75  sm)  bo'yicha  ikkinchi  o'rinni,  A.  Tikunova  lappak 




otish bo'yicha (25 m 33 sm) ikkinchi o'rinni, Z.L. Rikova ayollar orasida langarcho'p 

bilan sakrashda ikkinchi o'rinni egallashdi. 

O'ttizinchi yillar jismoniy tarbiya harakatlari rivojlanishida olg'a siljishlar davri 

bo'ldi.  O'zbekiston  yengil  atletikachilari  safi  GTO  (Mehnat  va  Mudofaaga  tayyor 

bo'l)  normativlarini  topshiruvchilar  hisobiga  kengaydi.  1932-  yil  Respublikada 

jismoniy tarbiya harakatini rivojlantirish va uning moddiy bazasini mustahkamlashga 

qaratilgan  qaror  qabul  qilindi.  Bu  sobiq  Ittifoq  birinchiligi,  Kasaba  uyushmalari 

spartakiadalari  va  boshqa  musobaqalarda  o'zbek  sportchilarining,  jumladan,  yengil 

atletika-chilarning  muvaffaqiyatli  chiqishlariga  asos  bo'ldi.  Ushbu  mas'uliyatli 

musobaqalarda  o'zbek  yengil  atletikachilaridan  M.  Toporova,  Y.  Dunayev,  L. 

Shaternikova, A. Borisovlar sov-rindor bo'lishdi. 1934- yili M. Toporova nayza otish 

bo'yicha sobiq Ittifoq rekordini o'rnatib, mamlakat chempioni bo'ldi. 

1934-  yildan  boshlab  o'zbek  yengil  atletikachilari  O'rta  Osiyo  va  Qozog'iston 

Respublikalari  yengil  atletikachilari  bilan  uchra-shuvlar  o'tkaza  boshladilar.  Ana 

shunday  birinchi  musobaqa  1934-yilning  5—12-  sentabrida  bo'lib  o'tdi.  Erkaklar 

musobaqasining  16  turidan  o'ntasida  o'zbek  sportchilari  g'alabani  qo'lga  kiritdilar. 

E.Putsillo — 100, 200 va 400 metrga yugurish bo'yicha, V. Sex-mestrenko — 3000 

va  1500  metrga  yugurish  bo'yicha,  V.  Bezrukov,  500  va  10000  metrga  yugurish 

bo'yicha,  Y.  Dunayev  —  to'siqlarosha  100  metrga  yugurish  bo'yicha,  E.  Ryabushev 

balandlikka  sakrash  bo'yicha,  N.  Bespokoynov  uch  hatlab  sakrash  bo'yicha  zafar 

quchdilar. 

Ayollar  dasturi  bo'yicha  yetti  tur  o'tkazilib,  ularning  barchasida  o'zbek 

sportchilari  g'alabani  qo'lga  kiritadilar:  L.  Shaternikova  —  100  metrga  yugurish  va 

balandlikka  sakrash  bo'yicha,  M.  Toporova  —  yadro  irg'itish  va  nayza  otish;  T. 

Kuznetsova  —  lappak  otish,  T.  Basharina  —  uzunlikka  sakrash  va  800  metrga 

yugurish. 

O'zbek  sportchilarining  musobaqalarda  birinchi  o'rinlarni  egallashlarida  o'sha 

davr  sportining  yetuk  mutaxassislari  murabbiylar    N.  Ovsyannikov,  P.  Kravchenko, 

P. Klyauzu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari juda katta bo'lgan. 



1936 yilning sentabrida IV Umumo'zbek spartakiadasi o'tkazildi. Spartakiadada 

yengil  atletikachilar  o'rtasida  bo'lib  o'tgan  musobaqalarda  L.  Shaternikova,  V. 

Sexmestrenko,  M.  Toporova,  T.Beselnova,  L.Olixova,  A.Kotsarevlar  o'z  turlari 

bo'yicha O'zbekiston rekordini, shuningdek yengil atletikachilar 32 rekord o'rnatdilar. 

1937  yilda  Toshkent,  Samarqand,  Farg'ona,  Buxoro  va  Respublikaning  boshqa 

shaharlarida yengil atletika bo'limlari tashkil etilib, birinchi sport maktablari ochildi. 

Bu  xayrli  ish  tezda  o'z  mevasini  beradi.  1938-  yili  yengil  atletika  bo'yicha  sobiq 

Ittifoq birinchiligida o'zbekistonlik yosh yengil atletikachilar jamoasi ikkinchi o'rinni 

egallashdi. 


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish