O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND
FILIALI
“TELEKOMUNIKATSIYA AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA
“KASB TA’LIM” FAKULTETI
“TA’LIM PSIXOLOGIYASI”FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
Shayzaqov Sh.
Tekshirdi:
Musinov S.
№
(301-g)
Samarqand
2021
Mavzu
:
O‘quv faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Reja :
1.
Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida.
2.
O‘qituvchi-pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muomala madaniyati.
3.
Muloqot yohud muomala madaniyati haqida tushuncha.
4. Pedagogik muloqot – bo‘lajak yuksak malakali mutaxassis shaxsini shakllantirish
shartisifatida.
Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida. Muloqot (arabcha so‘z bo‘lib- “uchrashish,
ko‘rishish; qabul qilish maʼnosini anglatadi”) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va fikr
almashuv shaklining bir turi. Shunday yekan, inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba,
taʼlim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy meʼyorlar, g‘oya va mafkura omillari taʼsirida
yashab ijtimoiylashadi va barkamol shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy tajriba
va amaliy faoliyat shundan dalolat beradiki, insonni jamiyatdan va shaxslararo bo‘ladigan
o‘zaro muloqotidan ajratib qo‘yish uning shaxs sifatida shakllanishiga imkon beradigan
ijtimoiy sifat, xususiyat hamda fazilatlardan mahrum bo‘lishiga olib keladi. Chunki muloqot
inson amaliy faoliyatining moddiy-maʼnaviy shakllarini hamda uning yehtiyojlarini aks
yettiradi. “Hech kimga sir yemaski, deb yozgan edi polyak psixologi E.Meliburd,-
shaxslararo munosabat biz uchun nafas olayotgan havodek zarurdir”.Bu xususda fransuz
yozuvchisi Antuan de –Sent Yekzyuperining “Yagona haqiqiy boylik bu insonlar orasidagi
munosabat va muloqot boyligidir” degan fikrlari diqqatga sazovordir. Shu o‘rinda tarixga
bir nazar solib, buyuk yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu)ning muloqot madaniyatiga doir
ibratli sifatlarini yesga olsak yomon bo‘lmaydi. U Afinada maktab- Likey tashkil yetib, bu
maktabni 13 yil boshqargan.Aristotelning maktabi Likeydagi taʼlim uslubi va o‘quv
texnologiyasi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, taʼlim jarayonida ko‘p sonli tinglovchilar
orasida o‘zaro tenglik, bahs-munozara, yerkin fikr, o‘zaro hurmat hukm surgan. Yaʼni
muloqot madaniyati, muomala madaniyati, bahs-munozara yuritish madaniyati, muzokara
madaniyati, nihoyatda kuchli, nafis, yehtirosli bo‘lganligidan darak beradi. Shu maʼnoda
muloqot va muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyatidir. Chunki nutq va
unda ifodalangan so‘z ohangi kishiga taʼsir yetuvchi qudratli psixologik (ruhiy) kuchga
yega, u nafaqat so‘zning mazmuni, balki so‘zlovchining aytayotgan fikrini ifoda qilish
uslubi bilan ham uning taʼsir darajasi va qudrati yana-da ortishi mumkin. Masalan “Salom”
so‘zining turli ohangda ifodalanishining 10 dan ziyod shakli, yaʼni maʼnosi bor:
1.Salom! – “Keling” degan maʼnoda.
2. Salom! – “Xo‘sh, xizmat” degan maʼnoda.
3. Salom! – “Yana keldingmi?” degan maʼnoda.
4. Salo-o-m! – “Juda vaqtida kelding” degan maʼnoda.
5. Salom?! – “Men sizni tanimayapman” degan maʼnoda.
6. Salom!!! – “Gap tamom” degan maʼnoda.
7. Salom! – “Ha, ishing tushdimi!” degan maʼnoda.
8. Salom! – “Bir pas kutib turing” degan maʼnoda.
9. Salom! – “Vaqtim yo‘q, ketaver!” degan maʼnoda.
10. Salom! – “Mana ishim bitdi, gapir yendi” degan maʼnoda va hokazolar.
Shuningdek, “Ha” so‘zini ifodalashning 50 dan ortiq shakli bor bo‘lsa, “yo‘q” so‘zini
aytishning ham xuddi shunday ohangdagi maʼnosi mavjud, ammo bir, yaʼni bu so‘zni
yozishning faqat bir uslubi bor”Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik
qochirim yashiringan. Zotan, kishilar muloqotining asosida so‘z-fikr turar yekan, fikrni
bayon yetish ifodasi har bir kishining saviyasi, maʼnaviy dunyosi hamda madaniyatiga
bog‘liq. Falsafa, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarda keng qo‘llaniladigan miqdor,
sifat, meʼyor tushunchalari insoniy muloqot madaniyati uchun ham to‘la muofiq keladi,
binobarin , muomalada ham meʼyorni bilish zarur. Muhimi shundaki, muloqot jarayonida
kishilar o‘rtasida fikriy mushtaraklik, o‘zaro taʼsir hamda axborot almashinuvi yuzaga
kelishi bilan birga, ular ijtimoiy maʼnoda bir-biriga tarbiyaviy o‘zlashtirib olish mumkin
yemas. Buyuk mutafakkir Ahmad Donish taʼbiri bilan aytganda. Olamdagi jonli narsalarda
hayvoniy va shaytoniy sifatlar bor. Bu quvvatlar birlashtirilib «hosil bo‘lgan hamirdan bir
jonli narsa yaratilib, uning otini inson deb aytganlar, haqiqatdan, – deb davom yetadi
mutafakkir- inson ulug‘ olamdir» . Insonning fazilatlari hamda nuqsoni haqida u shunday
yozadi: «Agar sen tafakkur daryosiga cho‘msang, yetti osmonni xayoling qutichasiga
joylaysan: agar qahri g‘azabing kelsa, yo‘lbarsni mushukdek ham ko‘rmaysan, agar
mehribonliging tutar yekan, bechora chumolini kipriging ustida saqlaysan; agar sahiyliging
jilva qilsa, kiygan to‘ningni muhtojga berib, o‘zing yalang‘och qolasan; agar baxilliging
tutsa, qumursqa og‘zidagi donni talashasan»2.2. Muloqot yohud muomala madaniyati
haqida tushuncha. Muomala madaniyati. Kundalik faoliyatimizda kishilar bilan bo‘lgan
muloqot, suhbat hamda muzokaralarda haqiqatni anglatadiga yagona tushuncha bu
mantiqiylik deb hisoblanib, barcha xatti-harakatlarimizni mantiqiylik va mantiqsizlik degan
tushuncha bilan baholashga o‘rganib qolgan edik.Shu o‘rinda ibratli bir rivoyatni yeslash
o‘rinli: «Iskandardan so‘rabdilar: «Ozgina sarmoya va oz sonli askar bilan bunday ko‘p
mamlakatni qanday hislat bilan qo‘lga kiritding?» Iskandar: «Lutf va yumshoq muomala
bilan dushmanlarni qo‘lga kiritim. Ahd-paymon yo‘li bilan do‘stlarni yo‘lga soldim, shu
jihatdan ko‘p mamlakatni yegalladim», deb javob berdi.Mustaqillik davriga kelib yesa
pedagoglar va psixologlarning konsepsiyasi asosida muloqot madaniyaining o‘ziga xos
tomoniga daxldor bu tasavvurlar o‘zgarib ketdi. Ularning ko‘rsatishicha, insonning xulq
madaniyati ikki kuch-tafakkur va hissiyot, aql va qalb o‘rtasidagi musobaqa natijasi yemas,
balki, bu ikki kuchning qo‘shilishi hamda unga taʼsir qiluvchi tajriba (jismoniy va madaniy)
muhit kabi ko‘plab omillar asosida shakllanadi.
Zero, kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go‘zallik,
so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik “Muosharat odobi” deyiladi. Mushorat odobi, yaʼni ilk
muomala madaniyati bolaning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllanadi. Shu bois
ham xalqimiz “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deb bejiz aytmagan. Bola taʼlim
muassasasida, ulg‘aygach yesa, ijtimoiy muhitda va jamoada ko‘nikma hosil qilish
jarayonida oilasida o‘rgangan muosharat odobining kuch-qudratida yosh avlodda muosharat
odobini, yaʼni muomala madaniyatini shakllantirishda o‘qituvchi-pedagogning o‘zi
xushmuomalaligini namoish yetib, o‘quvchi-talabalar qalbiga va yo‘l topa olishi,
mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga
yegadir. Muomala va munosabatda o‘quvchi-talabalar qalbiga yo‘l topaolgan, xushfeʼl,
shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi yaxshi, tili shirin o‘qituvchi-pedagog va
tarbiyachilarni dildan yoqtirishadi va hurmat-eʼtibor qilishadi, ulardan ibrat ham
olishadi.Shunday yekan, insonning tili shirin, muomala madaniyati yuksak yega bo‘lsa u
qisqa vaqt ichida xalq orasida katta obro‘-eʼtibor topadi.Darhaqiqat, o‘qituvchi-pedagog va
tarbiyachilarning muomala madaniyati, aql-zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy
saviyasi, tafakkuri maʼlum darajada so‘zda ifoda yetiladi. Muomala madaniyatida so‘z
aqldan kuch, tildan ixtiyoroladi. Shunday yekan o‘qituvchi-pedagog va murabbiylar o‘z
so‘ziga, tiliga nihoyatda yehtiyot bo‘lmog‘ilozim. Yeng avvalo, o‘quvchi-talabalarga
muomala madaniyatini, yoshi kattalar oldida o‘zini tuta bilishini, ularning gapini bo‘lmaslik
va yoshi ulug‘larga gap qaytarmaslikni o‘rgatishi zarur.Shunday qilib, bizning kelajagimiz
bo‘lgan yoshlarning butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va so‘zlashuv
munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo yetadi. Shu bois
o‘quvchi-talabalar feʼl-atvorini o‘zgartirish, ularni bir-biriga, qolaversa insonlarga mehru-
muruvvatli bo‘lishga o‘rgatish diniy aqidaparastlik, jaholat tomir otayotgan hozirgi davr
uchun jamiyatni insonparvarlashtirish yeng muhim dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Aslida
bu vazifa inson va jamiyat paydo bo‘lgandan buyon kun tartibida turgan bo‘lib, hali-hanuz
muloqot va muomala madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy yehtiyoj sifatida o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan. Atoqli adib Bernard Shou so‘zlari bilan aytganda: “Biz hozir
havoda qush kabi uchishni, suvda baliq kabi suzishni o‘rganib olgan bo‘lsak-da, bizga bir
narsa, yerda insondek yashashni o‘rganib olish yetishmaydi”.Shunga ko‘ra, muloqot va
muomala madaniyatiga bo‘lgan yehtiyojni oqilona anglab olish muhim ahamiyatga yega.
Zero, pedagogik muloqot va muomala madaniyati asosida yerishiladigan yutuqlar
o‘qituvchi-pedagogning ijodiy mehnati mahsulidir. Xullas, o‘qituvchi-pedagog har bir
vaziyatni oqilona baholashi, uni to‘g‘ri rejalashtirishi, taʼlim va tarbiya jarayonlarida aql-
idrok bilan muloqot va muomala madaniyatini tashkil yetishi lozim.tarbiyalanuvchilarda
shaxslararo insonparvar-axloqiy muloqotni tarbiyalashMuloqot –- bu bir vaqtda boshqa
insonlar bilan harakatlar, fikrlar, sezgilar, hayajonlar almashish hamda insonning o‘z
qalbiga, xotiralariga, vijdoniga, orzulariga murojaat yetishidir1.Muloqot – ijtimoiy-faol,
individual-ijodiy, amaliy-predmetli faoliyatdir. Muloqotda asosiysibirdamlik, do‘stonalik,
bag‘rikenglik, fidokorlik hisoblanadi.
Muloqot – bu «Shaxsning yeng yaxshi tomonlarini aniqlash va ochib berishga yordam
beruvchi ijodkorlik shaklidir. U boshqa insonning qadr-qimmatini hurmat qilish, insoniyat
tomonidan ishlab chiqilgan axloq, odatlarning oddiy qoidalariga amal qilishga
asoslanishini» yesda saqlash zarur.Muloqotning nazariy asoslarini L.S.Vigoskiy,
V.N.Leontev, M.G.Davleshin, E.G‘oziyev,Sh.K.Mardonovlar o‘rganganlar, ushbu
tushunchaning faoliyatdagi mantiqiy-metodologik izohlarini ishlab chiqqanlar. Amerikalik
olimlar madaniyatlararo muloqotlar imkoniyatlarini o‘rganishgan. Bu tadqiqotlar bizuchun
maʼlum ahamiyatga yega bo‘lib, ayniqsa, turli yoshdagi, ijtimoiy va yetnik guruh
vakillarining birgalikdagi faoliyatlari, o‘zaro aloqalari hamda muloqotlarini ko‘zda tutuvchi
kommunikativ vaziyatlarda idrok yetish tuzilmalarining shakllanishi hamda rivojlanishi
muammosi qiziqarlidir.Shuningdek, L.A.Radzixovskiy, A.V.Brushlinskiy, A.N.Xaritonov
va boshqa olimlar muloqotda (so‘zlashuv)ning o‘rni muhimligini alohida ko‘rsatib
berganlar. Ular fikrlashning rivojlanishini o‘qitishning faol dialogik metodlari, idrok yetish
va ijtimoiy rivojlanishini boshqarish orqali o‘rganganlar. Shaxslararo muloqot
funksiyalarini amalga oshirish-muloqot subyektining maʼnaviy axloqiy ko‘rsatmalari,
shuningdek, insonparvarlik, yemotsional-ijobiy, shaxsiy yondashuv, individuallik va o‘ziga
xoslik kabi yo‘nalishlari bilan belgilanadi.Muloqot funksiyasi faqat muloqot
subyektlarining maʼnaviy-axloqiy yo‘nalishigina yemas, balkiko‘p jihatdan, uning
insonparvar-axloqiy mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Muloqotning shakli, lahzali, tasodifiy,
tematik rejalashtirilgan – bayon yetish, axborot, xabar, suhbat, suhbatlashish, gaplashish,
munozara kabilardan iborat. Eʼtibor berish, qiziqish, maʼqullash,
hamdardlik, istiqbolni
ko‘ra bilish yordamida taʼsir ko‘rsatish, tushunilgan va anglab yetilgan motivatsiya
asosidagi faoliyat kabilar muloqot turiga kirib, masalani hal yetishga yo‘naltirish,
yemotsional muhit yaratish, rag‘batlantirish, yo‘naltirish bilan hamkorlikdagi harakatlar
yakunini yasashga yo‘naltirish, shuningdek, muloqotning samaraliligi, uning mavzusiga
ijobiy motivatsiyasi, eʼtibori, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Motivatsiya muloqot jarayonining
boshqaruvchisi sifatida maʼno, onglilik, ishonch va qatʼiylikni talab qiladi.
Muloqotning maʼnoli jihatlariga uning maqsad hamda umumiylikka yerishishda
o‘zindividualligini ko‘rsatishi, shuningdek, muloqotning turli funksiyalaridan foydalanish –
qo‘zg‘atuvchi, yekspressiv, tashkiliy, informativ, yemotsiyali, dalilga asoslanganligi va
boshqalarni kiritish mumkin. Shaxslararo yuzma-yuz muloqotlarda individning potensial-
shaxsiy, kasbiy-yehtiyojli hamda amaliy-idrok yetish jaraëni sodir bo‘ladi. “Muloqot va
faoliyat” tushunchasiga ijtimoiy faollikning o‘ziga xos shakli va ayni bir vaqtda individual
mustaqillik sifatida qaraladi. Bu yerda muammoni qo‘yish, uning maqsadi, vazifasi,
masalalari, muloqot vaziyat-sharoit, muhit omillari, yelementlari, muloqot subyektiga talab
(bir so‘z bilan aytganda, bu faoliyat subyekti bilan shaxslararo muloqotni modellashtirish)
muhim hisoblanadi. Bu jarayonda boshqa insonning qadr-qimmatini hurmat qilish,
insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan odob, axloq, yetiket bo‘yicha oddiy qoidalarga amal
qilish zarur. Shu bilan birga, yemotsional-ijobiy omil, simpatiya, yempatiya muhim o‘rin
tutadi. So‘z, nutq, hikoya qilib berish, xabardor qilish, gapirish, suhbatni olib borishni bilish
(sherigiga eʼtibor, diqqat, tushunish va hurmat bilan qarash, so‘zsiz-yemotsional tipdan
mohirona foydalanish) muhim ahamiyatga yega. Muloqot, albatta, maʼnaviy, insonparvarlik
hamda yuksak odoblilik darajasida bo‘lishi kerak, asosiysi-shaxslararo muloqotda o‘zini
suhbatdoshi o‘rniga qo‘yishni bilishi zarur. Shaxslararo muloqot-o‘zaro aloqali, o‘zaro bir-
birini tushunish, idrok yetish, axborot almashish, o‘rgatish, rivojlantirish, tarbiyalash, o‘zini
namoyon yetish, o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini tasdiqlash, ijtimoiy o‘zaro aloqalar orqali
taʼsir ko‘rsatish xususiyatlariga yega. Insonparvarlik (lotincha humfnis-insoniylik) –inson
o‘z huquqlari va qadr-qimmati, shaxs sifatidagi qimmatini hurmat qilishni ifoda yetuvchi
qarashlar to‘plami, uning farovonligi, har tomonlama rivojlanishi, hayoti uchun qulay
sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdir. Insonparvarlik-insonning oliy qadriyat
sifatida eʼtirof yetilishiga asoslangan qarashlar to‘plamidir. Shaxslararo muloqotni
insonparvarlashtirish jihati suhbatdosh-larning intellektual maʼnaviy
imkoniyatlarini
faollashtirish va shaxsiy-ijtimoiy o‘zligini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Mana shunday
muloqotda o‘quvchi-talabalar shaxsi shakllantiriladi, chunki bu jarayonda ularning ichki
imkoniyatlari, shaxsiy insonparvarligi to‘la namoën yetiladi. Bu yerda bo‘lajak
mutaxassislarni shaxs, inson va insoniylik sifatlari to‘g‘risidagi bilimlari va muloqot
madaniyati namoyon bo‘ladi.
Insonparvarlik asosidagi muloqot – bo‘lajak mutaxassislar uchun shaxsiy, ijtimoiy, hayotiy
va kasbiy faoliyatlarining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyalari va qadriyatlarini amalga
oshirishning muhim shart-sharoitlari hisoblanadi. Bu davlat taʼlim siyosati hamda “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy qoidalariga mos keladi.Muloqotning insonparvarlik
jihatlari maʼnaviy-amaliy asosga –axloqiylikka asoslanadi. Inson ijtimoiy hayoti jarayonida
ishlab chiqilgan (avlodlar hayotiy tajribalari asosida) va axloqiy kategoriyalarda aks
yettirilgan g‘oyalar, ideallar, qoidalar – meʼyoriy axloqiylikka asoslanadi. Shaxslararo
muloqotni insonparvarlashtirish quyidagi qoidalarga asoslanadi:- muloqotda asosiysi-
insondir; muloqotda asosiysi-insonparvarlarcha muloqotda bo‘lish – do‘s-tonalilik,
samimiylik, inoqlik,totuvlikdir. Ushbu muloqotda suhbatdosh o‘zini obyekt sifatida yemas,
balki muloqotda teng ishtirokchisifatida his yetadigan yo‘l, vosita, metod hamda shakllarini
topishi zarur. Shunday qilib, muloqot jarayoni yerkin, tabiiy, qiziqarli, bir-birini boyituvchi,
bir-biriga taʼsirko‘rsatuvchi, o‘zini namoyon yetuvchi bo‘lishi kerak. Quyidagilar
insonparvarlik asosiga quriladi: suhbatdoshi (sherigi) shaxsiga eʼtibor, do‘stona suhbat,
muloqot sharoitlariga mos, suhbatning ritorikjihati ko‘zda tutiladi. Suhbatlashuvchi odob,
axloq, maʼnaviy sifatlarini namoyon yetadi, suhbatdoshida kerakli sezgilarni uyg‘otib,
istalgan fikr va mulohazalarni yuzaga keltiradi. Shyerigiga maqsadli taʼsir ko‘rsatish uchun
muloqot subyekt-obyekt xususiyatida, insonparvarlashtirilgan mazmunda mahsuldor-ijodiy
asosda amalga oshiriladi. Muloqotda insorparvarlik – bu suhbatdoshiga o‘zaro aloqa obyekti
sifati yemas,balki o‘zini namoyon yetuvchi obyekt sifatida qarashdir. 4. O‘qituvchi-
pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muomala madaniyati Hozirgi kunda
o‘sib kelayotgan yosh avlodning aql-idrokini o‘stirish, ilmu maʼrifat ziyosidan bahramand
qilish uchun o‘qituvchi-pedagogning bilim saviyasi, kasbiy mahorati va muomala
madaniyatyuksak bo‘lishi hayotiy yehtiyojdir. Ayniqsa, pedagog-ustoz bo‘lish uchun
pedagogik faoliyatda tarbiyalanuvchilarga pedagogic tashxis qo‘ya bilish qobiliyati muhim
rol o‘ynaydi. Taʼlim-tarbiyani aniq maqsadlar asosida amalga oshirish o‘quvchi-
talabalarning holati, aqliy va jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash hamda ularga amaliy
jihatdan ko‘mak berish kabi bir qator pedagogik talablarga rioya qilishni taqozo yetadi.
Tashxis har bir o‘quvchi-talabaning ichki va tashqi qiyofasini aniqlash, taʼlim-tarbiyaning
zamon talablariga mosligini eʼtiborga olish o‘quvchi-talabalarning har tomonlama
rivojlanishiga taʼlim-tarbiya metodlari samarasini belgilab olish, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni amaliëtga tatbiq yetish va o‘quvchi-talaba shaxsi qobiliyatining rivojlanish
darajasini, meʼyor-larini aniqlash imkonini beradi. O‘qituvchi-pedagog jamoa bilan
o‘quvchi-talabalar guruhlari, ayrim ayrim gaplasha olishi kerak. U darsni samarali olib
borish uchun gapirishni bilishi, suhbat, maʼruza, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi,
umuman, butun taʼlimtarbiya jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ya
olishi lozim. O‘quvchi –talabalar jamoasi bilan muomala ko‘pincha suhbat, maʼruza,
axborot va hokazolar shaklida bo‘ladi. Birinchi navbatda, suhbatni qanday boshlash, qanday
qilib o‘qituvchining gaplariga o‘quvchi-talabalarning diqqatini tortish, ularni qiziqtirish
mumkinligi haqida quyidagi fikrlarni bildiramiz. Mavzuga o‘quvchi-talabalar diqqatini
tortishga urinib ko‘rish lozim. Bunda mavzuni bayon yetishni yerkin, qiziqarli faktni
maʼlum qilishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Keyin uni tushuntirish va tahlil
qilish yesa muomalaning mazmunini tashkil yetadi. Suhbat o‘quvchi-talabalarda doimiy
qiziqish uyg‘otishi uchun bir qator murakkab bo‘lmagan usullardan foydalanish zarur. Yeng
muhim so‘zlar va iboralarni intonatsiya bilan ajratib ko‘rsatish va aksincha, intonatsiyani
o‘zgartirish, unchalik muhim bo‘lmagan materialni bayon qilish kerak, ovoz va nutq
ohangini o‘zgartirish foydalidir.Hamkorlik muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘qituvchi-
pedagog maʼlum yo‘l-yo‘riqlarga yega bo‘lishi, o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikni
muayyan natijaga yerishishning zarur sharti deb bilishi, hamkorlikka barcha o‘quvchi-
talabalarning jalb yetilishi, hamkorlik jarayoniga o‘zining hissiy jalb qilinganligi zarur
yekanligini anglab yetishi lozim.Agar o‘quvchi-talabalarning faoliyati jamoa faoliyati
sifatida tashkil yetilsagina o‘qituvchipedagogning o‘quvchi-talabalar bilan hamkorligi
paydo bo‘ladi, yaʼni hamkorlik qilishni talab yetadi va buning uchun shart-sharoit yaratadi.
Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil yetilishi lozim bo‘lgan ishlar uchun
dolzarb bo‘lishi yoki o‘quvchi-talabalarning xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘quvchi-
talabalarni biror faoliyat sohasiga, biror aniq ishga jalb yetar yekan, o‘qituvchi- pedagog
ularga psixologik va pedagogic jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yaʼni to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq
berishi kerak.O‘quvchi-talabalar belgilangan narsani amalga oshirishga kirishgan-larida
o‘qituvchi-pedagog ayni bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham kuzatuvchi, ham
maslahatchi vazifasini bajaradi.Muomala bilish jarayonidir. Bilish o‘quvchi-talabalarning
miqdorlar tizimini o‘zlashtirish va hosil qilish tarzida namoyon bo‘ladi. U o‘quvchi-
talabalarga olamni va unda o‘zini tushunish imkonini beradi. Bilish faoliyati va uning
jarayonidagi muomala o‘quvchi-talabalarga o‘zlarining bilishga doir qiziqishlari va
mayllariga to‘garak mashg‘ulotlarida, ilmiy jamiyatlarda, olimpiada va tanlovlarda
ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Muomala har qanday axborotni idrok yetishga va
ularning o‘quvchi-talabalar tomonidan talqin qilinishiga ham taʼsir o‘tkazadi. O‘quvchi-
talabalarning muomalasini tashkil yetish pedagogik taʼsir ko‘rsatishning shunday guruhiga
kiradiki, u faqat alohida bir o‘quvchi-talabaga qaratilib qolmasdan, balki o‘quvchi -
talabalarning muayyan birligiga-taʼlim muassasasi jamoasidan tortib o‘rtoqlari guruhiga
ham mo‘ljallangan. Shu munosabat jarayonining mazmuni o‘quvchi-talabalar jamoasining
mazmuni asosiga aylanadi. Jamoada muomalani tashkil yetish butun taʼlim-tarbiya
jarayonidan va jamoaning butun faoliyatini tashkil yetishdan ajralib qolgan qandaydir bir
narsa yemas.Taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligining yeng muhim sharoitlaridan biri – bu
jarayonning o‘quvchi-talabalar muomalasi uchun maʼlum darajada imkon yaratib berishdir.
Taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya ishining butun mazmuni amalda o‘quvchi-talabalar
muomalasi mazmunining asosi hisoblanadi. Biroq o‘qituvchi-pedagoglar har bir o‘quvchi-
talabani o‘z subyektiv vaziyatiga qo‘yish uchun taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil
yetganlaridagina bu imkoniyatni faollashtirish sodir bo‘ladi. Bir qator shart-sharoitlar
mavjud bo‘lganda, o‘quvchi-talaba jamoa faoliyatining subyektiga aylanadi. Bu shart-
sharoitlarning yeng muhimligiga to‘xtalib o‘tamiz.Birinchidan, jamoaning faoliyati o‘z
mazmuniga ko‘ra xilma-xil bo‘lsa, ikkinchidan, bu faoliyatni o‘qituvchi-pedagoglar
boshqarib borishi lozim. Uchinchidan, o‘quvchi-talabalar jamoasida tashkil yetiladigan
faoliyat, ularning ijodkorligiga katta imkoniyatlar yaratib bersa, to‘rtinchidan, bu faoliyat
o‘quvchi-talabalar jamoasini uyushtrishining xilma-xil shakl-larini birga qo‘shib olib
borishi lozim.O‘quvchi-talabalarning jamoa topshiriqlarini bajarishlarining boshqa shaxslar
– yuqori sinf o‘quvchilari ëki yuqori kursdagi talabalar o‘z jinsidagi va boshqa jinsdagi
tengdoshlari bilan aniq maqsadga qaratilgan muomalasini taqozo yetadi. Katta yoshdagi
o‘smir jamoat topshirig‘ini bajarar yekan, ko‘pincha faoliyatning tashkilotchisi maqeida
bo‘ladi. Uning oldida birgalikda bajariladigan ishga o‘rtoqlarini jalb yetish zarurati bo‘ladi.
Xilma-xil pedagogik vazifalar doimo vujudga kelib turadigan pedagogik faoliyatda hal
qilishning mazkur tarkibiy qismi alohida ahamiyat kasb yetadi. Chunki u biror faktga
pedagogik faoliyatning umumiy materiallariga baho berish imkonini beradi. Tasavvur
qiling: siz darsda savol berdngiz va o‘quvchi –talabalar qo‘l ko‘tardilar. Yendi kimdandir
so‘rash kerak. Vazifami? Ha, ancha oddiy bo‘lib tuyuladi. Ko‘pdan beri hech kimdan
so‘ramagan bo‘lsa, shuni turg‘azaman deb o‘ylaysiz yoki vaqt oz, Jamshiddan yoki
Anvardan so‘rayman ularning ikkalasi ham har gal to‘g‘ri javob beradi deysiz. Tarbiyaviy
jarayonni yoki alohida tarbiyalovchi taʼsirni rejalashtirish faqat pedagogik taʼsir
ko‘rsatishning shakllari, usullari va yo‘llarini aniqlashdangina iborat bo‘lmay, balki
pedagogik muomala tizimini, albatta, aniqlashni ham bildiradi.
Xulosa :
Men bu mavzudan shuni tushun dimki, inson hayotida momila madaniyati juda
kerakli ekan. Inson bor ekan suxbat dosh kerak bo’ladi, ta’lim soxasidami , yoki
ish soxasidami , ko’chadami …… voxakazolar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
https://eurodomik.ru/uz/postrojjki/referat-osobennosti-
mezhlichnostnyh-konfliktov-vidy-
mezhlichnostnyh.htmlhttp://library.navoiy-uni.uz
https://hozir.org/umumiy-psixologiya-v3.html?page=12
Do'stlaringiz bilan baham: |