Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

13 - Ma’ruza  
Dori vositalarining bioekvivalentligi: asosiy tushunchalar, tadqiqot ob’ektlari, aniqlash 
usullari 
Reja: 
1. In vitro va in vivo tajribalari orasidagi umumiylik 
2. Korellyasion koeffitsientni aniqlashdan maqsad 
3. Korellyasion koeffitsientni hisoblash va tahlil qilish 
 
 
Asosiy matn 
Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasi  aholisini  yuqori  samarador,  turg‘un  va  arzon  dori-
darmon  bilan  ta’minlash,  farmatsevtik  texnologiyaning  ustuvor  vazifalaridan  hisoblanadi. 
Hozirgi  kunda  Respublikamizda  ishlab  chiqarilayotgan  dori-darmon,  aholi  extiyojini  10%ni 
qondira  oladi  xolos.  Bundan  ko‘rinadiki,  aholi  uchun  zarur  bo‘lgan  dori  vositalarining  asosiy 
qismi  xorijiy  davlatlardan  valyuta  hisobiga  keltirilmoqda.  Bu  esa,  dorining  tannarhiga  salbiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Markaziy 
Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi  yarmidan boshlab, ekologik muvozanatning buzila 
boshlashi,  qolaversa  Orol  fojeasi,  qishloq  xo‘jaligining  turli  sohalarida,  uzoq  yillar  davomida 
zaharli, kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin ko‘payishiga olib 
keldi. Xususan qandli diabet, allergiya, bo‘qoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan 
kasallangan  bemorlarning  soni  ko‘payib,  dori  darmonga  bo‘lgan  ehtiyoj  yil  sayin  oshib  ketdi. 
Respublikada dori ta’minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy 
tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo‘naltirish, dorishunos, farmakolog va 
kimyogarlarning  o‘zaro  hamkorligini  kengaytirishdir.  Bu  muammoni  hal  qilishning  yana  bir 
yo‘li, mahalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib,  yangi dori turlarini  yaratish va amaliyotga 
tatbiq  etishdir.  O‘zbekiston  Markaziy  Osiyo  davlatlari  orasida  dorivor  giyohlarga  boy  mintaqa 
hisoblanadi.  Bu  giyohlar  zaxirasini  asrab  avaylagan  holda  foydalanish,  ulardan  biofaol 
moddalarni  ajratib  olib  o‘rganish  va  amaliyotga  tatbiq  qilish  mutaxassislar  oldida  turgan  jiddiy 
masalalardan  hisoblanadi.  Shulardan  kelib  chiqqan  holda  mahalliy  dorivor  o‘simlik  xom 
ashyolaridan  olingan  quruq  ekstraktlar  va  sun’iy  usulda  olingan  biofaol  moddalardan  tabletka 
dori  turini  yaratish,  tayyor  mahsulotning  miqdoriy  tahlil  usulini  ishlab  chiqish,  ularni 
biofarmatsevtik 
nuqtai 
nazaridan 
baholash 
farmatsevtik 
texnologiyaning 
ustuvor 
yo‘nalishlaridandir. 
Biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning biosamaradorligini oshirish, shu bilan birga 
ularning  zaharliligini  va  qo‘shimcha  ta’sirini  kamaytirishdir.  Dorilarning  biosamaradorligiga 
fiziologik, biokimyoviy va farmatsevtik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biz uchun eng muhimi 
farmatsevtik  omillardir.  Ularga  dorishunos  bevosita  ta’sir  ko‘rsata  olishi  mumkin.  Hozirgi 
vaqtda  biofarmatsevtik  tadqiqotlar  bir  necha  yo‘nalishda  olib  boriladi.  Ular  farmatsevtik 
omillarning  ta’sirini,  dorilarning  so‘rilishini  va  harakatlanishini,  biotransformatsiyasini,  faol 
substansiyalarining  organizmda  taqsimlanishini  va  ajralib  chiqishini,  preparatlarni  biologik 


39 
 
o‘zlashtirish imkoniyatlarini va ularni aniqlash usullarini ishlab chiqishni, hamda preparatlarning 
farmakokinetikasini,  ya’ni  qonda  yoki  boshqa  suyuqliklardagi  miqdorini  aniqlash  usullarini 
o‘rganadi. 
 
“Farmatsevtik omillar”
 tushunchasi preparatlarni tayyorlashdagi barcha jarayonlarni o‘z 
ichiga olmasdan, faqat faol substansiyaning terapevtik faolligiga ta’siri aniqlangan omillarnigina 
o‘z ichiga oladi. Farmatsevtik omillar orasida yordamchi moddalar, ularning tabiati va miqdori, 
faol substansiyaga ko‘rsatadigan ta’sirining murakkabligi va muhimligi jihatidan qolgan barcha 
omillardan  ajralib  turadi.  Deyarli  barcha  preaparatlarning  tarkibida  yordamchi  moddalarning 
mavjudligi,  ularning  naqadar  muhimligidan  dalolatdir.  Yordamchi  moddalar  biofaol 
moddalarning  o‘ziga  xos  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u  bilan  doim  aloqada  bo‘ladi.  Preparatlarning 
qo‘llanilishida yordamchi moddalar faol substansiya – organizm tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Ular  faol  substansiya  ta’sirini  pasaytirishi,  susaytirishi  yoki  turli  sabablarga  ko‘ra  uni 
o‘zgartirishi  mumkin.  Masalan,  amfetaminning  tabletkasi,  draje,  granula,  suspenziya  yoki 
qiyomini  tayyorlashda  yordamchi  modda  sifatida  karboksimetilsellyuloza  qo‘llanilsa 
preparatning so‘rilishi butunlay yo‘qoladi. Shunday hodisani yordamchi modda sifatida tarkibiga 
jelatin qo‘shilgan sulfadimezin tabletkasida ham ko‘rish mumkin. 
 
Bularning  hammasi  yordamchi  modda  turi,  miqdori,  kiritish  usuli  faol  substansiyaning 
faollik darajasi va biosamaradorligiga ta’sir etishini ko‘rsatadi. Yordamchi moddalarning biofaol 
moddalar  so‘rilishiga  ta’siri  nafaqat  tabletkalarda,  shuningdek  turli  farmakologik  guruhlarga 
mansub faol substansiya saqlovchi shamcha, surtma va eritmalarda ham o‘rganilgan. 
 
Demak,  har  bir  faol  substansiya  uchun  ishlatiladigan  yordamchi  modda  biofarmatsevtik 
nuqtai nazaridan baholangan bo‘lmog‘i lozim. 
 
Biofaol  moddalarning  fizik-kimyoviy  xossalari  nafaqat  texnologik,  shuningdek 
biofarmatsevtik nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega. Masalan, sulfadimetoksin, digoksin 
va  atsetilsalitsil  kislota  kukuni  zarrachalarining  maydalanib  borishi  bilan,  ularning  shamcha  va 
tabletkalardan so‘rilish darajasi va tezligini oshirib boradi. Sulfadimezin kukunida esa  o‘lchami 
10 mkm dan kichik bo‘lmagan zarrachalarning mavjudligi uning so‘rilishiga salbiy ta’sir qiladi. 
 
Dori  turini  tayyorlashdagi  texnologik  jarayonlar  ham  dorilarning  turg‘unligi,  sifati  va 
biosamaradorligiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Nam  donadorlash  usuli  qo‘llanilganda  ayrim 
dorilar  faolligining  pasayishi  tajribalar  asosida  isbotlangan.  Masalan,  rauvolfiya  alkaloidini 
donadorlashda  spirt  va  suv  bilan  namlanganda  alkaloidni  miqdori  kamaygan.  Tritritsin  va 
neomitsinni  donadorlashda  NaKMS  eritmasi  ishlatilsa,  ularning  terapevtik  unumdorligi  ancha 
pasayadi  va  hakozo.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri  presslab  olingan  tabletkalardagi  faol  substansiyalarning 
so‘rilish  tezligi  ko‘pincha  donadorlash  orqali  olinganga  nisbatan  yuqori  ekanligi  amaliyotda 
tasdiqlangan. 
 
Shunday qilib, farmatsevtik omillarni o‘rganish amaliy ahamiyatga ega, chunki me’yoriy 
texnik  hujjat  va  adabiyotlarda  keltirilgan  tarkib  va  texnologiyaning  to‘g‘riligi,  biofarmatsevtik 
nuqtai  nazardan  baholanishi  keltirilmagan.  Ular  to‘liq  samara  bermay,  nobioekvivalentlikka 
sabab bo‘lishi mumkin.  
 
Tayyor  dori  turlarining  texnologiyasini  ishlab  chiqishda  biofarmatsevtik  tadqiqotlar 
alohida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  ma’lum  farmakologik  ta’sirga  ega  bo‘lgan  faol 
moddadan  u  yoki  bu  dori  turini  tayyorlashda  avvalam  bor  o‘zlarining  kimyoviy  jihatdan  kelib 
chiqishi  turlicha  bo‘lgan  yordamchi  moddalar  majmuasi  qo‘llaniladi.  Qolaversa,  texnologik 
jarayonlarni  amalga  oshirishda  “faol  modda  –  yordamchi  modda”  kompleksiga  turli  fizikaviy, 
fizik-kimyoviy  va  kimyoviy  omillar  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Bu  esa  o‘z  navbatida  ta’sir 
etuvchi  va  yordamchi  moddalar  o‘rtasida  muhit  pHining  o‘zgarishi,  fizikaviy  yoki  kimyoviy 
modifikatsiyalarga  o‘tishi,  kompleks  birikmalar  hosil  qilishi,  eruvchanlikni  o‘zgarishi,  sorbsiya 
hodisasi, shu jumladan adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya va boshqa hodisalar sababli yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan holatda tayyor dori turining terapevtik samaradorligini u yoki bu tarafga 
o‘zgartirishi mumkin.  
 
Yuqoridagilarni  inobatga  olgan  holda  o‘rganilayotgan  tabletka  dori  turlarining  ta’sir 
samaradorligini baholashda muhim o‘rin tutuvchi biofarmatsevtik tadqiqotlar amalga oshirildi. 


40 
 
 
Ma’lumki  tabletka  dori  turlarida  biofarmatsevtik  tadqiqotlar  2  xil  usulda:  in  vitro  va  in 
vivo tajribalarida amalga oshiriladi. 
 
In  vitro  tajribalari  bajarilishi  nuqtai  nazaridan  oddiy,  kam  xarajat  va  kam  vaqt  talab 
etadigan, ayni  vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi  to‘g‘risida  yetarlicha ma’lumot 
bera  oladigan  tajriba  usullaridan  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga  in  vitro  tajribalar  har  doim  ham 
dori vositasining tirik organizmdagi ta’sirini to‘laqonli ifodalamasligi mumkin. Shu sababli taklif 
etiladigan  in  vitro  usuli  in  vivo  sharoitida  olingan  tajribalar  natijalari  bilan  taqqoslanib,  ular 
o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab topiladi va bu bog‘liqlik ishonarli darajada bo‘lgan 
taqdirda  qo‘llanilgan  in  vitro  tajriba  usuli  keyinchalik  dori  vositasini  sifat  nazoratini  amalga 
oshirish uchun tavsiya etiladi. 
 
In  vivo  tajriba  usullari  laboratoriya  tajriba  hayvonlarida  yoki  o‘zi  istak  bildirgan 
odamlarda  olib  boriladi.  In  vivo  tajribalari  farmakokinetik  usul  –  qon,  boshqa  biologik 
suyuqliklar va alohida a’zolarga so‘rilib o‘tgan ta’sir etuvchi modda konsentratsiyasini o‘lchash 
bo‘yicha  yoki  farmakodinamik  usul  –  dori  vositasini  organizmga  so‘rilib  o‘tgandan  keyin 
namoyon  bo‘ladigan  ta’sir  kuchini  o‘rganish  bo‘yicha  amalga  oshirilishi  mumkin. 
Farmakokinetik  usullarda  tadqiqotlar  o‘tkazilganda  faol  modda  konsentratsiyasi  asosan 
kimyoviy  va  fizik  kimyoviy,  alohida  holatlarda  mikrobiologik,  biokimyoviy  va  biofizikaviy 
usullarda  amalga  oshiriladi.  Farmakodinamik  usullarda  esa  dori  vositasi  terapevtik 
samaradorligiga  baho  berish,  tirik  organizmning  dori  vositasi  ta’sirida  ma’lum  funksional 
holatidagi o‘zgarishlarni o‘lchash bo‘yicha amalga oshiriladi.  
 
Bugungi  kunda  nisbatan  qattiq,  dozalangan,  og‘iz  orqali  qabul  qilinadigan  dori 
vositalarini biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‘rganish uchun 200 ga yaqin 
usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. Shulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash 
bo‘yicha  taklif  etilgan  “Aylanuvchan  kajava”  usuli  qator  e’tirof  etilgan  xalqaro 
farmakopeyalarga  (NF,  USP,  BP,  EuP  va  boshqalarga)  kiritilgandir.  Bu  usul  bizning 
respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. “Aylanuvchan kajava” usulining bu darajada keng 
qo‘llanilishining  asosiy  sabablari,  olingan  tadqiqot  natijalarining  ko‘p  holatlarda  in  vivo  tajriba 
natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga oshirilishini 
qulay va kam xarajatliligi kabilardir. 
 
Ayrim  tabletkalar  uchun  In  vitro  va  in  vivo  sharoitlarida  amalga  oshirilgan  tajriba 
natijalari  o‘rtasidagi  korrelyasion  bog‘liqlik  hisoblab  chiqildi  va  olingan  natijalar  asosida 
korrelyasion  bog‘liqlik  yuqori  darajada  ifodalangan  “erish  testi”  ni  amalga  oshirish  sharoitlari 
belgilandi. 
Korrelyasiya  koeffitsienti  qanchalik  birga  yaqin  bo‘lsa,  olingan  natija  shunchalik  ijobiy 
hisoblanadi  va  bunday  holatda  korxona  sharoitida  ishlab  chiqarilgan  tabletkaning 
biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa yetarli bo‘ladi. 
Korxona  sharoitida  in  vivo  tajribalari  o‘rniga  in  vitro  tajribalarini  ishlatish  imkoniyati 
borligini  ilmiy  jihatdan  asoslash  uchun,  ularning  korrelyasion  koeffitsientini  hisoblash  lozim. 
Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‘lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni 
in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.   
Farmakokinetik  tahlil  farmakoterapevtik  va  farmatsevtik  omillarni  to‘g‘ri  tanlashga 
imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib 
turadi,  ammo  ular  murakkab  va  uzoq  vaqt  talab  qilganligi  uchun  ishlab  chiqarishda  kam 
qo‘llaniladi.  
In vivo  va in  vitro tajribalari  asosida olingan ko‘rsatkichlarning bir-biriga mos  kelishini 
bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‘ladi. Markaziy Osiyoda, shu 
jumladan  O‘zbekiston  Respublikasida  ham,  temir  tanqisligi  bilan  bog‘liq  anemiya  bilan 
kasallangan  bemorlar  sonining  yildan  yilga  ortib  borishi  kuzatilmoqda.  Ekologiyaning 
yomonlashishi,  vaqtida  ovqatlanmaslik  va  haddan  tashqari  asabiylashish  ushbu  kasallikning 
rivojlanishini  chaqiruvchi  asosiy  sabablarga  kiradi.  Temir  tanqisligi  bilan  bog‘liq  anemiya 
ayniqsa bolalar va emizuvchi ayollar orasida keng tarqalgandir. 
Ushbu kasallikni davolash uchun asosan organik va noorganik tabiatga ega bo‘lgan temir 


41 
 
preparatlari  qo‘llaniladi.  Adabiyotlarda  keltirilgan  ma’lumotlarga  ko‘ra,  organik  tabiatga  ega 
bo‘lgan  temir  preparatlari  noorganik  tabiatga  ega  bo‘lgan  temir  preparatlaridan  ko‘ra 
yumshoqroq  ta’sir  qiladi,  to‘liqroq  so‘riladi  va  kamroq  zaharli  ta’sir  namoyon  etadi. 
Farmakologik  tadqiqotlarning  dastlabki  natijalariga  ko‘ra,  tarkibida  muayyan  miqdoriy 
nisbatlarda  feramid  va  mumiyo-asilni  saqlovchi  “Mumifer”  substansiyalar  aralashmasi  hamda 
feramid, koamid, askorbin va fol kislotalarini saqlovchi “Feraskofol” substansiyalar aralashmasi 
ma’lum bir dozalarda antianemik faollikka ega. Dorivor moddalar va ularning aralashmalaridan 
yuqori  samarador,  turg‘un,  iqtisodiy  jihatdan  foydali  va  murakkab  tarkibli  dori  turlarini  ishlab 
chiqish esa farmatsevtik texnologiyaning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
 
Korrelyasiya regressiya tenglamasi yordamida korrelyasiya koeffitsientini (K
kor
) hisoblash 
orqali isbotlandi: 










2
_
2
_
_
_
)
(
)
(
))
(
)
((

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish