12- Ma'ruza
Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik, farmakokinetik va
farmakodinamik omillar
Reja:
1. Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omil
2. Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmakokineti omil
3. Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmakodinamik omil
Asosiy matn
Zamonaviy raqobatbardosh dori vositalarini biologik ob’ektlar va biologik yuzalar bilan
ta’sirida sodir bo‘ladigan biofarmatsevtik jarayonlar mexanizmini chuqur tushunmasdan dori
preparatlarini yaratish mumkin emas (qon, oqsil, to‘qimalar, shilliq qavat, teri va hakozo).
Farmakokinetika dori moddalarining biosuyuqliklarda va organlarda sifat va miqdor
o‘zgarishlarini so‘rilish, taqsimlash, biotransfarmatsiya va dori moddalarning organizmdan
chiqarish bosqichlarini o‘z ichiga olgan holda o‘rganadi. Biofarmatsiya famakokinetikadan farqli
ravishda faqatgina bu jarayonlarining sodir bo‘lish sharoitlarini o‘rganadi. Zamonaviy
biofarmatsevtik tadqiqotlar preparatlarning farmakokinetik xarakteristikalari bilan bog‘liqligi va
fizik-kimyoviy parametrlari, dori shakllari va ularni yuborish yo‘llari, yordamchi moddalar va
texnologik jarayonlarni tanlash kabilarga yo‘naltirilgan. Dori preparatlarini yaratishda
farmakokinetikaning o‘rni, hamda dori vositalarining farmakodinamik va farmakokinetik aspekt-
lari N.Ya.Golovenko, A.I.Tensova, A.D.Nazarov, V.V.Chistyakov, V.A.Gorkov, X.U.Aliev,
S.M.Mahkamov, M.U.Usubbaev, X.K.Jalilov, X.M.Yunusova, M.M.Mirolimov, Z.A.Nazarova,
K.S.Mahmudjonova, F.Kozjek, S.Primozic, E.Zathurecky, P.G.Welling, J.T.Dolusio va
boshqalar ishlarida har tomonlama yoritilgan. Preparatlarning farmakologik ta’siri darajasi,
avvalambor, orgnizmga so‘rilgan dori moddasining miqdoriga bog‘liq. O‘z navbatida so‘rilish
jarayoniga dori shakli va uning yuborilish yo‘li, dori vositasini ajralib chiqishi va
transportirovkasini ta’minlovchi to‘g‘ri tarkib tanlash o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dori
preparatlarining terapevtik ta’sir ko‘rsatishi uchun, dori moddalarini uning farmakologik ta’siri
sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan kerakli organ va to‘qimalarga etkazish kerak. Jarohatlangan organga
dori vositalari transport sistemasi bo‘lgan qon orqali yetkaziladi. Dori moddalari ichki tomir
37
orqali yuborilganda darhol va to‘liq qonga oqimiga tushadi. Boshqa yo‘llar bilan yuborilganda
qon oqimiga tushishdan oldin dori moddalari bilogik membrana hujayralari va gistogematik
to‘siqlardan o‘tishi kerak bo‘ladi. Ajralib chiqqan dori moddalari diffuziya yo‘li bilan ustki
qatlamga so‘riladi. So‘rilish jarayoni organizmning oqsili bilan yoki sitoz yo‘li orqali, passiv
diffuziya yordamida sodir bo‘ladi. Dori moddalarining so‘rilishi membrana hujayralarining
tuzulishiga bog‘liq. To‘rt turdagi membrana hujayralari bo‘ladi:
g‘ovakli – moddalarning konveksiya va molekulyar diffuziyasi suv to‘ldirilgan teshiklar
orqali amalga oshadi;
g‘ovakli va yarim o‘tkazgich qatlamli – nisbatan katta massali noelektrolit molekulalar
diffuziyasi sodir bo‘lishi mumkin;
g‘ovaklikka ega emas – faqat yog‘da eruvchi ionlashmagan molekulalar diffuziyasi
bo‘lishi mumkin;
g‘ovaksiz - faol transport maxsus moddalar tashuvchi molekulalar yordami bilan sodir
bo‘lishi mumkin. Yirik va qiyin eruvchan molekulalar transporti, membranalar harakati
yordamida va ultramikroskopik zarrachalar atrofida pufakchalar-vakuollar paydo bo‘lishi
yordamida – pinotsitoz yo‘li orqali amalga oshiriladi. Farmakokinetik jarayonlar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning mos holdagi ko‘rsatkichlari ko‘p omillarga bog‘liq.
Farmakokinetikaning hamma bosqichlari uchun quyidagi umumiy fundametal xarakteristikalari
mavjud:
-dori preparatining tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari;
-muhit, uning eruvchanlik qobiliyati, dissotsiatsiya;
-biologik membrananing turi;
-hujayra va to‘qimali o‘tkazuvchanlik (diffuziya, faol transport, sitoz)
Farmakokinetik parametlarni tahlil qilishda organizmning ma’lum qismida
topilgan
preparat konsentratsiyasini aniqlash muammo hisoblanadi
Biologik membranalar uch qatlamli tuzilishga (oqsil – lipid – oqsil) egaligini inobatga olgan
holda, dori moddalarining ikki marotaba eruvchanlikka ega bo‘lish kerak, ya’ni bu jarayon ham
suvli
, ham
lipid
fazasida amalga oshishi zarur. Farmatsiyada bu xossali bog‘lanish xususiyati
lipofil
deb yuritiladi. Lipofil ionga qarshi ionlarni iishlatish yo‘li orqali
ionogen gidrofil
dori
vositalirining so‘rilishini oshirish mumkin. Dori moddalarning tansdermal yetkazishning
tezlatishda
promotorlar
deb nomlanuvchilar yordamga yyetib kelishadi. Zamonaviy tahminlarga
ko‘ra dori moddalarining optimal fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari mavjud:
-proton donor-guruhlaring miqdori 5dan yuqori;
-proton akseptor-guruhlarning miqdori 10 dan yuqori;
-log P1 > 50 dan;
-molekulyar massasi 500 dan yuqori.
Hozirgi kunda farmakokinetikaning
yangi
yo‘nalishi -
“stereofarmakokinetika”
rivojlanyapti.
Dori preparati organizmdan metabolit ko‘rinishida yoki o‘zgarmagan holda chiqib ketishi
mumkin. Dori moddalarning
eliminatsiyasi
buyrak, ter orqali,tupuk va sut bezlari va axlat bilan
chiqib ketishi mumkin. Juda ko‘p dori preparatlari buyrak va oshqozon-ichak orqali
organizmdan chiqarib yuboriladi. Dori preparatining fizik-kimyoviy xossalaridan tashqari
ekskretsiyaga uning molekulyar massasi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, peshob orqali
molekulyar massasi 300 dan kam bo‘lgan dori moddalari chiqarib yuborilar ekan. Agarda
molekulyar massa 300 dan ortiq bo‘lsa, dorivor moddalarning proporsional qismi o‘t suyuqligi
orqali chiqarib yuborilar ekan. Farmakokinetik tadqiqotlarda barcha dori moddalari kimyoviy
tuzilishiga mos holda shartli ravishda
“qattiq”
va
“yumshoq”
dori vositalariga bo‘linadi.
“Qattiq” dorilar fermentlar bilan o‘zaro ta’sirga uchrab, ksenobiotiklarni metabolizmida
kataliz
vazifasini bajaradi. “Yumshoq” dorilar metabolizmga uchrashga moyil hisoblanadi. Bunday dori
preparatlarini yaratishda asosiy masala ularning metabolizmi yo‘lini topish va unga sharoit
yaratish hisoblanadi va bu jarayonni boshqarish imkoni yaratiladi. Shu maqsadda bir qator
analitik tahlil usullari ishlab chiqilgan. Ammo keltirilgan usullar dori moddalarining
metabolizmiga yalpi
skrining
bo‘la olmaydi. Birikmalarning metabolik transformasiyasida asosiy
38
muammo molekulalarning bioximik turg‘unligini bashorat qilish bo‘ladi. Bu muammoni yechish
uchun fermentologiya (enzimlarning faol markazlari) va kimyo (moddalarning strukturasi va
fizik-kimyoviy xossasi) sohasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish lozim. Bugungi kunda molekulaning
barcha qismi bo‘yicha yorituvchi algoritmni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan nazariya va model
yo‘q. Bir qator olimlar fikricha (M.YA.Golovenko va boshq.), dori preparati yaratishda transfer
joyni modifikatsiya qilish holatida molekulaning effektofor qismini buzmaslik kerak. Shunday
qilib,
molekulyar dizaynning
umumiy sxemasida va yangi yaratilayotgan dori preparatini
o‘rganishda
“ligand- biologik o‘q”
mexanizmining o‘zaro ta’sirini va organizmda uning
metabolizm jarayonlarini kompleks holda hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |