Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Dori  ichish  uchun  ishlatiladigan  suyuqlik  xossasini  ta’siri



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Dori  ichish  uchun  ishlatiladigan  suyuqlik  xossasini  ta’siri. 
Dori  ichish  uchun 
ishlatiladigan suyuqlik xossasi dorivor moddaning biologik samaradorligida ma’lum ahamiyatga 
ega.  Ko‘pincha,  dorivor  moddaning  yoqimsiz  hidi  va  ta’mini  yo‘qotish  uchun  ularni  turli 
sabzavot-mevali  sharbatlar,  ichimliklar  va  sut  bilan  ichiladi.  Ko‘pchilik  sabzavot-mevali 
sharbatlar  nordon  bo‘lib,  birikmaning  kislotaga  nisbatan  bardoshliligini  yo‘qotadi,  masalan 
ampitsillinning  natriyli  tuzi,  sikloserin,  eritromitsin  (asos),  benzilpenitsillinning  kaliyli  tuzi. 
Sharbatlar  ibuprofen,  furosemidlarni  so‘rilish  tezligini  kamaytirishi  mumkin,  adebit, 
barbituratlar,  diakarb,  nevigramon,  nitrofuranlar,  salitsilatlarni  farmokologik  samaradorligini 
kuchaytiradi.  Mevali  sharbatlar  va  ichimliklar  tarkibida  burishtiruvchi  moddalar  saqlaydi  va 
digitoksin, kofein-benzoat natriy kabilarni cho‘ktirishi mumkin. 
 
Tetiklashtiruvchi “Baykal”, “Pepsi-kola” ichimliklari tarkibida temir ionlari bo‘ladi. Ular 
linkomitsin  gidroxlorid,  oleandomitsin  fosfat,  tetratsiklin  gidroxlorid,  natriy  tiosulfat  bilan 
OITda erimaydigan bu dorilarni so‘rilishini susaytiruvchi birikmalar hosil qiladi. 
 
Shu maqsadda ko‘p ishlatiladigan choy va kofe kofein va teofillindan tashqari, tannin va 
turli burishtiruvchi moddalarni tarkibida saqlaydi va ular paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasining 
farmokologik  faolligini  kechiktiradi,  aminazin,  atropin  sulfat,  galoperidol,  kodein,  morfin, 
gidroxlorid,  papaverin  gidroxloridi  bilan  qiyin  eruvchi  birikmalar  hosil  qiladi.  Shuning  uchun 
ular  bilan  qabul  qilinayotgan  dorilarni  ichish  tavsiya  etilmaydi.  Istisno  sifatida  ½  stakan  iliq, 
achchiq bo‘lmagan, shirin bo‘lmagan choy bilan uyqu keltiruvchi barbituratlar ichiladi. 
Dorilarni  turli  shirin  ichimliklar  yoki  sut  qandi  bilan  ta’mini  yaxshilab  qo‘llanilsa 
izoniazid,  ibuprofen,  kalsiy  xlorid,  tetratsiklin  gidroxlorid,  furosemidlar  kabilarning  so‘rilishi 
keskin susayadi. 
Ayrim OIT shilliq pardasiga qitiqlovchi ta’sir etuvchi dorilar sut bilan ichiladi. Ko‘krak 
suti  yoshidagi  bolalarga  dorilarni  sut  va  sut  mahsulotlari  bilan  aralashtirilib  beriladi.  Sut 
benzilpenitsillin, sefaleksin kabi dori preparatlari tarkibidagi dorivor substansiyalarni o‘zgartirib, 
ularning  biologik  samaradorligini  pasaytiradi.  Bir  stakan  sut,  tetratsiklin  gidroxloridi, 
oksitetratsiklin  va  metatsiklin  gidroxloridining  qondagi  konsentratsiyasini  50-60%  kamaytiradi, 
doksitsiklin  gidroxloridining  esa  so‘rilishiga  deyarli  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  Kislotaga  bardoshli 


31 
 
qobiq bilan qoplangan  (enterosolyubil) preparatlarni, masalan: bisakodil, pankreatin, pankurmen 
kabilarni  sut  bilan  ichish  tavsiya  etilmaydi,  chunki  vaqtidan  oldin  qobig‘i  erish  havfi  bo‘ladi. 
Xuddi  shu  sabab  bilan  yuqorida  qayd  etilgan  preparatlarni  ishqorli  mineral  suvlar  (Borjomi, 
Lujansk, Smirnovskiy kabilar) bilan ichish maqsadga muvofiq emas. Aksincha, ishqorli mineral 
suvlar  bilan  pankreatin,  PASK,  salitsilatlar,  sitramon,  ftazin,  novotsefalgin  va  sulfanilamid 
preparatlarini  ichish  tavsiya  etiladi.  Chunki  ular  organizmda  atsetillashadi,  atsetillangan 
birikmalar  neytral  va  kislotali  muhitda  erimaydi  va  toshlar  ko‘rinishida  cho‘kmaga  tushadi. 
Ishqorli  muhitda  atsetillangan  sulfanilamidlar  eritma  holatida  bo‘lib,  organizmdan  yengil 
chiqariladi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish