Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Ovqatni  tarkibi  va  haroratini  ta’siri



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Ovqatni  tarkibi  va  haroratini  ta’siri. 
Dorivor  moddalarni  ta’siri  faolligida  ovqatni 
tarkibi va harorati katta ahamiyatga ega.  
Oddiy  aralash  ovqat  o‘simlik,  hayvonot  va  minerallardan  kelib  chiqqan  moddalar 
saqlaydi.  Bular:  oqsillar,  yog‘lar,  uglevodlar,  aminokislotalar,  moyli  kislotalar,  glitserin, 
burishtiruvchi  moddalar  (choyda,  xurmoda),  kofein  (choyda,  kofeda),  serotonin  (qichitqi  o‘tda, 
er  yong‘oqda,  bananda,  ananasda),  tiramin  (pishloqda,  bananda,  loviyada,  kofeda,  pivada, 
vinoda, jo‘ja jigarida), oksalatlar (shavelda,shpinatda), sterinlar, fitosterinlar, og‘ir metal ionlari 
va boshqa kimyoviy va farmokologik faol moddalardir. Bundan tashqari ovqatga quyidagi turli 
qo‘shimchalar  qo‘shiladi:  konservantlar  (sorbin,  sirka  limon  kislotalari),  antioksidantlar, 
emulgatorlar,  bo‘yovchi  moddalar,  shirin  ta’m  beruvchi  moddalar.  Bu  moddalar  dorivor 
moddalar  bilan  dorivor  faol  moddalar  o‘zaro  ta’sirga  uchrab,  dori  moddasining  biologik 
samaradorligiga  ta’sir  etadi,  ba’zi  bir  xil  holatda  eruvchanligi  va  so‘riluvchanligini  oshirib, 
boshqa  holatlarda  esa  erimaydigan  yoki  qiyin  eridigan  komplekslar  (masalan:  oksidlar  bilan, 
burishtiruvchi  moddalar  bilan,  dipeptidlar  bilan)  hosil  qilib,  ularni  so‘riluvchanligini 
kamaytiradi.  
Ovqatni tarkibi ovqat hazm qiluvchi traktning peristaltika va sekretor funksiyasiga  ta’sir 
etadi va natijada dorini so‘rilish tezligidarajasi u yoki bu tomonga o‘zgaradi. 
Oqsilli  ovqat  (tuxum,  pishloq,  noxot,  loviya)  digitoksin,  xinidin,  simetidin,  kofein, 
teofillin, tetratsiklin va penitsillin, yurak glikozidlari va sulfanilamid preparatlarini farmokologik 
faolligini pasaytiradi. 
Yog‘lar  (asosan  oliy  yog‘  kislatasini  saqlaydiganlar)  oshqozon  suyuqligini  ishlab 
chiqishini  kamaytiradi,  oshqozon  peristaltikasini  sekinlashtiradi,  bu  esa  o‘z  navbatida  hazm 
qilish jarayonini va ovqat massasini tashilishini (transportirovkasini) susaytiradi. Yog‘larga boy 
bo‘lgan ovqatlar ta’sirida ko‘pchilik  dori vositalarining,  ayniqsa  yog‘da  eriydigan vositalarning 
(antikoagulyantlar,  sulfanilamid  preparatlari,  grizeofulvin,  anaprilin,  difenin,  yog‘da  eruvchi 
A,D,E,K  vitaminlari,  karbamazepin,  litiy  preparatlari,  seduksen,  metronidazol  va  boshqalar) 
ta’siri sezilarli darajada ko‘payadi. Ovqatdagi yog‘ning yetishmovchiligi etilmorfin gidroxloridni 
metobolizm  hodisasini  susaytiradi.  Oldindan  yog‘li  ovqat  istemol  qilinishi  salol  va  besalol 
faolligini kamaytiradi.  
Ovqatda  uglevodlar  (qand,  konfetlar,  murabbo)  miqdorini  ko‘pligi  oshqozon  harakatini 
susaytiradi, ichakda ioniazid va kalsiy xloridni so‘rilishini susaytiradi.  
Ovqatlar  fenoksimetilpenitsillin,  oksatsillinning  natrili  tuzi,  ampitsillin,  rifampitsin, 


30 
 
linkomitsin gidroxlorid, atsetilsalitsil kislatasi, glibenklabid, izoniazid va boshqalarni so‘rilishini 
susaytiradi. Tarkibida oltingugurt saqlagan dorivor moddalar ovqat tarkibida doimiy bo‘ladigan 
og‘ir metallar ionlari bilan o‘zaro kirishib, biologik samaradorligi juda kam bo‘lgan erimaydigan 
birikmalar  hosil  qiladi.  Dorivor  moddalarni  ovqat  hazm  qiluvchi  kanalda  ovqatlar  gidrolizida 
hosil  bo‘ladigan  quyimolekulyar  birikmalar  xam  susaytiradi.  Bular  glyukoza,  aminokislotalar, 
yog‘li kislotalar, glitserin va ovqat tarkibidagi sterinlar. 
Vitamin va mineral moddalarga boy ovqat dorilarning metobolizmga sezilarli ta’sir etadi. 
Tarkibida  askarbin  kislotasi  bo‘lgan  ovqat  oksidaza  funksiyasini  stimullaydi  va  shu  bilan  birga 
dorivor  moddalarning  metobolizmini  tezlashtiradi,  ayrim  vaqtda  ularning  zaharliligini 
kamaytiradi.  Tarkibida  foliy  kislotasi  bor  ovqatlar  piridoksin  gidroxloridining  metabolizmini 
kuchaytirib,  levodoplarni  faolligini  susaytiradi.  Vitamin  Kga  boy  ovqatlar  (shpinat,  oq  karam) 
iste’mol  qilgan  bemorlarda  protrombinlash  vaqti  sezilarli  o‘zgaradi  va  shuningdek 
antikoagulyantlar,  barbituratlar,  nozepam,  fenatsetinlarni  metabolizmlari  ham  o‘zgaradi.  Ayrim 
hollarda  ovqat  ba’zi  dorilarning  biologik  samaradorligini  oshiradi,  masalan,  veroshpiron, 
dikumarin, beta-adrenoblokator va boshqalar. 
Ovqatning  harorati  ham  ma’lum  darajada  dori  vosmitasining  biologik  samaradorligiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Juda sovuq (7
o
C dan past), shuningdek keragidan ortiq issiq (70
o
C dan yuqori) 
ovqat va suyuqliklar ovqat hazm qilish a’zolariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sovuq ovqat ta’sirida 
ajratish  jarayoni  kuchayadi  va  oshqozonning  kislotali  muhiti  ko‘payadi  va  bu  o‘z  navbatida 
oshqozon suyuqligining ovqatni hazm qilish xususiyatini kamayishi yoki susayishiga olib keladi. 
O‘ta  qaynoq  ovqatni  istemol  qilish  oshqozon  shilliq  pardasini  atrofiyasiga  olib  keladi,  bu  esa 
OIT  fermentlarini  sekretsiyasini  keskin  pasayishiga  olib  keladi.  OIT  sekretsiyasini  bu 
o‘zgarishlari  o‘z  navbatida  dorining  biologik  samaradorligiga  kirishuvchanligiga  ta’sir 
ko‘rsatadi. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish