173
Shuningdek eruvchanlikni yaxshilash maqsadida kompleks hosil qiluvchilar, solyubilizatorlar,
qo‘shimcha erituvchilar (mochevina, polivinilpirrolidon, polietilenglikol, dimetilsulfoksid)
ishlatiladi. Bu moddalarning hammasi dori turining biosamaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Eruvchanlikni yaxshilagan holda ularning absorbsiyasini oshiradi, bu bilan ularning
biosamaradorligini ham oshiradi. Ammo dori vositalari bilan komplekslar hosil qilib uni
yomonlashtirishi ham mumkin.
Eruvchanlik va absorbsiya dori turlarini turg‘unligini boshqarib turuvchi o‘tkazuvchining
pH muhitiga (masalan, kislotali pH muhiti alkaloid tuzlari uchun) ham bog‘liq. Yopishqoqlikni
oshiruvchi moddala absorbsiyani sekinlashtiradi, chunki yuqori yopishqoqlikka ega suyuqliklar
OIT da sekin tashiladi.
Dori shaklining biosamaradorlik darajasi faol dori vositasining ajralib chiqish va
so‘rilishi tezligiga va oshqozon-ichak traktiga bilan ta’siriga uchrashi bilan aniqlanadi. Dori
vositasining dori preparatidan ajralib chiqish tezligi va mos holda biologik samaradorligi asosida
barcha peroral dori shakllarini quyidagi qatorga joylashtirish mumkin:
eritmalar – emulsiyalar –
suspenziyalar – kukunlar- granulalar – tabletkalar
.
Muayyan xossalarga ega bo‘ladigan suyuq dorilarni yaratishda dori vositalarining quyidagi fizik-
kimyoviy xossalarini yetarli o‘rganish lozim bo‘ladi: zichlik, eruvchanlik, ho‘llanish, hajmiy
ko‘rsatkichlar, shuningdek ularning eritma tayyorlash texnologik jarayonida organik bog‘lar
hosil qilishi.
Dori vositalarining eritmalarda qo‘llaniladigan asosiy xarakteristikalaridan biri hajm oshishi
koeffitsienti (HOK) hisoblanadi. Analitik kattalik sifatida HOK M.B.Revzin, R.I.Alasheva,
N.A.Kudakova va A.I.Bondarenko taklif etgan turli usullar bilan topilishi mumkin.
Bugungi kunda eksperimental tadqiqotlar natijasida bir qator o‘quv va ilmiy adabiyotlarda
turli
dori vositalarining suvli, spirtli va moyli eritmalardagi HOK ko‘rsatkichi keltirilgan.
Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, dori vositasining kimyoviy strukturasi ularning
dispers muhit bilan turli o‘zaro ta’sirini aniqlaydi va HOK ko‘rsatkichiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, noorganik tabiatli dori vositalarining suvdagi HOK ko‘rsatkichi, organik tabiatligiga
qaraganda sezilarli darajada kam. Noorganik molekulalar kompakt va erituvchi strukturasi bilan
oson qo‘shilib ketadi. Bir zaryadli kation saqlagan tuzlardan faqat ammoniy xloridni HOK
ko‘rsatkichi bo‘yicha organik tabiatlilarga yaqinlashtirish mumkin. Bu o‘z navbatida uning
molekulasining hajmi bilan tushuntiriladi.
Tarkibida kristallizatsion suv saqlagan noorganik dori vositalari soni kam emas.
Kristallogidratlarda suvsizlantirilgan preparatlar bilan solishtirganda HOK ko‘rsatkichi kattaligii
bo‘yicha yuqori va suv massasiga yaqin. HOK ga kimyoviy guruhlarning ta’siri ham juda qiziq.
Ya’ni, aminogruppa tarkibidagi vodorodni metil gruppasiga almashtirish dori vositasining
gidrofobligini sezilarli darajada oshishiga olib keladi va mos holda HOK ham oshadi. Masalan,
natriy salitsilatda para holida joylashgan aminogruppa hisobiga HOK ko‘rsatkichi natriy
aminosalitsilatdan 9,2% ga farqlanadi. Benzol halqasida gidroksil gruppalar sonining ortishi
gidrofillikni oshiradi, ya’ni HOK kamayadi. U fenolga nisbatan rezorsinda u 11,9 , gidroxinonda
15,9, taninda 20,7% past bo‘ladi.
Polyarlikning kamayishi HOKning oshishiga olib keladi (masalan, aminokapron kislotasi
organik kislotalar bilan solishtirilsa). Eriydigan sulfanilamidlar guruhida HOKga ta’sirni tiazol
gruppasi bilan solishtirilganda faqat tiodiazol gruppasida (etazol-natriy) kuzatiladi.
Agarda dori preparati kompleks hisoblansa, unda HOK kattaligi o‘sha, ya’ni preparat
tarkibida ko‘proq miqdorda bo‘lgan komponentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
quruq ekstraktlar tarkibida suyultiruvchi sifatida sut qandi bo‘ladi. Shuning uchun HOK
ko‘rsatkichi, ekstragent moddalar hisobiga bir muncha pasaygan, mana shu sut qandiga bog‘liq
bo‘ladi.
HOKning moddalar strukturasiga bog‘liqligi holati kuzatiladigan boshqa erituvchilarda
(spirtli, moyli) ham kuzatiladi. Shunday qilib, turli dori vositalari turli HOK ko‘rsatkichiga ega
bo‘lib, suyuq dori preparatlari tayyorlanganda hisobga olinishi kerak. HOK ko‘rsatkichlari
bo‘yicha funksional gruppalar inkrementini va kukunsimon dori vositalar eritmasining zichligini
174
hisoblash mumkin. Ayniqsa, HOK ko‘rsatkichlaridan dorixona sharoitida og‘irlik hajm usulida
murakkab suyuq dori turlari tayyorlanganda keng foydalaniladi.
Eritmalarning asosiy hajmiy xarakteristikalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
erigan
moddaning molyar hajmidek;
parsional
ortiqcha hajmlar;
parsional to‘yingan molyar hajmlar.
Molyar hajmdek ko‘rinadigan kattaliklar dori vositasining kimyoviy strukturasiga, eritma
zichligiga va HOK ga bog‘liq. Turli erituvchilar bilan olingan molyar hajmdek ko‘ringan
hajmlar, dori vositasining eruvchanlik mexanizmini guvohi bo‘lishlari mumkin. Bu esa o‘z
navbatida eritmalarning muayyan texnologiyasini ishlab chiqilayotganda asosiy jarayonlardan
biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: