152
bilan aniqlash mumkin emas, bu faqatgina dori vositalarning sifatini biologik nuqtai nazardan
baholash ishonchli hisoblanadi.
Biofarmatsevtik tadqiqotlar dorilar terapevtik faolligini oshirishda texnologik
jarayonlarning ahamiyatini ilmiy ravishda tushuntirish imkonini berdi. Biofarmatsiya paydo
bo‘lgungacha bu savolga deyarli ahamiyat berilmagan.
Bugungi kunda dori preparatlarining olinish usullari dori moddalarining turg‘unligi,
ajralib chiqish tezligi, organizmda so‘rilish intensivligigi va uning terapevtik faolligini belgilashi
isbotlangan.
Dori shakllarining fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va boshqa xarakteristikalariga qarab
ularning tayyorlash usullari va apparatura tanlab olinadi. Masalan, suppozitoriyalar tayyorlashda
- maydalash, elash, asosni eritish, aralashtirish, suppozitoriya massasini shaklga quyish, sovutish
va hakozolar; tabletkalar olinayotganda – maydalash, quritish, elash, aralashtirish, donadorlash,
pudralash, presslash, kerak bo‘lsa qobiq bilan qoplash kabilar amalga oshiriladi.
Tabletkalarning boshqa dori shakllariga qaraganda bir qator afzalliklarga egaligi tufayli
ular XX asr o‘rtalarida asosiy dori shakllaridan biriga aylanib qolgan va farmatsevtik va
biofarmatsevtik nuqtai nazardan eng keng o‘rganilgan. Bundan tashqari, tabletkalar olishda
barcha alohida jarayonlarning dori preparatining fizik-kiyoviy xossalariga terapevtik faolligiga
ta’siri o‘rganilgan. Ayniqsa chuqur eksperimental tadqiqotlar donadorlash, presslash, quritish va
boshqa jarayonlarda olib borilgan. Nazariy va amaliy tomondan o‘tgan yuz yillikning 60
yillarida tabletkalar tayyorlashda tabletka olish bosqichlarini ratsional selektiv yondashuvdan
asosida tanlash lozimligi asoslangan.
Suspenziyalar, emulsiyalar, linimentlar, aerozollar va boshqa dori shakllarining olinishida
texnologik jarayonlarning ta’siri biofaollikka ta’siri eng kam darajada o‘rganilgan.
Shuni ham esdan chiqarish kerak emaski, ba’zi dori preparatlarni tayyorlashda bir jarayon
bir necha marotaba qaytarilishi ham mumkin.
Texnologik bosqichlar texnologik reglamentda keltiriladigan parametrlar va rejimlariga
ega. Bu parametrlarga rioya qilmaslik dori moddalarining qayta ishlash vaqtida o‘ziga xos
o‘zgarishlarga olib keladi, chunki barcha turdagi mexanik, nur, issiqlik, tovush va boshqa
ta’sirlar orqali molekulalar strukturasining o‘zgarishi (mexanokreking)ga olib keladi.
Molekulalaring mexanokrekingi natijasida bo‘sh radikallar paydo bo‘ladi, ular bo‘sh
radikalli reaksiyalarga kirishib kislorod bilan kimyoviy zaharli peroksid bog‘lanish hosil qiladi,
yoki bir biriga ta’sir ko‘rsatib, faol bo‘lmagan polimerlar hosil qiladi.
Moddalarda turli xildagi mexanik-kimyoviy o‘zgarishlar masalasi bilan yangi fan soha
Do'stlaringiz bilan baham: