10. Dori moddasi ichilgandan so‘ng, uning so‘rilishi quyidagilarga bog‘liq:
a) dori vositasining shakliga, bemorning oshqozon-ichak traktining holatiga;
b) dori vositasining shakliga va uning yuborish yo‘llariga;
v) dori vositasining shakliga, bemorning yurak-qon tomir tizimining holatiga;
g) dori moddasi ichilgandan so‘ng, uning so‘rilishiga hech qanday omillar sabab bo‘lmaydi.
12-LABORATORIYA ISHI
LINIMENTLARDAN TA’SIR ETUVCHI MODDASINI AJRALIB CHIQISHIGA
ASOSLARNING KO‘RSATGAN TA’SIRI
O‘qitish maqsadi:
asoslar, dori moddasi va surtma haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni
sifatini tegishli MH asosida sifatini baholashni o‘rganish. Turli xil asoslarni surtmadan dori
moddasini ajralib chiqishiga ko‘rsatgan ta’sirini o‘zlashtirish.
Mavzuning ahamiyati:
Liniment dori shakllaridan dori moddasining ajralib chiqishini
baholashda asosdan dori vositasini ajralib chiqish qobiliyati asosida aniqlanadi. Bugungi kunda
asoslardan dori vositasining ajralib chiqish tezligini o‘rganadigan bir qator usullar ishlab chiqib
amaliyotga taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |