Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy
qo‘llanma, adabiyotlar, ma’ruza matni, internet ma’lumotlari, mavzu bo‘yicha prezentatsiya.
Asosiy matn
XI DF ta’rifi bo‘yicha, surtma dorilar deb - bir yoki bir necha dori moddalarni moy
yoki moysimon moddalar bilan aralashtirib tayyorlangan yumshoq dori shakliga aytiladi.
Surtma dorilar – teri, ko‘z, tomoq-burun, ginekologiya, proktologiya, stomatologiya,
kosmetologiya va boshqa ko‘plab kasalliklarda keng ishlatiladi.
Surtmalar bir xilda tarqalgan asos va dori moddalardan iboratdir. Fizik-kimyoviy jihatdan
surtmalar erkin, har tomonlama dispers, shaklsiz yoki qovushqoq-cho‘ziluvchan dispers
muhitdir. O‘zining yuqori cho‘ziluvchanlik xususiyatidan kelib chiqib, xona haroratida o‘zini
shaklini saqlab qoladi, lekin yuqori haroratda o‘z shaklini yo‘qotib, quyuq eritmaga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |