35
e`tibor berish orqali namoyon bo’ladi. Umumkasbiy fanlari blokiga kiruvchi
«Elektrotexnika» fanini o’zlashtirishda talabalarni tanqidiy fikrlashga
o’rgatishning umumuslubiy darajasi universal asos bo’lib, u uch bosqichdan iborat:
1. Da`vat bosqichi – talabalar o’zlaridagi utilayotgan mavzuga taallukli
mavjud bilimlar dara-jasini aniqlash, ular yoniga yangilarini qo’shish.
2. Anglash bosqichi – yangi o’quv mavzusini masalan, «Elektr sxemalarning
turlari va ularni tuzish qoidalari» mavzusini tushunib olinishini ta`minlash.
3. Muloxaza qilish bosqichida talabalar utilgan mavzu bo’yicha olgan
bilimlarini mustahkamlanadi.
«Elektrotexnika» fanini urganish jarayonida da`vat bosqichi uchta maqsadni o’z
oldiga qo’yadi:
1. Fanni uzlashtirish jarayonida aniklangan muammo bo’yicha talaba
egallagan ma`lumotlarga e`tiborni qaratish.
2. Talabaning egallagan bilimlari bo’yicha faol fikrlash faoliyatini og`zaki yoki
yozma ish yordamida namoyon qilish.
3. Utkazilayotgan mashg`ulotning maqsadi talabaning shaxsiy maqsadiga
aylanishi uchun uning qiziqishini orttirish.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba
to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi usullar interfaol usullar
nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta`lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol
usullaridan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish xusuiyatlari ko’rib
chiqilgan. Umumkasbiy fanlarni o’qitishda o’qituvchilarni mashg`ulotning o’quv
maqsadlarini tuzishga o’rgatish tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’quv maqsadlari faqat
o’qituvchi faoliyati orqali ifodalanib kelinadi. SHuning uchun, o’qitish natijalarni
o’quvchilarning vazifalari orqali ifodalashda ma`lum kamchiliklar sodir bo’ladi.
Bunday holda, o’quv maqsadlari tushunchasini anglash fazasini o’rgatishda
Sinkveyn uslubini qo’llash foydalidir. Sinkveyn tuzishning o’ziga xosligi
shundaki, u talabalarga katta xajmdagi texnikaviy axborotni, ishlab chiqarish
qurilmasi va jixozlarini, murakkab texnologik jarayonlarni bir nechagina so’z
36
yordamida bayon etish imkoniyatini beradi. Masalan, elektr sxemalarning asosiy
elementlariga Sinkveyn tuzishni kurib chikish mumkin:
-Bir fazali uzgaruvchan tok zanjiri;
-Elektr yurituvchi kuch manbai va karshilik;
-O’zgaruvchan va uzgarmas tok kuchi yoki kuchlanish;
-Kuchlanishning pasayishi va kuvvat isroflari.
Ushbu tuzilgan Sinkveyndan shuni aytish mumkinki, oddiy turtta suzdan iborat
iboralar yordamida butun elektr zanjirlar xakida anik tushuncha xosil kilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: