Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Download 258,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/120
Sana14.01.2022
Hajmi258,74 Kb.
#362147
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
Bog'liq
Microbiology

 

Zaruriy    jixozlar:

 O‘simliklarning    viruslar    va mikoplazmalar keltirib chiqargan 

kasalliklaridan  va  sog‘lom o‘simlikdan namunalar (tamaki, pomidor, bodring, kartoshka, suli, tol). 

Kasallikning tashqi ko‘rinishini o‘rganish uchun gerbariy va fiksatsiya qilingan materiallardan va 

rangli jadvallardan foydalaniladi. 

O‘simliklarda viruslar va mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning umumiy 

tavsifi. 

Viruslar xaqidagi ta’limotning asoschisi rus olimi D.I.Ivanovskiy bo‘lib xisoblanadi. 

Filtratlanuvchi viruslar o‘simliklarda kasallikni qo‘zg‘atadi.  

Fitopatogen viruslar tirik organizmga xos xususiyatga egadir. Viruslar kimyoviy tarkibiga 

ko‘ra oqsil va nuklein kislotadan iboratdir. Viruslar tirik xujayrada ko‘payadi. 

Fitopatogen viruslar zararlangan o‘simlikning xujayrasida kristallar hosil kiladi. Viruslar 

hosil qiladigan kristallarni birinchi bo‘lib 1902 yili D.I.Ivanovskiy tomonidan topilgan.  

Viruslarning shakli juda xam turli tumandir (tayoqchasimon, ipsimon, yumaloq), ularni faqat 

elektron mikroskop orqali ko‘rish mumkin. 

Fitopatogen viruslar (virionlar) oqsil qobig‘i (kapsula) bilan o‘ralgan nuklein kislotaning bir 

yoki ikkita ipchasidan iborat. Ko‘pchilik    fitopatogen    viruslar tarkibida    esa    DNK 

(dezaksiribonuklein kislota) mavjud. Viruslar faqat nuklein kislotadan iborat bo‘lib, kapsulaga ega 

bo‘lmasa viroidlar deyiladi.   Viruslarning shakli nanometrlarda o‘lchanadi. 

Viruslarning hayotiy faoliyati xujayin o‘simlikning xujayrasi bilan chambarchas 

bog‘langandir va ular faqat shu xujayra ichida ko‘payadi. Viruslar ko‘pincha bir o‘simlikdan 

ikkinchi o‘simlikka so‘ruvchi xashoratlar orqali o‘tadi.                                                

Shuni ta’kidlash kerakki, ilgari viruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning (sarg‘ayish va 

supurgilarning hosil bo‘lishi) xozirda mikoplazmalar keltirib chiqarishi aniqlanilgan. 

Mikoplazmalar yumaloq, ellipsimon yoki ma’lum shaklsiz bo‘lib, ularning diametri 26-1000 

NM, membrana bilan o‘ralgan, lekin xujayra kobig‘i  yo‘q.  Mikoplazmalar,  viruslarga  nisbatan  

murakkabrok tuzilishga egadir. Ularning tarkibida 2 xil nuklein kislota-DNK va RNK bor. 

Mikoplazmalar zararlangan o‘simlikning floemasida (to‘rsimon nay, floema parenximasi, yo‘ldosh 




xujayra) xujayrasining sitoplazmasida kuzatiladi. Bu makroorganizmlar sog‘ o‘simlikka sikadka 

xashorati, zarpechak orqali xamda payvandlash davrida o‘tishi mumkin. Hozirgi vaqtda 60 ga yaqin 

ekinlarda mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar ma’lum. Mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan 

kasalliklarni aniqlashning asosiy usuli bo‘lib, elektron mikroskop yordamida kuzatish xisoblanadi. 

Mikoplazmalar viruslardan farqli ravishda sun’iy oziqa muhitlarida rivojlanadi. 

Tetrasiklin guruhiga  mansub  bo‘lgan  antibiotiklarning mikoplazmalarga ta’siri juda 

sezilarli. Ularni kasallikka qarshi qo‘llanilganda o‘simlik ma’lum miqdorda ayrim holda butunlay 

sog‘ayib ketadi. Bunday xolat mikoplazma qo‘zg‘atadigan kasalliklarni aniqlashda xam 

foydalanishi mumkin. 

Oxirgi vaqtda o‘simliklarda mikoplazmalardan tashqari, rikketsiyalarga yaqin bo‘lgan 

organizmlar xam kuzatilgan. 


Download 258,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish