II.
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
“KASBIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN MUSTAQIL
TA`LIMNI BAJARISH BO`YICHA USLUBIY KO’RSATMA
Mustaqil ta’lim yozish uchun talaba
avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta
o‘zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni “matn” yoki “referat” tarzida yoritishi
uchun talaba mavzu doirasida 3-4 reja qo‘yiladi va xulosa beriladi. Mavzu doirasida
qo`shimch adabiyotlardan ma`lumotlar, dalillar, statistik ma’lumotlar to‘planadi. Tahlil
qilinayotgan masala bo‘yicha mavjud fikrlar, qarashlar bayon qilinadi. Talaba ularga o‘z
nuqtai nazarini bildiradi. Mustaqil ta’lim hajmi qo‘l yozma shaklda 15-20 bet atrofida,
shakilda berishi lozim (slaydlardan tashqari).Talaba mavzu doirasida tarqatma
materillar, psixologik vaziyatlar to`plashi lozim.
Mustaqil ta’limni yozishda dastlab mavzuga, xususan, uning rejalariga oid
ma’lumotlar yig‘iladi va tartiblashtiriladi, so‘ngra, ketma-ketlikda yoziladi. Mustaqil
ta’limning asosiy qismida
barcha muhim fikrlar aks ettirilishi zarur. Rejaga binoan,
mustaqil ta’limning asosiy qismi yig‘ilgan materialni taqsimlashga ko‘ra mos ravishda
savollar va savolchalarga (qismlarga) ajratilishi talab etiladi. Materialni ifoda etish
tavsifiy harakterga ega bo‘lmasligi kerak. Mos ravishda xulosalari bo‘lgan tahlili
bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, matnda iqtibos (sitata)
keltirilsa yoki mualliflar ilmiy-
tadqiqot ishlaridagi xulosalar, qaydlar, mulohaza va fikrlardan foydalanilgan holatda
muqarrar ravishda havolalar bo‘lishi lozim
.
Mustaqil ta’lim ravon tilda aniq yozilgan bo‘lishi va jalb etadigan ko‘rinishga ega
bo‘lmog‘i lozim. So‘zlar qisqartirilishiga, faqat umumiy qabul qilinganlardan tashqari,
shuningdek, xatoliklarga, tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mustaqil ta’lim ilmiy rahbarga taqdim etilishi holatida barcha taraflama maksimal
darajada me’yoriga etkazilgan bo‘lmog‘i lozim.
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan mustaqil ta’lim kompyuterda 14-shrift, 1,5
interval oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozning bir tomonida chapdan - 3 sm, o‘ngdan - 1,5
sm, yuqori va pastidan - 2 sm. dan kam bo‘lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi
talab etiladi.
Matn sahifalari tartib raqamlariga ega bo‘lishi lozim. Tartib raqamlari bir
varaqdan ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3- betdan boshlanishi (birinchi va ikkinchi varaq
– bu titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, sahifalanmaydi) lozim bo‘ladi. Varaq tartib raqami
yuqori yoki pastiga o‘rtadan yoki o‘ng tomoniga qo‘yiladi.
Quyida mustaqil ta’limni baholash mezonlari haqida ma’lumotlar berildi. Mustaqil
ta’lim ilmiy rahbar tomonidan baholanadi. Bunda, quyidagi shartli ravishdagi
ko‘rsatkich va baholash mezonlari qo‘llanilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |