Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir.
Xarakterlari mutlaqo bir xil
bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi ko`p
narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi
mumkin. Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, o`zaro
yordam ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar tipik
xususiyatlardir.
Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo`lsak, uning
borliqdagi obyektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Shuning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof
etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |