3. Tiristorlar
.
Hozirgi paytida to„rt qatlamli yarimo„tkazgichli asboblar –tiristorlar
elektronikada keng qo„llaniladi. Ular asosan kremniy materialidan tayyorlanadi.
Tiristor tuzilishining sxematik ko„rinishi 9 - rasmda ko„rsatilgan. Tiristor
elektr o„tkazuvchanligi turli turga ega (p
1
, n
1
, p
2
, n
2
) bo„lgan sohalarni birlashishi
natijasida vujudga keltiriladi. Sohalar orasi chegarasida uchta p-n-o„tishlar (EP
1
,
KP, EP
2
) hosil bo„ladi. Tiristorning chekka sohalarini birini anod, ikkinchisini
katod deyilib, ichki sohalarini bazalar deyiladi.
Tiristorning ishlashi uchun zaruriy bo„lgan hollarni ko„rib chiqamiz.
Bazalar turli qalinlikda bo„lishi va kirishmalar miqdorini bir xil bo„lmasligi
natijasida n- baza p- bazaga nisbatan ancha keng va kirishma miqdori uncha katta
bo„lmaydi, shuning uchun u yetarli darajada yuqori solishtirma qarshilik ega
bo„ladi. Bu esa o„rta p-n- o„tish KP yaxshi to„g„rilash xususiyatiga: kichik teskari
tok, yuqori teshilish kuchlanish va teskari kuchlanishlar sohasida juda katta
qarshilikka ega bo„ladi.
Tiristorning chekka yarim o„tkazgichli sohalari (p
1
, n
2
) katta kirishma
miqdoriga ega bo„lganligi uchun EP
1
va EP
2
p-n-o„tishlar to„g„ri yo„nalishda baza
sohalariga asosiy bo„lmagan zaryad tashuvchilarning yaxshi emitterlari bo„ladi.
Ikkiala EP
1
va EP
2
p-n-o„tish shunday olinadiki, ularning injeksiya koeffitsienti tok
zichligiga bog„liq va zichlikni oshishi bilan u keskin ortishi kerak.
9- rasm. Dinistorning struktura sxemasi
Katod
Endi oldin tiristorni ishlashini faqat anod va katodga tashqi kuchlanish
berilgan hol uchun ko„ramiz. Agarda uncha katta bo„lmagan o„zgarmas kuchlanish
U ning musbat qutbi anodga, manfiysi esa katodga ulansa, unda KP va EP
2
p-n-
o„tishlar to„g„ri yo„nalishda, EP o„tish teskari yo„nalishda ishlaydi. Bunda tiristor
yopiq va u orqali juda kichik tok o„tadi. Bu kichik tok EP p-n-o„tishning yopiq
xususiyati bilan aniqlanadi. Tiristorning qarshiligi teskari kuchlanish qo„yilgan P
2
p-n-o„tishning qarshiligi bilan aniqlanadi. Bunda tiristor orqali o„tayotgan tok
zichligi kichik va EP
1
va EP
2
o„tishlar yetarli injeksiyaga ega bo„lmaydi. Kichik
tok zichliklar sohasida dinistorning volt–amper xarakteristikasi kremniyli diodning
teskari volt-amper xarakteristikasini takrorlaydi (10-rasm, 1-qism).
O„zgarmas tok kuchlanishini anod va katod orasida ortishi tiristor orqali
tok zichligini oshishiga olib keladi. Natijada, tiristorning ikkiala bazasida asosiy
bo„lmagan zaryad tashuvchilarning injeksiyasini o„sishiga olib keladi. Bunda o„rta
p-n-o„tish toki faqat teskari tok bilangina aniqlanmasdan, KP o„tishga yetib kelgan
bazalardagi asosiy bo„lmagan tashuvchilar toki bilan ham aniqlanadi. KP p-n-
o„tish yaqini bazalarida asosiy bo„lmagan zaryad tashuvchilarning mavjud bo„lishi
uning qarshiligini yetarlicha kamaytiradi, natijada tiristor orqali yanada kattaroqqa
ortadi. Bu bazaga asosiy bo„lmagan zaryad tashuvchilar injeksiyasini ortishiga olib
keladi, KP p-n-o„tish qarshiligini yanada kamayishiga olib keladi va h.zo. Shunday
10- rasm. Dinistorning VAXi.
qilib, tiristorda ikkita bir birini jadallashtiruvchi jarayon ro„y berib, natijada
tiristorning qarshiligi quyun kamayadi, tok esa quyun ortadi (10-rasm, 2-qism).
Quyun ko„rinishidagi jarayon boshlangan kuchlanishni tiristorning to„g„ri
almashish kuchlanishi U
pp
deyiladi.
Tok keyingi ortishi KP p-n-o„tishning o„rta qismida asosiy bo„lmagan
tashuvchilarni to„planib, konsentratsiya bu o„tishda katta bo„ladi va u to„g„ri
yo„nalishda siljiydi. KP o„tish qarshiligi juda kichik bo„ladi va tiristorda turg„un
tuyinish rejimi ta‟minlanadi (10-rasm, 3-qism), tiristor ochiq. Bu rejimda tiristor
qarshiligi yetarli darajada juda kichik bo„ladi. U to„rta yarimo„tkazgich sohalar,
uchta to„g„ri yo„nalishli p-n-o„tishlar va chiqich kontaktlar qarshiliklari
yig„indisidan iborat bo„ladi.
Tiristorning volt-amper xarakteristikasi (VAX) S ko„rinishida bo„lib, ikki
elektrodli tiristorni dinistor deyiladi.
Uch elektrodli (boshqaruvchi) tiristorni (11-rasm) ishlashi dinistordan farq
qilmaydi. Uchinchi elektrod tiristorni to„g„ri almashinish kuchlanish kattaligini
o„zgarish imkonini beradi. Haqiqatan ham, boshqaruvchi elektrod va katodga
berilgan kuchlanishni o„zgartirib, EP
2
p-n-o„tish orqali o„tayotgan boshlang„ich
tokni o„zgartirish mumkin. Hamda tiristorning boshlang„ich tok zichligini
boshqarib turib, quyun ko„rinishidagi jarayonni boshlanishini o„zgartish mumkin
bo„ladi.
11- rasm. Uch elektrodli boshqaruvchi tiristorlarning strukturalari
(a, v) va shartli belgilari (b, g).
Do'stlaringiz bilan baham: |