2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Yo’l belgi chiziqlarining har xil yo’l sharoitlarida qo’llanilishi.
Ishdan maqsad:
Talabalarda yo’l belgi chiziqlarining har xil yo’l sharoitlarida qo’llanilishi
to’g’risida ko’nikma va malaka hosil qilish.
Yo’l harakatini tashkil etishda yo’l belgilari bilan bir qatorda (yo’l belgi) chiziqlari ham
qo’llaniladi. CHiziqlar yotiq va tik chiziqlarga bo’linadi. Yo’lning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar,
ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibini belgilaydi. Yo’l yuzasidagi yotiq
chiziqlar oq va sariq rangda bo’ladi. Yotiq chiziqlar umuman soni 23 tani tashkil etadi, shundan 3 tasi
sariq rangda bo’ladi. Yotiq chiziqlar ranglaridan tashqari o’lchamlari va ko’rinishi bo’yicha bir-
biridan farq kilib, mahlum vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |