Ro`yxatga olindi: №


 Korporativ boshqaruvning yapon modeli



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

2.4. Korporativ boshqaruvning yapon modeli
Korporativ   boshqaruvning   yapon   modeli   ma’lum   bir   kesishma   asosida
aksiyalarga egalik qilish va nazoratga asoslangan. Natijada nihoyatda yirik moliya-
sanoat korporatsiyalari (keyretsu) va ular asosida murakkab birlashma hisoblangan
moliya-sanoat   guruhlari   shakllangan.   Moliya-sanoat   guruhlarida   ishtirokchilar
manfaatlarini   ichki   muvofiqlashtirishning   murakkab   tizimi   amal   qilishini   ham
alohida qayd etib o‘tish lozim. Bunda moliyaviy muassasalar (banklar, sug‘urta va
trast  kompaniyalari),  savdo  firmalari, ishlab  chiqarish  korxonalari  ishtirokchilar
hisoblanadi. “Bu model keyretsu modeli deb ham ataladi”
16
.
Moliya-sanoat guruhlarida boshqaruv organi bosh firma prezidenti yig‘ilishi
hisoblanadi. U muhim masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Qarama-qarshi tarzda
aksiyalar almashinuvi va resurslardan ichki foydalanish amaliyoti ko‘p kuzatiladi.
Korporatsiyalarning aksiyalariga asosiy egalik qiluvchilar (aksiyadorlar)
insayderlar hisoblanadi va ularning 70 foizi institutsional investorlar hisoblanadi.
Bu erda gap banklar va boshqa affilangan shaxslar haqida ketmoqda.  “Yapon
an’analaridan kelib chiqqan holda investorlar korporatsiyalar faoliyatida  kichik
ta’sirga ega. Bunda korporativ boshqaruv yapon klassik modeliga ko‘ra, ular
aksiyadorlar bilan emas, balki manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ish yuritadi”
17
.
Korporatsiyalar o‘rtasida tovar va xizmatlari almashinuvi (o‘zaro savdo)
bilan   birga   menejerlar   almashinuvi   amaliyoti   ham   kuzatiladi.   Bu   jihat   o‘zaro
axborot   almashinuvi   hamda   umumiy   tajribadan   samarali   foydalanishga   xizmat
qiladi.
Aynan   keltirilayotgan   jihatlar   yapon   korporatsiyalarning   birgalikda
taraqqiyotini   ta’minlagan.   Moliya-sanoat   guruhlaridagi   ichki   korporativ
shartnomaviy   munosabatlar   moliyaviy   va   sanoat   resurslari,   shuningdek   ilmiy-
texnik axborotlarni qamrab olgan. Bunda manfaatlar o‘zaro kesishmagan vaqtda
aniq maqsadga yo‘naltirilgan ixtisoslashuv prinsipi amal qiladi. Ya’ni ma’lum bir
yangilikni   birgalikda   joriy   etish   orqali   erishiladigan   natijani   teng   taqsimlash
masalasi o‘rtaga qo‘yiladi va har ikkala tomon bitta maqsad sari intiladi.
Yaponiyada   ham   Germaniyadagi   singari   banklar   yirik   aksiyadorlar
hisoblanadi   va   ularga   moliyalashtirishning   muhim   manbasi   sifatida   qaraladi.
Banklar direktorlar kengashi yoki prezidentlik instituti orqali boshqaruvda ishtirok
etadi. Ular korporatsiya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shartnomalar asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
Davlat   va   jamoatchilik   korporatsiyalarni   va   moliya-sanoat   guruhlarini
xorijiy   investorlar   tajovuzidan   himoyalaydi.   Ya’ni   bir   tomondan   qonunchilik
xorijiy investorlarning keskin faolligiga imkon bermaydi, boshqa tomondan milliy
madaniyat vatanparlikka asoslanganligi korporativ madaniyatga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham yapon korporatsiyalarini qo‘shib olish amaliyotlari
deyarli uchramaydi.
16 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 157.
17 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 159.


Yaponiya   iqtisodiyotida   davlatning   kuchli   ta’siri   mavjud   bo‘lsada,
iqtisodiyotda   davlat   sektorining   ulushi   yuqori   emas.   Bunda   davlatning
boshqaruvchilik   kuchi   emas,   balki   yo‘nalishni   belgilab   beruvchilik   xususiyati
yuzaga chiqadi va bu jihat quyidagi yo‘nalishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi:
- iqtisodiy   taraqqiyotning   o‘ta   istiqbolli   yo‘nalishlarini   ishlab   chiqish   va
belgilab  olingan yo‘nalishga  iqtisodiyotni  yo‘naltirish.  Bunda  davlat tomonidan
uzoq   muddatli   prognozlar   va   o‘rta   muddatli   rejalarni   o‘z   ichiga   olgan   davlat
dasturlari tizimi amal qilishini alohida qayd etib o‘tish lozim;
- infratuzilmani yaratish, alohida firma va tarmoqlarga yordam ko‘rsatish;
- ishlab   chiqarish   samaradorligi   va   yapon   tovarlari   raqobatbardoshligini
oshirish maqsadida korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash.
Korporativ   boshqaruvning   yapon   modelidagi   asosiy   prinsipial   jihatlar
sifatida quyidagilar keltiriladi:
- boshqaruv tizimining asosiy bank, moliya-sanoat tarmog‘i yoki keyretsu
atrofida markazlashuvi;
- boshqaruv tizimi tomonidan doimiy aloqalarning qo‘llab-quvvatlanishi;
- aksiyadorlar   tomonidan   direktorlar   kengashining   tayinlanishi.   Bunda
direktorlar kengashiga korporatsiya moliyaviy holatiga bog‘liq holda 50 kishigacha
kiritilishi mumkin bo‘lib, unga kirish bo‘yicha ichki a’zolar (ijrochi direktorlar)
ustunlikka ega hisoblanadi. O‘z navbatida ijrochi direktorlarning prezident oldida
hisobdor ekanligi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘zaro maslahatlashishi
lozimligi belgilangan.  Prezident nisbatan yuqori ta’sirga egaligini shundan ham
bilish mumkin.
- korporatsiya bilan hamkorlik qiluvchi va bir vaqtda unga kredit taqdim
etuvchi   bank   direktorlar   kengashini   nazorat   qilib   borishi.   Faqatgina   inqirozli
holatlarda direktorlar kengashiga bank vakillari jalb qilinadi;
- mustaqil aksiyadorlar korporatsiya faoliyatiga ta’sir eta olmasligi;
- axborotlar ochiqligiga qo‘yilgan talablar nisbatan yuqori emasligi;
- noformal birlashmalar, avloddan-avlodga o‘tuvchi va  guruhlar  (alohida
ittifoqlar, klublar tashkil qilinishi) bo‘yicha munosabatlar ahamiyatga ega ekanligi.
Mazkur modelda
o‘zaro axborot almashinuvining yuqoriligi, muhim
qarorlarning  o‘zaro  kelishuv  asosida  qabul  qilinishi,  bahs  va  nizoli  holatlarning
ichki tartibda hal qilinishi kabilar ham alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Korporativ boshqaruvning yapon modeli asosiy kamchiligi sifatida odatda
raqobatning nisbatan chegarlanganligi, axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha yuqori
darajadagi   talabning   mavjud   emasligi,   boshqaruvning   avloddan-avlodga   o‘tishi
kabilar keltiriladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish