sug‘urta tashkilotlari;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha
vakolatli davlat organi;
auditorlik tashkilotlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari
o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va huquqni
buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi xatti-
harakatlarning
oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini
qo‘llash;
huquqini o‘zi himoya qilish;
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
zararlarning o‘rnini qoplatish;
neustoyka undirish;
ma’naviy
zararni kompensatsiya qilish;
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun
ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar to‘lanmagan
taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat
organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qo‘mitasining
murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga
dividendlar to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga haqli.
Bunday da’voni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotgan davlat tashkiloti mehnat
jamoasi a’zolarining aksiyalarni olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish qonun
hujjatlari bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat jamoasining a’zolariga realizatsiya
qilinishi lozim bo‘lgan aksiyalar soni har bir alohida holatda davlat mulkini
tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi
va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi
nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, Jahon Banki guruhi har yili dunyo bo‘yicha “Biznes
yuritish” hisobotini e’lon qilib boradi. Mamlakatlarning biznes yuritish bo‘yicha
reytinglarini aniqlashda minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish holatini
ham hisobga oladi va hisobotda aks ettiradi. Mazkur amaliyot ham o‘z-o‘zidan
minoritar aksiyadorlarni himoya qilish masalasiga har bir davlatda jiddiy e’tibor
qaratishni talab etadi. Chunki minoritar aksiyadorlar huquqlari ta’minlangan
holatdagini investorlarning aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatiga kirib kelishi
jadallashadi.
Jahon banki guruhi tomonidan minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha reytingni aniqlashda qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi
40
:
- bitimlar haqida axborotlarni oshkor etish indeksi;
- direktorlarning
javobgarligi indeksi;
- aksiyadorlar tomonidan kompaniya rahbariyati ustidan sudga murojaat
qilish uchun (aksiyadorlar huquqlarini sudda himoya qilish uchun) shart-sharoit
yaratilganligi indeksi;
- manfaatlar to‘qnashuvi (nizoli vaziyatlar)ni tartibga solish indeksi;
- aksiyadorlar huquqlari indeksi;
- boshqaruv tuzilmasini rivojlantirish indeksi;
- korporativ
shaffoflik indeksi;
- aksiyadorlik boshqaruvi indeksi.
Jahon banki guruhi tomonidan mamlakatlarda minoritar aksiyadorlar
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha reyting 100 ballik tizimda baholash amalga
oshirilgan holda tuziladi. Unda O‘zbekistonning 2015-2018 to‘rt yil bo‘yicha
natijalari quyidagicha (10.1-rasm).
10.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: