Elektro elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliqhodisalar



Download 67,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi67,21 Kb.
#359786
  1   2
Bog'liq
Elektr - Vikipediya



Elektr

Elektr (elektro...) — elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliqhodisalar

majmui. Miloddan avvalgi 8-asrda yunon faylasufi F. Miletskiy jun matoga ishqalangan ebonit

parchasi momiq va boshqalar yengil buyumlarni oʻziga tortish xususiyatiga ega boʻlib

qolishini taʼkidlagan. Oradan ancha vaqt oʻtgach, 1600-yilda ingliz vrachi U. Gilbert ipakka

ishqalangan shisha va bir qator boshqa moddalar ham shunday xossaga ega boʻlishini

aniqlagan va "E". terminini qoʻllagan. Ishqalanish natijasida yengil jismlarni oʻziga tortadigan

jismlarni elektrlangan yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritildi. Faqat 18-

asrga kelib E. hodisalari tez surʼatlar bilan oʻrganildi. E. haqidagi taʼlimot taraqqiyotini 3

bosqichga ajratish mumkin: 1) tajriba dalillarining toʻplanishi va asosiy tushunchalar,

qonunlarni aniqlash davri (miloddan avvalgi 8-asr, 19-asr oʻrtalari); 2) elektromagnit maydon

haqidagi taʼlimotning shakllanish davri (19-asr ikkinchi yarmi); 3) E. atomistik nazariyasining

shakllanish davri (19-asr oxiri 20-asr boshlari).

Taʼlimotning birinchi davridagi E. hodisalarining asosiylari quyidagilar. Ingliz fizigi S. Grey

ayrim jismlarning E. oʻtkazuvchanlik xususiyatlarini ochib, tabiatdagi barcha jismlarning

oʻtkazgichlar va izolyatorlarta boʻlinishini aniqladi (1727). Fransuz fizigi Sh. Dyufe va

amerikalik olim B. Franklin E. zaryadlarning 2 turi mavjudligini aniqlashdi. Zaryadlarning

ebonitda hosil boʻlgani manfiy, shishada hosil boʻlgani musbat ishorali deb olingan. Olimlar

bu zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishini (bir xil ishorali zaryadlarning bir-biridan itarilishini, har

xil ishorali zaryadlar oʻzaro tortishishini) aniqlashgan (1747—53). Ingliz fizigi va kimyogari G.

Kavendish (1773) hamda fransuz fizigi Sh. Kulon (1785) zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini

kashf etishdi.

18-asr oʻrtalarida atmosferadagi E.ni, E. uchquni, E. razryadning biologik va fiziologik taʼsirini

oʻrganish rivojlandi. Nemis olimi E.G.Kleyst va golland fizigi P. Mushen Bruk tomonidan leyden

bankasining kashf etilishi (1745—46) E. hodisalarini va uning fiziologik taʼsirini oʻrganishga

keng yoʻl ochib berdi. B. Franklin, rus olimlari M. Lomonosov va G. Rixmanlar tomonidan

chaqmoqning elektr tabiati isbotlandi, uning E. nazariyasi yaratildi (1750—53). Akad. F. U.




Epinus elektrostatik induksiya va zaryadlarning oʻtkazgich sirtida bir tekis taqsimlanmasligi

hodisalari bilan shugʻullanib (1750), E. zaryadning saqlanish qonuni haqidagi oʻz fikrlarini

aytdi. Italyan fiziklari L. Galʼvani (1786) va A. Volʼta (1792) tomonidan tajribalar asosida

kontakt E. hodisalari oʻrganilib E.ning kimyoviy va kontakt manbalari kashf qilinganidan soʻng

oʻzgarmas tok hosil boʻlishi namoyish qilindi, oʻzgarmas tokning taʼsirini jadal oʻrganish

boshlandi va E.ni amaliy qoʻllashga birinchi urinishlar boʻldi. Rus fizigi V.V. Petrov elektr yoyni

kashf etdi (1802), E.dan yoritish va metallarni pechlarda eritishda foydalanish mumkinligini

koʻrsatdi. A. Volta kontakt potensiallar ayirmasi qonunini ochdi (1795). Nemis fizigi G. Om tok

kuchi oʻtkazgichning uzunligiga, koʻndalang kesimiga va galvanik elementlar soniga bogʻliq

ekanligini tajribada aniqladi (1820). Ingliz fizigi J. Joul (1841) va rus fizigi E. X. Lens (1842)

birbiridan bexabar tok oʻtganda oʻtkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini

aniqlaydigan qonunni (qarang 

Joul — Lens konuni

) kashf etdilar.

Daniyalik fizik X. Ersted elektr tokining magnit miliga taʼsir koʻrsatishini kashf qilish bilan

(1820) E. nazariyasida yangi bosqich — tokning magnit xossalari haqidagi taʼlimotni boshlab

berdi. Fransuz fizigi, matematigi va kimyogari A. Amper oʻzgarmas toklarning oʻzaro taʼsirini

oʻrganib, ikki elementar tokning oʻzaro taʼsir kuchlari toklar koʻpaytmasiga toʻgʻri mutanosib

(proporsional)ligini aniqladi (1820) (qarang 

Amper konuni

). Fransuz fiziklari J. Bio, F. Savar va

P. Laplas tok hosil qilgan magnit maydon kuchlanganligini aniqlaydigan qonunni kashf etdilar

(1820). Shunday qilib, ham doimiy magnit, ham elektr toki magnit maydoni manbai boʻlishi

mumkinligi isbotlandi. Doimiy magnit maydoni tokli solenoidning magnit maydoniga

oʻxshashligidan, Amper doimiy magnitlarning xossalariga, umuman jismlarning magnitlanib

qolishiga ularda mavjud boʻlgan elementlar aylanma toklar — molekulyar toklar sabab boʻladi,

degan gipotezani ilgari surdi. 20-asr boshida atom tuzilishiga oid kashfiyotlar natijasida

atomlardagi elektronlarning yadro atrofidagi aylanma haraKatlari tufayli molekulyar toklar

hosil boʻlishi aniqlandi. X. Ersted va A. Amperning katta mehnatlaridan soʻng magnetizm E.

haqidagi taʼlimotning tarkibiy qismi boʻlib qoldi. Shu davrga kelib, ingliz fizigi M. Faradeyning

ilmiy faoliyati boshlandi. Ayniqsa, uning 2 kashfiyoti: elektromagnit induksiya hodisasi (1831)

va elektroliz qonunlari (1834) fizika tarixida muhim ahamiyatga ega. Faradey bu kashfiyotlari

bilan E.ning koʻp texnik qoʻllanishiga nazariy asos yaratdi. E. X. Lens induksiyalangan elektr

tokining yoʻnalishini aniqlashning umumiy qoidasini aniqladi (1833) (qarang 

Lens qoidasi

). M.


Faradey oʻz ishlarida elektr va magnit maydonlari tushunchalarini kiritdi, maydonning

oʻzgarishi va atrof muhitga tarqalishida shu moddiy muhitning xususiyatlari asosiy

ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. M. Faradeyning elektroliz qonunlari elektrokimyoning

rivojlanishiga muhim hissa qoʻshdi va E. zaryadlarining diskret ekanligi toʻgʻrisidagi taʼlimotga

asos soldi.

E. haqidagi taʼlimotning ikkinchi davri 19-asrning 2-yarmidagi kashfiyotlar bilan bogʻliq. M.

Faradeyning elektr va magnit maydonlar haqidagi taʼlimotini ingliz fizigi J. K. Maksvell



chuqurlashtirdi va rivojlantirdi. Maksvellning eng katta ilmiy yutugʻi elektromagnit maydon

nazariyasining yaratilishidir (1860—65). Bu nazariyani u elektromagnit hodisalarning asosiy

qonuniyatlarini tavsiflovchi bir necha tenglamalar tizimi koʻrinishida ifodaladi (qarang

Maksvell tenglamalari

). Maksvell E. maydonning vaqt boʻyicha oʻzgarishi uyurma magnit

maydonni va, aksincha, magnit maydonning vaqt boʻyicha oʻzgarishi uyurma E. maydonni

hosil qilishini oʻz nazariyasiga asos qilib oldi. Maksvellning elektromagnit toʻlqinlar

mavjudligini va ularning fazoda yorugʻlik tezligi bilan tarqalishini oldindan aytib berishi (1865)

unga yoruglik ham elektromagnit toʻlkinlardan iborat deyishga asos boʻddi (1865). Bu

nazariyani amalga oshirishda nemis fizigi G. Gers tajribalarida elektromagnit toʻlqinlarni olishi

muhim rol oʻynadi. Rus fizigi A. S. Popov elektromagnit toʻlqinlardan radionl ixtiro qilishda

foydalandi.

M.K. Maksvell nazariyasiga koʻra, elektromagnit toʻlqinlar energiyaga ega va jismga

tushayotganda bosim koʻrsatadi. Tutash muhitlarda elektromagnit toʻlqinlar energiyasi

harakatini va uning saqlanish qonunini umumiy tarzda rus fizigi N. A. Umov birinchi boʻlib

ifodalab berdi (1874). Elektromagnit toʻlqinlarning , jumladan, yorugʻlikning bosim

koʻrsatishini rus fizigi P. N. Lebedev tajribalarida isbotladi (1899). 19-asr oxirlariga kelib,

Maksvell nazariyasiga, moddaning kinetik nazariyasiga va boshqalarga asoslangan E.

taqsimoti rivojlanishining yangi uchinchi davri boshlandi. E. tuzilishining diskretligi (atomistik

strukturasi) ga asoslangan taʼlimot yuzaga kela boshladi. Atom tarkibida elektrlangan zarralar

mavjudligi haqidagi fikrga asoslangan modda tuzilishining E. taʼlimoti — elektronlar nazariyasi

rivoj topdi. Bunda fransuz fizigi J. A. Puankare, golland fizigi X. A. Lonrents, ingliz fizigi J. J.

Tomsonlarning xizmatlari muhim ahamiyat kasb etdi. Irlandiyalik fizik G. Gelmgolts

Faradeyning elektroliz qonunlariga asoslangan holda E. zaryadining diskretligi, eng kichik

elektr zaryad — elementar zaryad mavjudligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi (1881). Ingliz fizigi

J.J.Stoni bu elementar zaryadni "elektron" deb atagan (1891). Katod nurlari, termoelektron

emissiya, fotoelektr hodisalar, radioaktivlik kabi yangi hodisalarni oʻrganish haqiqatda

atomlar tarkibida elektronlar mavjudligini isbotladi. E. Rezerford atom tuzilishining planetar

modelini tavsiya etdi. Shu davrga kelib, modda tuzilishining elektron nazariyasi bir qator

qiyinchiliklarga duch keldi. Mas, bu nazariya issiqlik nurlanish qonunlarini, metallarda elektron

gaz issiqlik sigʻimini, elektron oʻtkazuvchanlik bilan issiqlik oʻtkazuvchanlikning oʻzaro

munosabatiga doir nazariy va eksperimental natijalar mos kelmasligini klassik elektron

nazariyasi tushuntira olmadi, balki yangi nazariya — kvant nazariyaning yaratilishiga turtki

boʻldi.


E. haqidagi taʼlimot elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, televideniye va

boshqalar koʻpgina tarmoqlarning asosi hisoblanadi.

Adabiyot




Download 67,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish