Elektro elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliqhodisalar



Download 61,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi61,67 Kb.
#286062
  1   2
Bog'liq
Elektr - Vikipediya



Elektr

Elektr (elektro...) — elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliqhodisalar

majmui. Miloddan avvalgi 8-asrda yunon faylasufi F. Miletskiy jun matoga ishqalangan ebonit

parchasi momiq va boshqalar yengil buyumlarni oʻziga tortish xususiyatiga ega boʻlib qolishini

taʼkidlagan. Oradan ancha vaqt oʻtgach, 1600 yilda ingliz vrachi U. Gilbert ipakka ishqalangan

shisha va bir qator boshqa moddalar ham shunday xossaga ega boʻlishini aniqlagan va "E".

terminini qoʻllagan. Ishqalanish natijasida yengil jismlarni oʻziga tortadigan jismlarni elektrlangan

yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritildi. Faqat 18-asrga kelib E. hodisalari tez

surʼatlar bilan oʻrganildi. E. haqidagi taʼlimot taraqqiyotini 3 bosqichga ajratish mumkin: 1) tajriba

dalillarining toʻplanishi va asosiy tushunchalar, qonunlarni aniqlash davri (miloddan avvalgi 8-asr,

19-asr oʻrtalari); 2) elektromagnit maydon haqidagi taʼlimotning shakllanish davri (19-asr ikkinchi

yarmi); 3) E. atomistik nazariyasining shakllanish davri (19-asr oxiri 20-asr boshlari).

Taʼlimotning birinchi davridagi E. hodisalarining asosiylari quyidagilar. Ingliz fizigi S. Grey ayrim

jismlarning E. oʻtkazuvchanlik xususiyatlarini ochib, tabiatdagi barcha jismlarning oʻtkazgichlar

va izolyatorlarta boʻlinishini aniqladi (1727). Fransuz fizigi Sh. Dyufe va amerikalik olim B. Franklin

E. zaryadlarning 2 turi mavjudligini aniqlashdi. Zaryadlarning ebonitda hosil boʻlgani manfiy,

shishada hosil boʻlgani musbat ishorali deb olingan. Olimlar bu zaryadlarning oʻzaro

taʼsirlashishini (bir xil ishorali zaryadlarning bir-biridan itarilishini, har xil ishorali zaryadlar oʻzaro

tortishishini) aniqlashgan (1747—53). Ingliz fizigi va kimyogari G. Kavendish (1773) hamda

fransuz fizigi Sh. Kulon (1785) zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini kashf etishdi.

18-asr oʻrtalarida atmosferadagi E.ni, E. uchquni, E. razryadning biologik va fiziologik taʼsirini

oʻrganish rivojlandi. Nemis olimi E.G.Kleyst va golland fizigi P. Mushen Bruk tomonidan leyden

bankasining kashf etilishi (1745—46) E. hodisalarini va uning fiziologik taʼsirini oʻrganishga keng

yoʻl ochib berdi. B. Franklin, rus olimlari M. Lomonosov va G. Rixmanlar tomonidan chaqmoqning

elektr tabiati isbotlandi, uning E. nazariyasi yaratildi (1750—53). Akad. F. U. Epinus elektrostatik

induksiya va zaryadlarning oʻtkazgich sirtida bir tekis taqsimlanmasligi hodisalari bilan

shugʻullanib (1750), E. zaryadning saqlanish qonuni haqidagi oʻz fikrlarini aytdi. Italyan fiziklari L.




Galʼvani (1786) va A. Volʼta (1792) tomonidan tajribalar asosida kontakt E. hodisalari oʻrganilib

E.ning kimyoviy va kontakt manbalari kashf qilinganidan soʻng oʻzgarmas tok hosil boʻlishi

namoyish qilindi, oʻzgarmas tokning taʼsirini jadal oʻrganish boshlandi va E.ni amaliy qoʻllashga

birinchi urinishlar boʻldi. Rus fizigi V.V. Petrov elektr yoyni kashf etdi (1802), E.dan yoritish va

metallarni pechlarda eritishda foydalanish mumkinligini koʻrsatdi. A. Volta kontakt potensiallar

ayirmasi qonunini ochdi (1795). Nemis fizigi G. Om tok kuchi oʻtkazgichning uzunligiga,

koʻndalang kesimiga va galvanik elementlar soniga bogʻliq ekanligini tajribada aniqladi (1820).

Ingliz fizigi J. Joul (1841) va rus fizigi E. X. Lens (1842) birbiridan bexabar tok oʻtganda

oʻtkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini aniqlaydigan qonunni (qarang 

Joul — Lens

konuni

) kashf etdilar.



Daniyalik fizik X. Ersted elektr tokining magnit miliga taʼsir koʻrsatishini kashf qilish bilan (1820)

E. nazariyasida yangi bosqich — tokning magnit xossalari haqidagi taʼlimotni boshlab berdi.

Fransuz fizigi, matematigi va kimyogari A. Amper oʻzgarmas toklarning oʻzaro taʼsirini oʻrganib,

ikki elementar tokning oʻzaro taʼsir kuchlari toklar koʻpaytmasiga toʻgʻri mutanosib

(proporsional)ligini aniqladi (1820) (qarang 

Amper konuni

). Fransuz fiziklari J. Bio, F. Savar va P.

Laplas tok hosil qilgan magnit maydon kuchlanganligini aniqlaydigan qonunni kashf etdilar

(1820). Shunday qilib, ham doimiy magnit, ham elektr toki magnit maydoni manbai boʻlishi

mumkinligi isbotlandi. Doimiy magnit maydoni tokli solenoidning magnit maydoniga

oʻxshashligidan, Amper doimiy magnitlarning xossalariga, umuman jismlarning magnitlanib

qolishiga ularda mavjud boʻlgan elementlar aylanma toklar — molekulyar toklar sabab boʻladi,

degan gipotezani ilgari surdi. 20-asr boshida atom tuzilishiga oid kashfiyotlar natijasida

atomlardagi elektronlarning yadro atrofidagi aylanma haraKatlari tufayli molekulyar toklar hosil

boʻlishi aniqlandi. X. Ersted va A. Amperning katta mehnatlaridan soʻng magnetizm E. haqidagi

taʼlimotning tarkibiy qismi boʻlib qoldi. Shu davrga kelib, ingliz fizigi M. Faradeyning ilmiy faoliyati

boshlandi. Ayniqsa, uning 2 kashfiyoti: elektromagnit induksiya hodisasi (1831) va elektroliz

qonunlari (1834) fizika tarixida muhim ahamiyatga ega. Faradey bu kashfiyotlari bilan E.ning koʻp

texnik qoʻllanishiga nazariy asos yaratdi. E. X. Lens induksiyalangan elektr tokining yoʻnalishini

aniqlashning umumiy qoidasini aniqladi (1833) (qarang 

Lens qoidasi

). M. Faradey oʻz ishlarida

elektr va magnit maydonlari tushunchalarini kiritdi, maydonning oʻzgarishi va atrof muhitga

tarqalishida shu moddiy muhitning xususiyatlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. M.

Faradeyning elektroliz qonunlari elektrokimyoning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshdi va E.

zaryadlarining diskret ekanligi toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi.

E. haqidagi taʼlimotning ikkinchi davri 19-asrning 2-yarmidagi kashfiyotlar bilan bogʻliq. M.

Faradeyning elektr va magnit maydonlar haqidagi taʼlimotini ingliz fizigi J. K. Maksvell

chuqurlashtirdi va rivojlantirdi. Maksvellning eng katta ilmiy yutugʻi elektromagnit maydon

nazariyasining yaratilishidir (1860—65). Bu nazariyani u elektromagnit hodisalarning asosiy

qonuniyatlarini tavsiflovchi bir necha tenglamalar tizimi koʻrinishida ifodaladi (qarang 

Maksvell


tenglamalari

). Maksvell E. maydonning vaqt boʻyicha oʻzgarishi uyurma magnit maydonni va,




aksincha, magnit maydonning vaqt boʻyicha oʻzgarishi uyurma E. maydonni hosil qilishini oʻz

nazariyasiga asos qilib oldi. Maksvellning elektromagnit toʻlqinlar mavjudligini va ularning fazoda

yorugʻlik tezligi bilan tarqalishini oldindan aytib berishi (1865) unga yoruglik ham elektromagnit

toʻlkinlardan iborat deyishga asos boʻddi (1865). Bu nazariyani amalga oshirishda nemis fizigi G.

Gers tajribalarida elektromagnit toʻlqinlarni olishi muhim rol oʻynadi. Rus fizigi A. S. Popov

elektromagnit toʻlqinlardan radionl ixtiro qilishda foydalandi.

M.K. Maksvell nazariyasiga koʻra, elektromagnit toʻlqinlar energiyaga ega va jismga

tushayotganda bosim koʻrsatadi. Tutash muhitlarda elektromagnit toʻlqinlar energiyasi

harakatini va uning saqlanish qonunini umumiy tarzda rus fizigi N. A. Umov birinchi boʻlib ifodalab

berdi (1874). Elektromagnit toʻlqinlarning , jumladan, yorugʻlikning bosim koʻrsatishini rus fizigi P.

N. Lebedev tajribalarida isbotladi (1899). 19-asr oxirlariga kelib, Maksvell nazariyasiga,

moddaning kinetik nazariyasiga va boshqalarga asoslangan E. taqsimoti rivojlanishining yangi

uchinchi davri boshlandi. E. tuzilishining diskretligi (atomistik strukturasi) ga asoslangan taʼlimot

yuzaga kela boshladi. Atom tarkibida elektrlangan zarralar mavjudligi haqidagi fikrga asoslangan

modda tuzilishining E. taʼlimoti — elektronlar nazariyasi rivoj topdi. Bunda fransuz fizigi J. A.

Puankare, golland fizigi X. A. Lonrents, ingliz fizigi J. J. Tomsonlarning xizmatlari muhim

ahamiyat kasb etdi. Irlandiyalik fizik G. Gelmgolts Faradeyning elektroliz qonunlariga asoslangan

holda E. zaryadining diskretligi, eng kichik elektr zaryad — elementar zaryad mavjudligi haqidagi

gʻoyani ilgari surdi (1881). Ingliz fizigi J.J.Stoni bu elementar zaryadni "elektron" deb atagan

(1891). Katod nurlari, termoelektron emissiya, fotoelektr hodisalar, radioaktivlik kabi yangi

hodisalarni oʻrganish haqiqatda atomlar tarkibida elektronlar mavjudligini isbotladi. E. Rezerford

atom tuzilishining planetar modelini tavsiya etdi. Shu davrga kelib, modda tuzilishining elektron

nazariyasi bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Mas, bu nazariya issiqlik nurlanish qonunlarini,

metallarda elektron gaz issiqlik sigʻimini, elektron oʻtkazuvchanlik bilan issiqlik

oʻtkazuvchanlikning oʻzaro munosabatiga doir nazariy va eksperimental natijalar mos

kelmasligini klassik elektron nazariyasi tushuntira olmadi, balki yangi nazariya — kvant

nazariyaning yaratilishiga turtki boʻldi.

E. haqidagi taʼlimot elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, televideniye va

boshqalar koʻpgina tarmoqlarning asosi hisoblanadi.

Kudryavsev P. S, Istoriya fiziki, M., 1956;

Rahimov Gʻ. R., Elektronika, T., 1968; Tamm I. Ye., Osnovn teorii elektrichestva, M., 1976;

Fozilov H.F., Us t anovivshiyesya rejimn elektroenergeticheskix sistem i ix optimizaniya, T,

1999.

Adabiyot




Download 61,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish