Muallif - O.A.Amanov
Siz uchun qulay raqobat strategiyasini tanlash o’zingizning imkoniyatingizga
bog’liq. Agar, jixozlaringiz eskirgan, xodimlar malakasi past va portfelda manfaatli
texnik yangiliklar bo’lmasa, lekin ish haqida va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari
unchalik yuqori bo’lmasa, A1 yoki B1 strategiyani qabul qilishingiz mumkin.
Agar xom ashyo va materiallar sizga juda qimmatga tushsa, lekin korxona
takomillashgan jixozga, yuqori darajadagi konstruktorlik ishlanmalar yoki
kashfiyotlarga, yuqori malakali kadrlarga ega bo’lsa, sifatli mahsulot yoki noyob
tovarlar ishlab chiqarish hisobiga raqobatbardoshlikka erishish mumkin bo’ladi.
Tabiyki, siz dastlab tanlangan strategiyada oxirigacha qolishingiz shart emas.
B 1 strategiyadan boshlab, ya’ni uncha boy bo’lmagan xaridorlar guruhiga mos
keluvchi bir – ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirgach, yangi
strategiyani o’zlashtirishga tayyorgarlik ko’rishni boshlash mumkin.
ENG qimmatli hisoblangan raqobat ustunligi-firmaning obro’si hisoblanadi.
Ushbu ustunlikka juda qiyinchilik bilan, asta sekin va katta mablag’ hisobiga
erishiladi. Ana shu sababdan Amerika avtomobil kom’aniyalari eng kichik nosozlik
aniqlanganda ham barcha avval sotilgan mashinalarni ushbu defektlarni bartaraf etish
uchun qaytaradi. Bunday harakatga ularni sug’urta kom’aniyalarning da’volaridan
qo’rqish emas, balki firma obro’sini, uning nomini saqlab qolish istagiundaydi.
Xorijdagi yetakchi firmalar ijobiy fikrlarni shakllantirish va saqlab qolish maqsadida
“Pablik relletik” ya’ni jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashga intilishi ham
bejis emas.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan
holda A2
va V2 strategiyalarini
raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan eng ishonchli strategiyalar deb hisoblash
mumkin. Lekin, boshlang’ich davrda A1va V1 strategiyalardan ham foydalanish
mumkin. Har qanday sharoitda ham siz u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish kerakli degan savolga javob bera olasiz. Demak, barcha imkoniyat va
kamchiliklarni solishtirib ko’rib, siz o’z biznesingiz predmeti bo’ladigan tovarni
tanladingiz. Endi biznes reja bilan qiziquvchilar-’otentsial investorlarni tanlovingiz
to’g’ri ekanligiga ishontirishingiz zarur.
Buning uchun siz quyidagi savollarga aniq javob berishingiz kerak:
sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qanday talabni qondiradi;
sizning mahsulotingiz raqobat ajratib turuvchi qanday xususiyatga ega;
ushbu tovar qancha davr davomida bozorda yangilik bo’lib turadi?
(sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangizning tahliliy bahosi);
sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangiz qanday patent yoki avtorlik
guvohnomasi bilan himoyalangan?
Eng muhim va ko’pincha tadbirkorlar tomonidan e’tibor qaratilmaydigan
element tovar yoki texnologiyangizda ishlab chiqarilgan mahsulotning ko’rinishi
hisoblanadi. Xorijiy ishlab chiqaruvchilar xaridorlar yaratilgan mahsulot haq
bo’lmaganda tajriba namunasini ko’rsatishni talab qiladilar. SHu sababdan biznes
reja tarkibiga tovaringizning suratini kiritish u to’g’risida taasurot olish imkoniyatini
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |