7.2 – chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi.
Biznesda yutuqga erishish uchun o’z faoliyatiga muvofiq keluvchi,
imkoniyatlarini ishga soluvchi bozorni hususan, raqobatchilar tomonidan yetarli
foydalanilmagan yoki e’tibor qaratilmagan, butun faoliyatining quyilish nuqtasi
hisoblangan “Bozor uyasi” ni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu “uya”
tanlangan iste’molchilarga qaratiladi. “Bozor uya” si – bu, mavjud va tan olingan
Huquqiy va iqtisodiy
cheklovlar
Bilim, tajriba,
aql va tadbirkorlik
qobiliyati
Biznes maqsadi
Iqtisodiy
kon’yunktura
Maqsadga muvofiq
bo’lgan hamkorlik va
kooperatsiya
Bozor vaziyati tahlili
Tanlov
omillari
Faoliyat
sohasi
Muallif - O.A.Amanov
talablar va jamiyatning to’liq tan olinmagan muammolarini hal etish va qondirishning
noan’anaviy usullari bilan o’zaro muvofiqlashtirishdir.
Korxona joylashgan hududning geografik va iqtisodiy, tarixiy ma’lumotlaridan
tashqari ustav kapitalining miqdori, kapitalning ta’sischilar orasida taqsimlanishi
bilan birgalikda quyidagilarni ham havola etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1.
Soliq to’lovchining identifikatsion raqami;
2.
Korxonaning to’liq nomi;
3.
Korxona ro’yhatga olingan sana va guvohnoma raqami;
4.
Korxonaning manzili, telefon raqami va faks;
5.
Korxona bo’ysinuvchi tashkilot;
6.
Korxonaning asosiy faoliyat turi;
7.
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
8.
Korxonaning mulkchilik shakli;
9.
O’zbekiston Respublikasining yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi
to’g’risidagi ma’lumotnoma;
10.
Bank rekvizitlari;
11.
Korxonani nazorat qiladigan soliq ins’ektsiyasining manzili;
12.
Korxonaning tashkiliy strukturasi;
13.
Korxona rahbarlarining familiyasi va ismi, telefon raqamlari;
14.
Korxona faoliyati natijalariga ma’sul menejerlar tavsifi.
Zaruriy ma’lumotlar quyidagi tartibda jamlanadi:
1.
1, 2, 4, 6, 7, 8-punktlar korxonaning ta’sis hujjatlari asosida to’ldiriladi.
2.
3-punkt korxonani ro’yhatdan o’tkazgan mahalliy Davlat organlari
tomonidan berilgan guvohnoma asosida to’ldiriladi.
3.
9-punkt Moliya Vazirligi tomonidan yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi
haqidagi ma’lumotnoma asosida to’ldiriladi.
4.
10-punktda korxonaning bankdagi hisob raqami hamda korxonaga xizmat
ko’rsatuvchi bank manzili keltiriladi.
5.
12-punkt chizma ko’rinishida havola etiladi.
6.
13-punktda korxonaning barcha rahbarlari to’g’risida to’liq ma’lumotnoma
havola etiladi.
Bunda quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
familiya va ismi;
telefon raqami va faksi;
yoshi;
ma’lumoti va tajribasi (bazaviy ma’lumot haqida dip’lom havola etgan
oliygoh nomi ko’rsatilishi shart);
avvalgi ish joylaridagi lavozimi hamda ishlagan davri;
mazkur korxonada ishlash davri.
Shuningdek, ta’sischilar tarkibidagi eng yirik ulushni qo’shgan shaxslarni yoki
aktsionerlarni ko’rsatilishi ham talab etiladi. Korxona to’g’risidagi ma’lumotlarning
aniq bo’lishi qiziquvchilarning yoki investorlarning ishonchini va uning bozordagi
barqaror o’rni haqidagi fikrlarni mustahkamligini ta’minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |