7
O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlariga asosan. Toshkent 2015 yil , 187 bet.
Muallif - O.A.Amanov
ehtiyojlariga yo’naltirib turadigan faoliyat samarasini oshirishga ijobiy ta’sir
ko’rsatadigan omillarni ifodalaydigan jihatlariga ega bolgan, makon va vaqt birligida
o’zgarmaydigan tartiblar majmuasidan iborat bo’lishi kerak.
Korxona faoliyatining tashkil qilinishi, avvalambor, tegishli tashkiliy-tarkibiy
boshqaruv tuzilmasining mavjud bo’lishini talab qiladi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarining tegishli darajada texnologik
boshqaruvini, o’zaro harakatlarini moslashtirishni ta’minlash zaruriyati.
Uchinchidan, faoliyat tashkil qilish, boshqarishda qarorlar qabul qilish va
hokazo hollarda qonunning ustunligini ta’minlash.
To’rtinchidan, korxonalarning barchasi huquqiy nuqtai nazardan tengligini
ta’minlash zaruriyati.
Beshinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mavjudligidan kelib chiqish.
Oltinchidan, biznes shaklini tanlash erkinligi, albatta korxonaning ijtimoiy-
iqtisodiy zaruriyatidan kelib chiqqan holda.
Yettinchidan, korxona xo’jalik faoliyatiga davlatning aralashmasligi, uning
faoliyat ko’rsatishida erkinligi.
Sakkizinchidan, korxonalarning biron bir mafkuraga bo’ysunmasligi, ularning
mafkuradan ozodligi.
Bu umumiy qoidalar korxonalar faoliyatini jamiyat nuqtai nazaridan,
ularning manfaatlaridan kelib chiqib, samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga
yo’naltirilgan. Albatta, korxonalar o’z faoliyatini yuritishda samaradorlikni
ta’minlash maqsadida tejamkorlikni, moliyaviy barqarorlikni va resurslar bilan
ta’minlashga intilishlari zarur.
Korxonani barpo etlish o’ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo’ladi.
Korxonaning tuzilishi uni tashkil etish to’g’risida tug’ilgan g’oyani
asoslashdan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi:
korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ular o’rtasida shartnoma tuziladi;
ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilsh;
korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash;
korxonaning Ustav (Nizomini) rasmiylashrish;
korxona biznes-rejasini ishlab chiqish;
korxona muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash;
korxonani soliq organidan ro’yxatdan o’tkazish;
bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish;
korxonalr ajrtmalar o’tkazishi majbur bo’lgan, respublikada mavjud
maqsadli jamg’armalarda hisobga qo’yilishi;
korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish va ro’yxatdan o’tganlik to’risida
hujjat olish.
Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy
ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholini ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni
jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish
bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini topadi; va
nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish , halq iste’mol tovarlarini ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |