Muallif - O.A.Amanov
Zamonaviy ishlab chiqarishda ichki faoliyatni rejalashtirish menejmentning
asosiy funksiyalari – maqsadni belgilash, tashkil etish, hisob, nazorat, yo’naltirish va
rag’batlantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ushbu funksiyalar nafaqat
korxonaning reja – iqtisodiy faoliyati predmeti, balki ichki xo’jalik rejalashtirishning
obyektini ham belgilaydi.
Zamonaviy sharoitlarda barcha korxona va firmalar iqtisodiy faoliyatini
rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni iste’moli
va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish resurslarining
cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni
ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy ne’matlar iste’molchilari uchun ham
iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi sharoitda barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab
chiqaruvchi va iste’molchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir korxona
qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishni mustaqil ravishda tanlaydi.
Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirish ayrim shaxslar va mehnat jamoalarining,
kichik va yirik korxonalar uchun erkin bozor munosabatlarini vujudga kelishining
asosi bo’lib qolmoqda. Rejalashtirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish va
iste’mol qilish, tovar va xizmatlarga bo’lgan bozor talabi va firma hamda korxonalar
tomonidan ularning taklifi o’rtasida mutanosiblik saqlanadi. Bunda ishlab
chiqaruvchilar iste’molchilar talabini to’laroq qondirishga harakat qiladilar.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish
maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy
maqsadlarining ilmiy asoslashdan iboratdir.
Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlab chiqarish — xo’jalik tashkiliy
boshqaruv, moliyaviy iqtisodiy muammolarni umumiy tarzda ko’rib chiqish bilan
cheklanib qolmay, kelgusida qabul qilinadigan qarorlarga diqqatni jalb qilishni ham
ko’zda tutadi. Shu sababdan mavjud muammoni rejalashtirish davomida hal etib
borish kelgusida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish vositasi
bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingni, ishlab chiqarish
menejmentining va umuman xo’jalik yuritishning butun iqtisodiy tizimining asosi
bo’lib hisoblanadi. Bu esa korxonada vujudga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy
va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashishni taqozo etadi.
Rejalashtirish turli iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa
funksiyalarni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning o’z aro ta’sir
mexanizmi mavjud maqsad va ularga erishish vositalarini umumiy tizimga
birlashtirishni talab etadi.
Masalan, korxona faoliyatining istiqboldagi iqtisodiy ko’rsatgichlarini
rejalashtirishda amaldagi ilg’or me’yorlar, standartlar, ilmiy shartlar va iqtisodiy
maqsadlardan to’liq foydalanish zarur.
Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin.
1.
Iqtisodiy o’sish – korxonaning iloji boricha ko’proq miqdorda va yuqori
sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |