Qisqacha xulosalar
Korxonada moliyaviy rejalashtirish uning barcha daromadlarini va pul
mablag’larini sarflash yo’nalishlarini rejalashtirishdir.
Moliyaviy rejalashtirish turli mazmun va maqsaddagi moliya rejalarini
tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Rejalashtirishning turidan kelib chiqqan holda
moliyaviy rejalar ham uzoq muddatli, joriy va operativ rejalarga bo’linadi.
Moliyaviy reja tarkibiga daromadlar rejasi, harajatlar rejasi, korxona
aktiv va passivlari balansi kiradi. Ular birinchi yil uchun kvartallar bo’yicha, uchinchi
yil uchun esa bir yilga tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |