15.3. Moliyaviy rejalashtirish va naqd pul harakatining bashorati
Balans siyosati deganda yillik hisobot tuzishning soliq qonunlari, boshqa
barcha qonunlarning talabi va qabul qilingan (talablar) tamoyillar doirasida
kompaniya balansini tuzish tushuniladi. Bu tushuncha korporatsiyaning tashqi
balansiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘tkaziladigan kapital strukturasi va foyda
miqdorini o‘zgarish choralarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina kichik va yirik
korxonalarning balans siyosatining asosiy maqsadi soliqqa tortish bazasini
kamaytirish va qonun doirasida soliq to‘lovlarini qisqartirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |