Muallif - O.A.Amanov
XIV BOB. KORXONADA XARAJATLARNI REJALASHTIRISH
Tayanch so’z va iboralar: mahsulot tannarxi, xarajatlarni turkumlash,
kalkulyatsiya, umumiy kalkulyatsiya, tur kalkulyatsiya, xarajatlarni yiriklashtirilgan
holda rejalashtirish, xarajatlarni detallashtirilgan holda rejalashtirish, xarajatlarni
kamaytirish.
14.1. Mahsulot tannarxi to’g’risida tushuncha va xarajatlarning
turkumlanishi
Mahsulot tannarxi – korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib,
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi.
Tannarxda asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari o’z aksini to’adi.
Mahsulot tannarxi barcha ishlab chiqarish resurslari sarfining yakuniy
o’lchovini belgilaydigan ko’rsatkichdir. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish
hajmining o’zgarishi, mehnat unumdorligi, korxona faoliyatining barcha tomonlarini
takomillashtirish o’z aksini aynan tannarx ko’rsatkichida topadi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirishda 1 so’mlik tovar mahsulot uchun xarajatlar
ko’rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko’rsatkich ishlab chiqarish samaradorligi
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanib, mahsulot tannarxini tovar mahsulot hajmiga nisbati
orqali aniqlanadi.
Mahsulot
tannarxi
innovatsion
faoliyat
samaradorligini
hisoblashda
qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkich hisoblanadi (kapital qo’yilmalarning qo’lanish
muddati, yillik iqtisodiy samara, keltirilgan xarajatlar).
Tannarx mahsulot birligi bahosining asosini tashkil etadi. Demak, ushbu
ko’rsatkichning asoslanganlik darajasi korxona faoliyatining barcha qiymat
ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tannarxning pasayishi bahoning ham
kamayishiga olib kelar ekan, ushbu holat aholi daromadlarining, farovonligining
oshishini ta’minlaydi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” gi Nizomga
muvofiq shakllantiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga
quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va
bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, Shu jumladan,
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga
ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |