Muallif - O.A.Amanov
kapital qo’yilmalarga qo’yiladigan cheklanishlar va mukofotlar tizimi haqida
ma’lumot beradi.
E) Direktorlar kengashi. Bu o’rinda korxonaning direktorlar kengashi
strukturasi va soni haqidagi qarori, uning a’zolarining tarkibi va korxonaga
keltiradigan nafi haqida ma’lumot beriladi.
J) Boshqa aksiyadorlar. Boshqa aksiyadorlar (boshqaruv komandasidan
tashqari) tarkibi, ularning huquq va majburiyatlari, yozma ravishdagi kafolatlari
sanab o’tiladi.
3. Professional maslahatchilar va xizmatchilar.
Barcha korxonalar (firmalar) katta kichikligidan qat’iy nazar buxgalter,
huquqshunos, banklar, sug’urta agenti yoki broker xizmatidan foydalanadi. Shu
sababdan ushbu bo’limda auditorlik xizmati, reklama, huquq, bank operatsiyalari
bo’yicha yollanadigan mutaxassislarning nomlari va ishlaydigan tashkilotlarni sanab
o’tish lozim.
Kichik korxona va firmalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib
keladigan omillar tahlil qilinganda shu narsa aniklandiki, 98 % muvaffaqiyatsizlik
noto’g’ri boshqaruv natijasida va 2 % ularga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra ro’y
berar ekan. Ushbu bo’limni tuzishda ana shu sharoitni albatta e’tiborga olish lozim.
Bankrotlikning keng tarqalgan sabablaridan quyidagilarni ajratib ko’rsatish lozim:
1.Boshqaruv bilimining yetishmasligi – 45 %
2.Ushbu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdagi tajribaning yetishmasligi–9 %
3.Boshqaruv tajribasining yetishmasligi – 18 %
4.Tor mutaxassislik – 20 %
5.Zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi – 3 %
6.Aldash – 2 %
7.Baxtsiz hodisa – 1 %
Jami – 98 %
Xodimlarni boshqarish juda murakkab jarayon hisoblanib, hammaning ham
qo’lidan kelavermaydi. Shu sababdan boshqarish tizimini yo’lga qo’yish, kadrlarni
yollash, tayyorlashni tashkil etish, xodimlarni boshqarish usullarini o’rgatishga
yordam beruvchi mutaxassisni yollash maqsadga muvofiqdir. Bu yuzaki qaraganda
qimmatga tushadigan istakka o’xshaydi. Lekin chuqurroq tahlil qilinganda,
xodimlarni noto’g’ri tanlash natijasida yuzaga keluvchi xarajatlar bundan ham ortiq
bo’lishi mumkin. Shu sababdan xodimlarni boshqarish chuqur rejalashtirishga
muhtojdir, bu yerda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:
Yaqin kelgusida, ya’ni 5 yil davomida:
1) Qancha xodimlar talab etiladi?
2) Qancha mutaxassis zarur?
3) Shu mutaxassislarga egamisiz?
4) Ular ishga qanday shartlar asosida qabul qilinadilar (doimiy yoki vaqtincha)
5) Ularning mehnati qanday taqdirlanadi – qat’iy maosh yoki soatbay to’lov
6) Qanday qo’shimcha to’lovlarni ko’zda tutasiz?
7) Ishdan tashqari ishlagan vaqt uchun qo’shimcha to’lovlar ko’zda tutiladimi?
8) Kadrlarni tayyorlash bilan shug’ullanasizmi? Bu qancha turadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |