11-mavzu:
Mikroprosessorli tizim (MPT).
Reja:
1. Asosiy tushunchalar, MPTni klassifikatsiyasi.
2. Mikroprosessorli umumlashgan arxitekturasi.
Asosiy tushunchalar, MPTni klassifikatsiyasi.
Mikroprosessor
(boshqacha nomi) – markaziy prosessor. Markaziy prosessor
(CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur tomonidan berilgan
arifmetik va mantiqiy operasiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo’lib, hisoblash
jarayonini
boshqaradi
va
kompyuterda
mavjud
barcha
qurilmalar
ishini
muvofiqlashtiradi.Aksariyat hollarda markaziy prosessor o’z ichiga:
arifmetik-mantiqiy qurilmani;
malumotlar shinalari va manzillar shinalarini;
registrlarni;
komandalar hisoblagichini;
kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga qadar)
saqlash qurilmasi nuqtasi o’zgaruvchan sonlarning matematik soprosessorini mujassam
etadi.
Zamonaviy prosessorlar mikroprosessorlar ko’rinishida tayyorlanadi. Jismonan
mikroprosessor integral sxema ko’rinishidan iborat, yani u umumiy maydoni atigi bir
necha kvadrat millimetr keladigan to’rtburchak shaklga ega kristall holatdagi
kremniyning yupqa plastinkasi ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ustiga prosessorning
barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka,
odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning
tizim platasiga ulash imkoni bo’lishi uchun metall tillachalariga ega tilla simlar bilan
ulanadi.Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta prosessorlar bo’lishi mumkin.
Bunday tizimlar – ko’p prosessorli tizimlar deb ataladi.Eng birinchi MP-4004 rusumli
mikroprosessor 1971 yilda Intel firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi
kunda mikroprosessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel
va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprosessorlar eng ko’p
tarqalgani mikroprosessorlar deb e’tirof etilmoqda.
Markaziy protsessor (MP) arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi qurilmadir.
Uning tarkibiga arifmetik mantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi kiradi. Odatda, MP
bitta yoki bir nechta mikroprosessordan tashkil topgan bo’lib, ular 4 dan to 64
razryadligacha bo’ladi. Kompyuterlarda mikroprosessorning razryadlar soni muhim rol
o’ynaydi va u qancha ko’p bo’lsa, kompyuter shuncha kuchli hisoblanadi. Razryadlar
soni deganda bir paytda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushuniladi. Hozirgi
kunda 4- , 8-, 16-, 32- 64 razryadli kompyuterlar mavjud. Markaziy protsessor (ingl.
central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi
tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprosessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik
va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-
ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o’ta katta
integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni
bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida
necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128
razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda.
Klaviatura ma’lumotlar va dasturlarni SHEHMning xotirasiga kiritish uchun
xizmat qiladi.Operativ ichki xotira (OIX) katta integral sxemalar to’plami bo’lib,
ma’lumotlarni vaqtincha saqlash imkonini beradi.Doimiy xotira (DX) mikrodasturlarni
xotirada doimiy saqlash uchun qo’llaniladi. Bu dasturlar mashinaga mo’ljallangan
(assembler) tillarida bo’lib, ayrim amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Odatda, DXda
interpretator (yoki translyator) joylashadi.Magnitli diskda tiplagich (MDT) ma’lumotlarni
magnitli diskda yozish va undan o’qish uchun qo’llaniladi. Ma’lumotlar sO’nli yoki
dastur ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Magnit tasmasida to’plagich (MTT) oddiy xo’jalik magnitofonlari bo’lishi
mumkin. Bu qurilmalarning vazifasi ham MDTniki kabidir.Displey alfavitli-raqamli va
grafik ma’lumotlarni akslantiruvchi qurilma bo’lib, u foydalanuvchi bilan SHEHM
orasidagi dialogni tashkil qiluvchi asosiy qurilmadir.