HAA –
hakamlar va axborot apparatlari.
HARAKAT KO’NIKMALARI VA MALAKALARI
– mashqlarni harakat
ko’nikmasi va harakat malakasi bo’lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko’nikma
va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi.
HARAKATLI O’YINLAR -
jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali,
jamoaga uyushmay, o’zining ma’lum sport maydoniga, standart qoidasiga ega
bo’lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o’z ichiga olgan
harakatlar tarzida ular asta-sekinlik bilan kiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib,
sport o’yinlariga aylandi. Demak, sport o’yini ham harakatli o’yindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |