YUGURISH
–
futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To`pni
boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib
oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to`pni boshqarish
texnikasiga ham kiradi. Futbolda yugurishning quyidagi usullari qo`llaniladi: oddiy
yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam
tashlab yugurish.
YUKLAMA
–
sport o`yinlarida
raqib jarima maydonchasiga to`pni
havolatib o`zining jamoadoshi hujumchisiga yetkazib berish raqibning mustahkam
himoyasidan o`tishda qo`l keladi.
YULDUZ
–
mashhur sportchi.
O`YIN, bahs (match
)
– ikki futbol jamoasining futbol qoidasi va hakam
qo`shgan vaqti mobaynida musobaqalashishi. O`yin ikki taymdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |