MURAKKAB REAKSIYA
- tanlay olish reakstiyasidir. Oldindan
belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlangani tanlab
olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha harakatdan kelishib
olinganini bajarish tushuniladi.
NAYZA
–
yengil atletika sport turida uloqtirish anjomi bo’lib, uchta asosiy
qismdan tashkil topgan: jumladan, dasta, metaldan yasalgan uchlik va o’rama
qismi. Dasta qismi butun yoki ichi bo’sh holatda ishlangan bo’lib, metaldan
yasaladi va metal uchlikka mahkamlanadi, metal uchlik o’tkir oxirgi qism bilan
tugallanadi. Nayzaning og’irligi 600, 700, 800 gramm, uzunligi ayollar uchun
2,20–2,37, erkaklar uchun 2,60 – 2,70 metrni tashkil qiladi (sportchilarning jinsi va
yoshiga bog’liq holatda).
Do'stlaringiz bilan baham: |