Buxoro davlat universiteti b. Ibragimov, M. Ibragimov sport turlari bo


Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi



Download 7,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/324
Sana13.01.2022
Hajmi7,06 Mb.
#357211
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   324
Bog'liq
joxa 1

Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi 
Natija  
Jamoalar bo’yicha baholash ochkolari 






G’alaba 
18 
15 
12 



Durang  
12 
10 




Mag’lubiyat  






O’yinga kelmaganlik 






 
Musobaqada  o’rinlar  jamoalarning  hamma  o’yinlarda  to’plagan  ochkolari 
yig’indisiga  qarab  uzil-kesil  aniqlanadi.  Eng  ko’p  ochko  to’plagan  jamoa  g’olib 
hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha jamoalarning to’plagan ochkolari soni bir xil 
bo’lsa,  g’olibni  uzil-kesil  aniqlash  uchun  ular  o’rtasida  qo’shimcha  o’yinlar 
o’tkazilishi mumkin yoki o’rinlar kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati 
bo’yicha,  yoki  ular  o’rtasida  musobaqa  jarayonida  o’tkazilgan  o’yin  natijalari 
bo’yicha aniqlanadi.  


135 
 
Jismoniy  tarbiya  jamoalari  musobaqada  ishtirok  etish  natijasida  to’plagan 
ochkolari yig’indisiga qarab klublar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi.  
Quyida  nisbatan  qisqa  muddatlarda  ko’p  jamoa  ishtirokida  o’tkaziladigan 
musobaqalarda qo’llaniladigan davrali o’yin tizimining xillarida biri keltiriladi. Bu 
tizimda  hamma  jamoalar  bir  necha  guruhga  bo’linadi.  Har  bir  kichik  guruhdagi 
o’yinlar  davrali  tizim  bo’yicha  ochkolar  berish  yo’li  bilan  o’tkaziladi.  Shundan 
so’ng  kichik  guruh  g’oliblaridan  yoki  kichik  guruhlarda  1-2-o’rinlarni  olgan 
jamoalardan  yangi  guruhlar  tuziladi  va  bu  guruhlar  ham  davrali  tizim  bo’yicha 
o’yinlar o’tkazadi. G’olibni aniqlash uchun bo’ladigan final o’yin guruh g’oliblari 
o’rtasida  o’tkaziladi.  Qolgan  hamma  o’rinlar  kichik  guruhlarda  tegishli  o’rinni 
egallagan jamoalar o’rtasida o’yinlar o’tkazish bilan aniqlanadi. 
Masalan:  Germaniyada  bo’lib  o’tgan  16  jamoa  o’rtasidagi  1974-yilgi  jahon 
birinchiligi musobaqalari shunday tizim bo’yicha o’tkazilgan. Dastlabki bosqichda 
hamma jamoalar to’rtta guruhga bo’lingan edi:  
  I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar  
III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar  
 II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar  
IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar  
Jamoalar  raqamlari  qur’a  tashlash  bilan  aniqlanadi.  Ayrim  hollarda,  jahon 
birinchiligida  bo’lgani  kabi,  har  bir  guruhga  avvalgi  jahon  birinchiligida  katta 
natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.  
Kichik  guruhlarda  jamoalar  davrali  tizim  bo’yicha  o’ynaydilar.  Kichik 
guruhlarda  o’tkazilgan  o’yin  natijalariga  qarab,  har  birida  4  tadan  jamoa  bo’lgan 
ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1-bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan 
chiqib ketar va ularning  o’rni aniqlanmas edi, garchi buni  xuddi shunga o’xshash 
tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):  
     «A» guruh  
 
 
        «B» guruh 
I guruh 1- o’rin  
 
I guruhdagi 2- o’rin  
II guruh 2 - o’rin    
II guruhdagi 1- o’rin  
III guruh 1 –o’rin    
III guruhdagi 2- o’rin  
IV guruh 2- o’rin    
IV guruhdagi 1- o’rin  
«A»  va  «B»  guruhlarda  jamoalar  davrali  tizim  bo’yicha  bir  davra  o’yin 


136 
 
o’tkazadilar.  Finalda  birinchi  o’rin  va  chempionlik  unvonini  olish  uchun  «A»  va 
«B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3-4 o’rinlar uchun esa guruhlarda 
ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday jadval bo’yicha 16 
jamoa  bo’lganda,  dastlabki  to’rt  o’rinni  aniqlash  uchun  38  ta  o’yin  o’tkazilgan 
bo’lishi kerak.  
Guruhlarda  tegishli  o’rinlarni  egallagan  jamoalar  o’rtasida  o’tkaziladigan 
shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.  

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish