2. Demokratizm prinsipi.
Demokratizm eng avvalo Kons-
titutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi sudyalarining ma’lum
muddatga Senat tomonidan saylab qo‘yilishida ko‘rinadi. Sudlar-
ning ish yuritishida, sud jarayoni ishtirokchilarining teng huquq-
liligi ham demokratizmning ifodasidir. Quyi sudlar sudyalari
Prezident tomonidan tayinlanar ekan, nomzodlarni tanlashdagi
erkinlik, oshkoralik, tegishli talabga javob beruvchilarni sudyalik
lavozimiga rezervga qo‘yish, ularni tanlov asosida tanlab olib,
Prezidentga tayinlash uchun tavsiya qilish, tanlov komissiyasi
tarkibida turli davlat organlari, ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurt
-
lari vakillarining bo‘lishi demokratizmning namoyon bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |