Konstitutsiyaviy


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi va chega



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi va chega

-

ralarini o‘zgartirish tartibi

Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston tarkibidagi suveren Respublika 

deb  belgilangan  ekan,  suverenlikning  muhim  xususiyati  hudud 

va  chegaradir.  Shuning  uchun,  O‘zbekiston  Respublikasi  Kon

-

stitutsiyasining  73-moddasida:  “Qoraqalpog‘iston  Respublikasi- 



ning hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin 

emas.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  o‘z  ma’muriy-hududiy  tu-

zilishi masalarini mustaqil hal qiladi”, – deb mustahkamlangan. 

Qoraqalpog‘iston  chegarasi  faqat  uning  roziligi  bilan  Jo‘qorg‘i 

Kenges  qaroriga  asosan  Oliy  Majlis  tomonidan  o‘zgartirilishi 

mumkin.


Bu  birinchidan,  Qoraqalpog‘istonning  chegarasi  va  hududi 

uning o‘z roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligini o‘rnatadi. 

Bu  Qoraqalpog‘istonning  umumiy  hududiga  taalluqlidir.  Chega

-

ra,  hududning  o‘zgarishi  Qoraqalpog‘iston  hududining  kamayi



-

shi  yoki  ko‘payishiga  olib  keladi.  Ikkinchidan,  Qoraqalpog‘iston 

o‘z  ma’muriy-hududiy  tuzilishini  ham  mustaqil  hal  qila  olishini 

ko‘rsatadi.  Shundan  kelib  chiqib,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 




273

Konstitutsiyasining  “Davlat  suvereniteti”ni  belgilovchi  birinchi 

bobi, 3-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining ma’mu-

riy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qilishi belgilangan.

Shunga mos ravishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kons-

titutsiyasining 66-moddasida: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tu

-

manlar, shaharlar, shaharchalar, ovullardan iborat”, – deb belgi



-

langan.  Bu  Qoraqalpog‘istonning  ma’muriy-hududiy  birligi  ikki 

bo‘g‘indan  iboratligini  ko‘rsatadi.  Tuman  va  shahar  –  yuqori 

bo‘g‘in, shaharcha, ovullar – quyi bo‘g‘in.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  67-mod

-

dasida  “Tumanlar,  shaharlar  tashkil  qilish  va  ularni  tugatish, 



shuningdek  ularning  chegaralarini  o‘zgartirish  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kenges  tomonidan  amalga  oshiriladi”  – 

deb mustahkamlangan.

Shulardan kelib chiqib, “O‘zbekisiton Respublikasida ma’muriy-

hududiy  tuzilish,  toponimik  obyektlarga  nom  berish  va  ularning 

nomini  o‘zgartirish  masalalarini  hal  etish  tartibi  to‘g‘risida”gi 

Qonunda  ma’muriy-hududiy  masalalarda  Qoraqalpog‘istonning 

huquqlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Qonunning  2-moddasiga  asosan,  Qoraqalpog‘istonda  tuman

-

larni  tuzish  va  tugatish  Qoraqalpog‘iston  hukumatining  taklifiga 



muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Shunday qoida O‘zbe-

kiston Konstitutsiyasining 69-moddasida ham nazarda tutilgan.

Ovullarni  tuzish  va  tugatish  tuman  hokimining  iltimosiga 

asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘istonda  tumanlarni  o‘zgartirish  tegishli  tuman 

hokimining  iltimosnomasiga  asosan  Qoraqalpog‘iston  huku

-

matining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga 



oshiriladi.

Ovullar  chegarasini  o‘zgartirish,  aholi  punktlarini  birlash-

tirish  tuman  hokimlarining  iltimosnomasiga  asosan  Jo‘qorg‘i 

Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  poytaxtini  belgilash  va 

ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan 

Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.



274

Ovullar ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegish

-

li tuman hokimining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges to



-

monidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarni respublika bo‘y-

sunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish hu

-

kumatning  taklifiga  ko‘ra  Jo‘qorg‘i  Kenges  tomonidan  amalga 



oshiriladi.

Shaharlarni, aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shahar

-

lar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli tuman hokim



-

larining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston hukumatining 

taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tu

-

man hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges to



-

monidan amalga oshiriladi.

Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegish-

li  tuman,  shahar  hokimlarining  iltimosnomasiga  asosan  Qora-

qalpog‘iston hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges to

-

monidan amalga oshiriladi.



Tumanlar, shaharlar, shaharchalar, ovullarga nom berish va 

ularni  nomlash  tuman,  shahar  hokimlarining  iltimosnomasiga 

asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Demak,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  respublika  hududi 

chegaralarini  o‘zgartirishda,  ma’muriy-hududiy  birliklar  tashkil 

qilishda keng, mustaqil huquqqa ega. Ana shu huquqlarni ikki gu

-

ruhga bo‘lish mumkin. Brinchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 



Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan hal qilinadi

-

gan ishlar. Bunga tumanlarni tuzish va tugatish, Qoraqalpog‘iston 



poytaxtini belgilash va ko‘chirishni kiritish mumkin.

Ikkinchisi,  hech  kimning  roziligini  olmay  Jo‘qorg‘i  Kenges 

tomonidan mustaqil hal qilinadigan ishlar, bular:

-  ovullarni tuzish va tugatish;

-  tuman chegaralarini o‘zgartirish;

-  ovullarning chegarasini o‘zgartirish;

-  ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash, ko‘chirish;

-  shaharlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvi tur

-

kumiga kiritish;




275

-  shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish, sha

-

harchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish;



-  tumanlar, shaharlar, ovullarga nom berish, ularning nomini 

o‘zgartirish.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  chegarasi  faqat  Qora-

qalpog‘istonning  roziligi  bilan  Jo‘qorg‘i  Kenges  qaroriga  asosan 

Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish