Konstitutsiyaviy


-§. Kasaba uyushmalarining jamoat birlashmalari ti



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

5-§. Kasaba uyushmalarining jamoat birlashmalari ti

-

zimida tutgan o‘rni, vazifasi

Konstitutsiyada  kasaba  uyushmalari  jamoat  birlashmalari 

tizimida  qayd  qilinishi  bilan  birga  (56-modda),  ularning  asosiy 

vazifalari ham alohida moddada ko‘rsatib qo‘yilgan. Konstitutsiya

-

ning  59-moddasida:  “Kasaba  uyushmalari  xodimlarning  ijtimoiy-



iqtisodiy  huquqlarini  va  manfaatlarini  ifoda  etadilar  va  himoya 

qiladilar.  Kasaba  tashkilotlariga  a’zo  bo‘lish  ixtiyoriydir”  –  deb 

mustahkamlangan.

Shuning o‘zi, ya’ni kasaba uyushmalari vazifasining Konstitu-

tsiyada belgilanishi, uning jamoat tashkilotlari tizimida, jamiyatda 

muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Kasaba uyushmalarini tuzish, unga a’zo bo‘lish, majburiyatlari 

va boshqa holatlar 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyush-

malari huquqlarining va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qo

-

nun bilan tartibga solinadi.



Qonunga asosan, kasaba uyushmalari ko‘ngilli jamiyat, ya’ni, 

uni  tuzish,  unga  a’zo  bo‘lish  ixtiyoriydir.  Bu  tashkilot  ishlab 

chiqarish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (o‘quv muas

-

sasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqalar) har qanday 



tashkilot, muassasalarda tuzilishi mumkin.

Ular qayerda tuzilishidan qat’i nazar, o‘z a’zolarining ijtimoiy-

iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish 

vazifasini bajaradi.

Mamlakatimizning  barcha  fuqarolari,  ishchilar,  xizmatchi

-

lar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, davlat xizmatchilari, talabalar o‘z 



yo‘nalishlari bo‘yicha, o‘z ixtiyori bilan kasaba uyushmalari tuzish, 

uning ustavi talablariga rioya etish sharti bilan kasaba uyushma

-

lariga a’zo bo‘lish huquqiga ega.



Nafaqaxo‘rlarning uyushmaga a’zo bo‘lishi, undan chiqishi ha

-

qidagi tartib-qoidalar ustavlarda belgilangan.



Kasaba  uyushmalarining  ustavlarini  ro‘yxatga  olish  tartibi 

“O‘zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qo

-

nunda belgilangan.




233

- kasaba uyushmalari, qayerda tuzilishidan qat’i nazar, davlat 

organlaridan mustaqil, ular bilan sherikchilik, hamkorlik asosida 

ish olib boradi;

-  tashkilot,  muassasa  ma’muriyati  tomonidan  nazorat  qilin

-

maydi, ularga hisob berilmaydi;



- ularning faoliyatiga qonunda ko‘zda tutilmagan hollarda ara-

lashuv mumkin emas va bunday aralashuv qonunsiz hisoblanadi.

Kasaba  uyushmalari  o‘z  faoliyatini  belgilovchi  hujjat  Ustav

-

ni  mustaqil  ravishda  ishlab  chiqadi  va  tasdiqlaydi.  Uyushmani 



tarkibiy tuzilishini belgilaydi, rahbar organlarini tuzadi (saylaydi), 

yordamchi organlarni tashkil qiladi. 

Kasaba uyushmalari o‘z vazifasini kollegial, oshkoralik asosi

-

da amalga oshiradi. Masalalarni hal qilish uchun yig‘ilishlar (kon



-

ferensiya, plenum, qurultoy) o‘tkazadi.

Kasaba uyushmalari butun dunyoda mehnatkashlarning, aho

-

lining  iqtisodiy-ijtimoiy  huquqlarini,  manfaatlarini  himoya  qilish 



vazifasiga ega. Ana shu vazifani muvaffaqiyatli, samarali bajarish 

uchun ular dunyo miqyosida hamkorlik qilishlari mumkin. Buning 

uchun kasaba uyushmalari boshqa malakatlardagi kasaba uyush

-

malari bilan hamkorlik o‘rnatishi, tajriba almashishi mumkin.



Ular  kasaba  uyushmalarining  xalqaro  tashkilotlariga  a’zo 

bo‘lishi mumkin.

Mehnatkashlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  huquqlarini  himoya 

qilish kasaba uyushmalarining asosiy, ya’ni konstitutsiyaviy vazi

-

fasi bo‘lsa, qonunlarda ularga shu vazifani bajarish yuzasidan te



-

gishli vakolatlar berilgan.

Ular qonunga asosan quyidagi huquqlarga ega:

-  O‘zbekiston  kasaba  Uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashi 

qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlar  ishlab  chiqishda  ishtirok 

etadi;


-  jamoa shartnomalari, bitimlar tuzadi;

-  mehnat va kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilikka 

rioya qilinishini nazorat qiladi;

-  mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

-  mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir ma’lumotlar 

bilan tanishadi;




234

-  ma’muriyat tomonidan jamoa shartnomasining bajarilishini 

nazorat qiladi;

-  ma’muriyat va mehnat jamoasi o‘rtasidagi nizolarni hal qi-

lishda ishtirok etadi;

-  davlatlararo bitimlar tuzishda ishtirok etadi.

Kasaba uyushmalarining eng muhim faoliyati, vakolatlaridan 

biri, ma’muriyat qonunda ko‘rsatilgan hollardan tashqari xodimni 

kasaba uyushmasining roziligisiz ishdan bo‘shata olmasligidir.

Kasaba  uyushmasi  tuzilgan  va  faoliyat  yuritayotgan  idora, 

tashkilot,  muassasa  ma’muriyati,  mansabdor  shaxslar  kasaba 

uyushmalarining  faoliyatiga  yordam  berish,  ko‘maklashish  maj-

buriyatini oladi.

Kasaba uyushmalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish, aralash

-

ganlik uchun qonunlarda javobgarlik belgilangan.



Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqla-

rini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga, ularni moddiy 

qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etadi. Xodimlarning axloqiy-ma’naviy 

tarbiyasi, huquqiy ongini o‘stirishda qatnashadi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish