Konstitutsiyaviy


-§. Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faoliyat yurituv-



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

3-§. Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faoliyat yurituv-

chi birlashmalar tuzishning taqiqlanishi

Konstitutsiya faqat huquq va erkinliklarni mustahkamlab qol

-

masdan,  unda  taqiqlar,  cheklashlar  ham  nazarda  tutiladi.  O‘zbe-



kiston Konstitutsiyasi ham shunday xususiyatlarga ega.

Konstitutsiyada  ko‘zda  tutilgan  taqiqlanishlar  jamiyat,  fuqa-

rolar, davlat manfaatidan, ularni turli tazyiqlardan himoya qilish 

nuqtayi nazaridan kelib chiqadi.

Jamiyat, fuqaro, davlat manfaatini himoya qilish, eng avvalo, 

Konstitutsiyaviy  tuzumni  himoya  qilish  orqali  amalga  oshiriladi. 

Konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligi, ko‘p jihatdan, jamoat bir

-

lashmalarining faoliyatiga bog‘liq.



Shuning uchun, Konstitutsiyaviy tuzumga, davlatga, jamiyat

-

ga, fuqarolar manfaatiga qarshi faoliyat yurituvchi jamoat birlash



-

malari tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi, mavjudlari shunday faoliyat bilan 

shug‘ullansa,  ularning  faoliyati  to‘xtatiladi,  tugatiladi.  Bu  masa

-

la  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  hal  qilingan 



bo‘lib, uning 57-moddasida: “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan 

o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, 

yaxlitligi  va  xavfsizligiga,  fuqarolarning  Konstitutsiyaviy  huquq 

va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va 

diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga 

tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, 

milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat bir

-

lashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.



Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi”, – deb 

belgilangan.

Konstitutsiya  konstitutsiyaviy  tuzumni  o‘rnatish  bilan  shu 

qonuniy  tuzumni  himoya  qilish  choralarini  ham  ko‘radi.  Shu 

maqsadda konstitutsiyaviy tuzumning asoslariga zarar yetkazish 

uchun qilingan har qanday harakat taqiqlanadi. 




228

Konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan bo‘lgan:

-  davlat  suverentiti,  konstitutsiya  bilan  o‘rnatilgan  davlat 

boshqaruvi shakliga;

-  inson, uning qadr-qimmati, sha’ni va boshqa huquqlarining 

oliy qadriyat ekanligiga;

-  millatlarning tengligi, xalq hokimiyatining turli shakllariga;

-  mamlakatning iqtisodiy negiziga;

-  konstitutsiya  va  qonunlarning  ustunligiga  qarshi,  ularga 

xavf tug‘diradigan har qanday uyushma, jamiyatlarni tuzishni ta

-

qiqlaydi.



Shuningdek,  urushni,  ijtimoiy,  milliy,  irqiy,  diniy  adovatni 

targ‘ib  qiluvchi,  fuqarolarning  sog‘lig‘iga  va  madaniyatiga  zarar 

yetkazuvchi,  tajovuz  qiluvchi  tashkilot  va  birlashmalarni  tuzish 

qat’iyan taqiqlanadi.

Konstitutsiyaning tegishli moddasi harbiylashtirilgan (jangari) 

birlashmalarni,  milliy  (millatchi)  va  diniy  ruhdagi  siyosiy  parti

-

yalarning  hamda  jamoat  birlashmalarining  tuzilishini  taqiqlaydi. 



Chunki,  bunday  tashkilotlarning  tuzilishi  faqat  shu  mamlakat 

konstitutsiyaviy  tuzumiga  emas,  umuman,  barcha  xalqlar  taqdi

-

riga juda katta talofat yetkazgan. Masalan, Germaniyada tuzilgan 



“Milliy sotsialistlar” (fashistlar) partiyasi.

Konstitutsiya  har  qanday  maxfiy  jamiyatlar  va  uyushmalar 

tuzishni taqiqlaydi. Chunki, jahon tajribasida yashirin va maxfiy 

tashkilotlar  tuzib,  konstitutsiyaviy  tuzumni  zo‘rlik  bilan  o‘zgar-

tirishga urinishlar ko‘p bo‘lgan.

Tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan yoki ro‘yxatdan o‘tish-

ga urinmagan, bu ishdan bosh tortgan tashkilotlarni, maxfiy tash

-

ki-lotlarni qonunsiz tashkilot deb hisoblash mumkin.



Konstitutsiyaviy  tuzum  tartibi,  eng  avvalo,  fuqarolar  man

-

faatini,  o‘zini  (Konstitutsiyaviy  tuzumni),  mamlakat  xavfsizligini 



ta’minlashni nazarda tutadi. Har qanday erkinlik bilan Konstitu-

tsiyaviy tuzumni ta’minlash mumkin emas, faqat qonunga asos-

langan erkinlik e’tirof etiladi.

Shuning  uchun,  Konstitutsiyaviy  tuzum  keng  erkinlik  va 

demokratiyaga  sharoit  yaratar  ekan,  albatta,  o‘zini  himoyalashni 

ham esdan chiqarmasligi zarur. Aks holda unga qarshi harakatlar 

bo‘lishi mumkin.



229

Keyingi paytlarda turli niqoblar ostida g‘arazli niyatlar bilan 

tashkilotlar  tuzishga  harakat  qilish,  o‘zlarini  tashkilot  deb  e’lon 

qilish hollari uchrab turibdi. Ularning asl maqsadi qonuniy hokimi

-

yatga qarshi kurashish, Konstitutsiyaviy tuzumga zarar yetkazish 



bo‘lgani uchun bunday tashkilotlarni tuzishga ruxsat berilmaydi, 

ya’ni, ro‘yxatga olinmaydi.

O‘zbekistonning  amaldagi  Jinoyat  kodeksi  244

2

-moddasida 



diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa ta

-

qiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishti



-

rok etish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Konstitutsiyaviy  tuzumning  barqarorligi  jamiyat  taraqqiyoti, 

fuqarolarning farovon turmushi garovidir.

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  birinchi  bo‘li-

mida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari hamda prin

-

siplari belgilangan. Ularga qarshi har qanday tajovuzning oldi oli



-

nadi yoki tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  159-moddasi

-

da, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajo



-

vuz qilish uchun, 216-moddasida jamoat birlashmalari yoki diniy 

tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish uchun jinoiy javobgar

-

lik belgilangan.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish